{"id":1699,"date":"2024-02-18T19:14:59","date_gmt":"2024-02-18T14:14:59","guid":{"rendered":"https:\/\/yarat.uz\/?p=1699"},"modified":"2025-02-21T15:12:36","modified_gmt":"2025-02-21T10:12:36","slug":"eng-oddiy-sketch","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/yarat.uz\/?p=1699","title":{"rendered":"Eng oddiy sketch va namunaviy sketchlar [14+]"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>&#8220;Dastyor&#8221; svetodiod<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ha, ilgari ham aytib o&#8217;tilganidek, deyarli barcha Arduino platalarida mavjud bo&#8217;lgan ichki svetodiodni &#8220;dastyor&#8221; deb atasa ham bo&#8217;ladi. Chunki, ba&#8217;zi murakkab loyihalarni xatolarga tekshirishda (otladka qilishda), masalan, plata raqamli piniga rele orqali ulangan tashqi yuklama &#8211; yuqori kuchlanishli lampani boshqarish kodining to&#8217;g&#8217;ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun mazkur raqamli pinga past kuchlanishli va kam energiya talab etuvchi oddiy svetodioddan foydalanish to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;l hisoblanadi (Svetodiodni plataga pindagi kuchlanish va tok kuchini cheklovchi rezistor orqali ulanadi).<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunda birinchidan, qurilma ishini tekshirish chog&#8217;ida, tasodifan yuqori kuchlanish qismiga tegib ketish xavfi yo&#8217;qoladi. Ikkinchidan, dasturni xatolarga tekshirish paytida tashqi yuklamadan qayta-qayta foydalanish uning umrini qisqarishiga olib kelishi yoki ishdan chiqishiga sabab bo&#8217;lishi mumkin. Uchinchidan, ulangan tashqi yuklama talab qiladigan elektr quvvati darajasidan kelib chiqib, yuklamani boshqarayotgan relening ham qizib ketishi, ishdan chiqishi yoki shunchaki umri qisqarishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar yuqori kuchlanish relesi va unga ulangan tashqi yuklama o&#8217;rniga vaqtincha svetodioddan foydalanilsa, yuqoridagi xavflar o&#8217;z-o&#8217;zidan yo&#8217;qoladi. Rele va tashqi yuklamani esa, faqatgina loyiha oxiriga yetganidan keyingina ulash mumkin bo&#8217;ladi. Demak, qo&#8217;pol qilib aytganda, svetodioddan yuqori kuchlanishli yuklamagacha &#8220;bir qadam&#8221; bo&#8217;ladi xolos. Shuning uchun ham, Internet tarmog&#8217;idagi ko&#8217;plab o&#8217;quv va namunaviy loyihalarda, bibliotekalar qo&#8217;llanilishiga doir misollarda mualliflar dasturning to&#8217;g&#8217;ri ishlayotganini kuzatish uchun, shunchaki ichki svetodioddan foydalanishadi. Shuning uchun, saytdagi ko&#8217;plab amaliy mashg&#8217;ulotlarda ham biz yuklama sifatida aynan ichki svetodiodni boshqarish bilan cheklanamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Endi nega svetodiodga aynan &#8220;dastyor&#8221; iborasi qo&#8217;llanilganiga kelsak, agar Arduino raqamli piniga faqat 1 ta svetodiod ulanishi zarur bo&#8217;lsa, uning o&#8217;rniga ham plataning o&#8217;zida joylashgan maxsus ichki svetodioddan foydalanish yetarli bo&#8217;ladi. Demak, bu holda, yuklama o&#8217;rniga ham hatto oddiy tashqi svetodiod ham emas, ichki svetodiod qo&#8217;llaniladi. Natijada, potensial (ehtimoliy) tashqi yuklama dasturda ko&#8217;zda kutilganidek to&#8217;g&#8217;ri ishlayotganini tekshirish uchun &#8211; uning kerakli paytda yuqori kuchlanishda ulanib-uzilayotganini kuzatish o&#8217;rniga, ichki svetodiodning yonib-o&#8217;chayotganini kuzatish maqsadga muvofiq bo&#8217;ladi. Ya&#8217;ni plataga hech qanday chiqish qurilmasini ulamasdan ham, dastur ishini nazorat qilish mumkin. Demak, &#8220;dastyor svetodiod&#8221; bizni ko&#8217;plab tashvishlardan ozod qilishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ichki svetodiod AVR oilasiga mansub turli Arduino platalarida mikrokontrollerning <strong>13-pin<\/strong>iga, shuningdek, Arduinoni qo&#8217;llovchi ESP8266 platalarida <strong>2-pin<\/strong>iga (<strong>D4<\/strong> piniga) ulangan bo&#8217;ladi. Umuman, agar yuqoridagi yoki boshqa qaysidir platada ichki svetodiod qaysi pinga ulanganligi noma&#8217;lum bo&#8217;lsa, Arduino sketchlarida pin raqami o&#8217;rniga <strong>LED_BUILTIN<\/strong> (ma&#8217;nosi &#8211; &#8220;ichki o&#8217;rnatilgan svetodiod&#8221;) konstantasidan foydalanish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Eng oddiy sketch: <\/strong><strong>raqamli pinga signal chiqarish.