{"id":1730,"date":"2024-02-19T12:55:40","date_gmt":"2024-02-19T07:55:40","guid":{"rendered":"https:\/\/yarat.uz\/?p=1730"},"modified":"2025-03-19T15:27:04","modified_gmt":"2025-03-19T10:27:04","slug":"aqlli-lampa-va-viklyuchatellar-18","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/yarat.uz\/?p=1730","title":{"rendered":"Aqlli lampa va viklyuchatellar [18+]"},"content":{"rendered":"<p>Aqlli lampa, viklyuchatel va rozetka tushunchalari haqida alohida <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=410\">sharh<\/a>da ma&#8217;lumotlar keltirilganligi sababli, alohida to&#8217;xtalmaymiz.<\/p>\n<p>Aqlli viklyuchatel qurilmasini deyarli har doim aqlli rozetkaga nisbatan ham qo&#8217;llash mumkin bo&#8217;lganligi sababli, aqlli rozetkalarni alohida ko&#8217;rib chiqmaymiz.<\/p>\n<p>Aqlli lampalarda kichik hajm va sanoat texnologiyalari qo&#8217;llanilishi maqsadga muvofiqligi sababli, shaxsiy loyihalar yaratishda ularni chetlab o&#8217;tamiz. Shuning uchun, kelgusida &#8220;aqlli lampa&#8221; deganda, aslida avtomatik ravishda, masofadan yoki &#8220;aqlli viklyuchatel&#8221; yordamida boshqariladigan lampalarni nazarda tutamiz.<\/p>\n<p><strong>Vazifa-minimum<\/strong> &#8211; lampani muhitning yorug&#8217;lik darajasidan kelib chiqib avtomatik o&#8217;chirib yoqish mumkin bo&#8217;lishi kerak. Bundan tashqari, lampa boshqaruvi &#8220;aqlli&#8221;ligidan tashqari &#8220;foydali&#8221; ham bo&#8217;lishi shart &#8211; u elektr energiyasini ham iqtisod qilishi kerak, buning uchun u keraksiz paytda avtomatik ravishda o&#8217;chishi ta&#8217;minlanishi kerak.<\/p>\n<p><strong>Vazifa-maksimum<\/strong> &#8211; yuqoridagilardan tashqari, lampani tovush yordamida + infraqizil nurli pult + radiochastotali (RF) pult + GSM\/GPRS tarmog&#8217;i orqali + bluetooth orqali + WiFi orqali + Internet orqali smartfon yordamida &#8211; yagona &#8220;aqlli uy&#8221; tizimi doirasida boshqarish mumkin bo&#8217;lishi kerak.<\/p>\n<p>Biz &#8220;aqlli lampa&#8221; loyihasini bir nechta bosqichlarda &#8211; minimal boshqaruvdan imkon qadar maksimal &#8220;aqlli&#8221;lik darajasigacha, ya&#8217;ni yagona tizim doirasidagi boshqaruvgacha bo&#8217;lgan variantlarda ko&#8217;rib chiqamiz. Bunda har bir bosqichda yaratilgan qurilmadan mustaqil holda ham foydalanish mumkin bo&#8217;ladi, suningdek uni har doim yagona boshqaruv tizimiga oson integratsiya qilish mumkin bo&#8217;lgan ko&#8217;rinishda yaratishga harakat qiulamiz!<\/p>\n<ul>\n<li><strong>yorug&#8217;lik datchigi<\/strong> yordamida boshqariladigan lampa;<\/li>\n<li><strong>harakat datchigi<\/strong> yordamida boshqariladigan lampa;<\/li>\n<li><strong>akustik (tovush) datchigi<\/strong> yordamida boshqariladigan lampa;<\/li>\n<li><strong>IQ-pult<\/strong> yordamida boshqariladigan lampa;<\/li>\n<li><strong>RF-pult<\/strong> yordamida boshqariladigan lampa;<\/li>\n<li><strong>GSM\/GPRS tarmog&#8217;i<\/strong> orqali boshqariladigan lampa;<\/li>\n<li><strong>Bluetooth<\/strong> orqali boshqariladigan lampa;<\/li>\n<li><strong>WiFi<\/strong> orqali internetsiz boshqariladigan lampa;<\/li>\n<li><strong>Mobil uskunalar<\/strong> yordamida Internet orqali boshqariladigan lampa.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Kelgusida ushbu ro&#8217;yxat yana to&#8217;ldirilishi mumkin.<\/p>\n<p>Kelgusida biz &#8220;aqlli lampa&#8221;