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Arduino IDE tayyor sketchlariga o&#8217;tishdan oldin, Arduinoning eng muhim buyruq-funksiyalari qatnashadigan va eng oddiy sketchni yaratamiz. Ushbu misol yordamida Arduino UNO platasining 13-piniga ulangan ichki svetodiodni tashqi yuklama deb tasavvur qilamiz va unga raqamli &#8220;<strong>HIGH<\/strong>&#8221; (&#8220;yuqori&#8221;) va &#8220;<strong>LOW<\/strong>&#8221; (&#8220;quyi&#8221;) signallarini yuborish yordamida yuklamani boshqarishni o&#8217;rganamiz. O&#8217;z navbatida ushbu yozuvlar Arduino tegishli piniga ulangan yuklamani mos ravishda <strong>ishga tushirish<\/strong> yoki <strong>o&#8217;chirish<\/strong> ma&#8217;nosini bildiradi. Bizning misolda yuklama ichki svetodiod bo&#8217;lgani uchun, pindagi HIGH holati svetodiod yoqilishini, LOW holati esa, o&#8217;chirilishini bildiradi (Arduino tayyor sketchlari ro&#8217;yxatida yana ham oddiy sketch mavjud &#8211; <strong>BareMinimum<\/strong> (&#8220;absolyut minimum&#8221;) sketchi. Biroq u mikrokontroller flesh-xotirasini tozalashdan tashqari, hech qanday foydali vazifa bajarmaydi, aniqrog&#8217;i unda 2 ta bo&#8217;sh majburiy funksiyalar (&#8220;<strong>setup()<\/strong>&#8221; va &#8220;<strong>loop()<\/strong>&#8220;) e&#8217;lon qilinganidan tashqari, hech qanday kod mavjud emas).<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Arduino platasining raqamli pinga yuqori yoki quyi signalni yuborish uchun, dastlab tegishli pinni <strong>chiqish<\/strong> rejimiga o&#8217;tkazib olish zarur. Chunki sukunat bo&#8217;yicha (dastlabki holatida) barcha raqamli pinlar <strong>kirish<\/strong> rejimida bo&#8217;ladi. Pinning ish rejimini o&#8217;zgartirish vazifasini Arduinoning <strong>pinMode()<\/strong> funksiyasi bajaradi. Uning qo&#8217;llanilishi quyidagicha:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>pinMode(&lt;argument1&gt;, &lt;argument2&gt;);<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yerda funksiyaning 1-argumenti sifatida Arduino (yoki mikrokontrollerning) raqamli pini ko&#8217;rsatiladi. 2-argument sifatida esa, signal chiqish yoki kirish rejimlarini anglatuvchi <strong>OUTPUT<\/strong> (&#8220;chiqish&#8221;), <strong>INPUT<\/strong> (&#8220;kirish&#8221;) yoki<strong> INPUT_PULLUP<\/strong> (&#8220;musbat&#8221; qutbga tortilgan &#8220;kirish&#8221;) yozuvlaridan biri qo&#8217;llaniladi. Raqamli pinlarning OUTPUT, INPUT, INPUT_PULLUP holatlari haqida <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=38\">alohida darsda<\/a> ma&#8217;lumotlar keltirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buyruq oxiridagi &#8220;<strong>;<\/strong>&#8221; belgisi ushbu buyruq oxirini anglatadi. Bunday buyruq Arduinoning har qanday buyrug&#8217;i yoki amallari oxirida ko&#8217;rsatilishi shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Demak, 13-pinga yuqori signal yuborish maqsadida uni &#8220;chiqish&#8221; rejimiga o&#8217;tkazish buyrug&#8217;i quyidagicha bo&#8217;ladi:<br \/>\n<strong>pinMode(13, OUTPUT);<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bevosita kerakli raqamli pinga signalni yuborish uchun Arduinoning <strong>digitalWrite()<\/strong> buyruq-funksiyasini qo&#8217;llaymiz. Uning\u00a0 qo&#8217;llanilishi quyidagicha:<\/p>\n<p><strong>digitalWrite(&lt;argument1&gt;, &lt;argument2&gt;);<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yerda funksiyaning 1-argumenti sifatida Arduinoning raqamli pini ko&#8217;rsatiladi. 2-argument sifatida esa, pinning qanday holatga o&#8217;tkazilishi anglatuvchi <strong>HIGH<\/strong> yoki <strong>LOW<\/strong> yozuvlaridan biri qo&#8217;llaniladi. Ba&#8217;zida qulaylik uchun ushbu yozuvlarning o&#8217;rniga ularga mos keluvchi\u00a0<strong>1<\/strong> yoki\u00a0<strong>0<\/strong> raqamlari ham qo&#8217;llaniladi. Demak, 13-pinga yuqori signal yuborish buyrug&#8217;i yozilishi quyidagicha bo&#8217;ladi:<\/p>\n<p><strong>digitalWrite(13, HIGH);<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ilgari <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=68\">ma&#8217;lum qilinganidek<\/a>, Arduino IDE da yaratiladigan har qanday sketchda 2 ta majburiy funksiya qo&#8217;llanilishi shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz uchun yuqoridagi buyruqlarning hozircha faqat 1 marta bajarilishi yetarli bo&#8217;lganligi sababli, biz ham ularni &#8220;setup()&#8221; funksiyasining kod sohasiga kiritamiz. &#8220;loop()&#8221; funksiyasi kod sohasi esa, bo&#8217;sh qoldiriladi. Demak, sketch quyidagi holatga keladi:<\/p>\n<div class=\"su-spoiler su-spoiler-style-fancy su-spoiler-icon-plus\" data-scroll-offset=\"0\" data-anchor-in-url=\"no\"><div class=\"su-spoiler-title\" tabindex=\"0\" role=\"button\"><span class=\"su-spoiler-icon\"><\/span>Svetodiodni yoqamiz<\/div><div class=\"su-spoiler-content su-u-clearfix su-u-trim\">\nvoid setup() {<br \/>\n<strong>pinMode(13, OUTPUT);<\/strong> \/\/13-pinni &#8220;chiqish&#8221; rejimiga o&#8217;tkazamiz<br \/>\n<strong>digitalWrite(13, HIGH);<\/strong> \/\/13-pinga &#8220;yuqori&#8221; signal yuboramiz &#8211; svetodiodni yoqamiz<br \/>\n}<\/p>\n<p>void loop() {<br \/>\n}<\/div><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dastlabki sketchimiz tayyor. Endi uni mikrokontrollerga yuklashimiz mumkin. Bundan oldin, albatta, Arduino UNO platasini USB-kabel orqali kompyuterning bo&#8217;sh USB portiga ulaymiz va Arduino IDE dasturida kerakli mikrokontroller hamda ketma-ket port nomi to&#8217;g&#8217;ri tanlanganini tekshirib qo&#8217;yamiz. Shundan keyin yuklash (&#8220;\u0417\u0430\u0433\u0440\u0443\u0437\u043a\u0430&#8221;) tugmasini bosamiz. Sketch mikrokontrollerga yuklanib bo&#8217;lgach, Arduino platasidagi ichki svetodiod yoniq holga o&#8217;tganini kuzatishimiz mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqorida keltirilganidek, agar 13-pindagi svetodiodni o&#8217;chirish kerak bo&#8217;lsa, <strong>digitalWrite() <\/strong>funksiyasi argumentidagi HIGH yozuvi o&#8217;rniga LOW yozuvi qo&#8217;llanilishi yetarli. Bunday holda, sketch quyidagi ko&#8217;rinishga keladi:<\/p>\n<div class=\"su-spoiler su-spoiler-style-fancy su-spoiler-icon-plus\" data-scroll-offset=\"0\" data-anchor-in-url=\"no\"><div class=\"su-spoiler-title\" tabindex=\"0\" role=\"button\"><span class=\"su-spoiler-icon\"><\/span>Svetodiodni o'chiramiz<\/div><div class=\"su-spoiler-content su-u-clearfix su-u-trim\">\nvoid setup() {<br \/>\npinMode(13, OUTPUT); \/\/13-pinni &#8220;chiqish&#8221; rejimiga o&#8217;tkazamiz<br \/>\n<strong>digitalWrite(13, LOW);<\/strong> \/\/13-pinga &#8220;quyi&#8221; signal yuboramiz &#8211; svetodiodni o&#8217;chiramiz<br \/>\n}<\/p>\n<p>void loop() {<br \/>\n}<\/div><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sketch mikrokontrollerga yuklanib bo&#8217;lgach, Arduino platasidagi ichki svetodiod o&#8217;chiq holga kelganini kuzatishimiz mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Endi yuqoridagi sketchlarni umumlashtirib, svetodiodni yoqish va ma&#8217;lum muddatdan so&#8217;ng yana o&#8217;chirish dasturini yaratamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buning uchun Arduinoning yana bir <strong>delay()<\/strong> buyruq-funksiyasidan foydalanamiz. Uning vazifasi vaqtincha dastur ishida pauza o&#8217;rnatishdan iborat. Ushbu funksiya faqat 1 ta argument qabul qiladi va u pauza davomiyligi belgilaydi, millisekund birligida ko&#8217;rsatiladi. Demak, buyruqning qo&#8217;llanilishi quyidagicha bo&#8217;ladi:<\/p>\n<p><strong>delay(&lt;argument&gt;);<\/strong><\/p>\n<p>Masalan:<\/p>\n<p><strong>delay(1000);<\/strong> \/\/ buyruq natijasida 1000 millisekund, ya&#8217;ni 1 sekund pauza o&#8217;rnatiladi<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagi sketchlarni umumlashtirib, svetodiodni yoqilganidan keyin 5 sekundlik pauza o&#8217;rnatamiz va shundan keyin svetodiod o&#8217;chirilishi buyrug&#8217;ini qo&#8217;llaymiz. Demak, &#8220;delay()&#8221; funksiyasi argumentiga 5000 qiymatini qo&#8217;llaymiz. Sketch quyidagi holga keladi:<\/p>\n<div class=\"su-spoiler su-spoiler-style-fancy su-spoiler-icon-plus\" data-scroll-offset=\"0\" data-anchor-in-url=\"no\"><div class=\"su-spoiler-title\" tabindex=\"0\" role=\"button\"><span class=\"su-spoiler-icon\"><\/span>Svetodiodni yoqib o'chiramiz<\/div><div class=\"su-spoiler-content su-u-clearfix su-u-trim\">\nvoid setup() {<br \/>\n<strong>pinMode(13, OUTPUT);<\/strong> \/\/13-pinni &#8220;chiqish&#8221; rejimiga o&#8217;tkazamiz<br \/>\n<strong>digitalWrite(13, HIGH);<\/strong> \/\/13-pinga &#8220;yuqori&#8221; signal yuboramiz &#8211; svetodiodni yoqamiz<br \/>\n<strong>delay(5000);<\/strong> \/\/ 5 sekundlik pauza o&#8217;rnatamiz<br \/>\n<strong>digitalWrite(13, LOW);<\/strong> \/\/13-pinga &#8220;quyi&#8221; signal yuboramiz &#8211; svetodiodni o&#8217;chiramiz<br \/>\n}<\/p>\n<p>void loop() {<br \/>\n}<\/div><\/div>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Namunaviy sketchlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Tabiiyki, ushbu darslar va amaliy mashg&#8217;ulotlarni qanchalik kengaytirib, vaqtini uzaytirib o&#8217;rganishga harakat qilmaylik, Arduino platformasining barcha imkoniyatlarini qamrab olishning imkoni yo&#8217;q. Buni Arduino bo&#8217;yicha Internet tarmog&#8217;ida mavjud bo&#8217;lgan ma&#8217;lumotlar juda ko&#8217;pligidan ham ko&#8217;rish mumkin.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Albatta, bir-birini takrorlovchi, bir-biridan qisman yoki to&#8217;liq ko&#8217;chirilgan, tarjima qilingan ma&#8217;lumotlar ham juda ko&#8217;p. Lekin ularning hammasi ham o&#8217;z o&#8217;quvchilarini topganiga guvoh bo&#8217;lamiz (xuddi shuningdek, albatta &#8220;O&#8217;zing yarat!&#8221; loyihasi muallilari ham Arduino va aqlli texnologiyalar yo&#8217;nalishida o&#8217;z o&#8217;quvchilariga va obunachilariga ega bo&#8217;lishni rejalashtirgan). Shuning uchun ushbu darslar o&#8217;quvchiga avvalo Arduino platformasining ahamiyati, radiohavaskorlar va havaskor elektronikachilarga yaratib bergan imkoniyatlarini ochib berish bilan birga, turli vazifalarni bajaradigan elektron qurilmalarni o&#8217;z qo&#8217;li bilan yasay olishi uchun to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lni ko&#8217;rsatib berishdan ham iborat. Amaliy mashg&#8217;ulotlar davomida o&#8217;rganiladigan har bir yangi yo&#8217;nalish bo&#8217;yicha tahlil etiladigan sketchlar aynan shunday maqsadlarga boshlashi mumkin. Demak, kelgusida o&#8217;rganiladigan <strong>namunaviy sketchlarni<\/strong> o&#8217;rganuvchilar uchun ularning o&#8217;zlarii xohlaganidek foydali va qiziqarli loyihalarni yaratish yo&#8217;lidagi <strong>yo&#8217;lboshlovchilar deb hisoblash mumkin <\/strong>(muallifdan).<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Arduino platformasida turli loyihalarni yaratishda ko&#8217;pincha Arduino IDE dasturining tayyor namuna sifatida to&#8217;plangan sketchlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo&#8217;ladi. Ular yordamida hatto tayyor qurilmalarni ham yaratish mumkin. Biroq tayyor sketchlarning hammasi ham boshlovchi-arduinochilar uchun tushunarli bo&#8217;lmasligi mumkin. Bundan tashqari, ba&#8217;zida bitta loyiha natijasini turli displeylarga chiqarish uchun ular haqidagi ma&#8217;lumotlarni to&#8217;plashga asosiy loyihani tayyorlashga ketganidan ko&#8217;ra ko&#8217;proq vaqt talab etilishi ham mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaratilayotgan qurilmaning bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, plataga tegishli datchiklar, relelar va boshqa elektron komponentlar ulanishi talab etiladi. Arduinoni o&#8217;rganishga endigina kirishganlar uchun bunday loyihalar bilan ishlash qiyinchilik tug&#8217;dirishi aniq. Shuning uchun ushbu bosqichda, boshlovchi arduinochi plataga kamroq sondagi elektron komponentlardan foydalaniladigan yoki umuman ulardan foydalanilmaydigan sketchlar bilan tanishishi maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday vaziyatlarni hisobga olgan holda muallif o&#8217;z tajribasida foydalangan turli murakkablikdagi tayyor sketchlarning soddalashtirilgan ko&#8217;rinishlari bilan ham o&#8217;rtoqlashishni rejalashtirgani va <strong>namunaviy sketchlar ro&#8217;yxati<\/strong> tuzilgan (ro&#8217;yxat muntazam yangilab boriladi). Amaliy mashg&#8217;ulotlar uchun yangi tuzilgan namunaviy sketchlar ro&#8217;yxati saytimiz menyusining &#8220;Darslar\/Amaliy mashg&#8217;ulotlar\/Namunaviy sketchlar&#8221; bo&#8217;limida keltirilgan. Arduino IDE tayyor sketchlari ro&#8217;yxati esa, dasturining <strong>&#8220;\u0424\u0430\u0439\u043b\/\u041f\u0440\u0438\u043c\u0435\u0440\u044b&#8221;<\/strong> menyusidagi turli bo&#8217;limlarda joylashgan.<\/p>\n<p><em>Mustahkamlash topshiriqlari:<br \/>\n1) Arduino UNO va Wemos D1 mini platalaridagi raqamli pinlarni kategoriyalarga ajrating va har birining sonini aniqlang.<br \/>\n2) Yuqoridagi sketchlarni turli xil raqamli pinlar uchun o&#8217;zgartiring.<br \/>\n3) Svetodiod yoniq turish vaqtini turli qiymatlarga o&#8217;zgartib, natijani kuzating.<br \/>\n4) Oxirgi sketchni svetodiodni dastlab o&#8217;chiq holga, 3 sekunddan keyin yoniq holga o&#8217;tkazadigan holga keltiring.<br \/>\n5) Oxirgi sketchni svetodiod 3 sekund pauza bilan 2 marta yonib-o&#8217;chadigan holga keltiring.<br \/>\n<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Dastyor&#8221; svetodiod Ha, ilgari ham aytib o&#8217;tilganidek, deyarli barcha Arduino platalarida mavjud bo&#8217;lgan ichki svetodiodni &#8220;dastyor&#8221; deb atasa ham bo&#8217;ladi. Chunki, ba&#8217;zi murakkab loyihalarni xatolarga tekshirishda (otladka qilishda), masalan, plata raqamli piniga rele orqali ulangan tashqi yuklama &#8211; yuqori kuchlanishli lampani boshqarish kodining to&#8217;g&#8217;ri ekanligiga ishonch hosil qilish uchun mazkur raqamli pinga past kuchlanishli va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"class_list":["post-1699","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-arduino"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1699","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1699"}],"version-history":[{"count":19,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1699\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4251,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1699\/revisions\/4251"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1699"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1699"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1699"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}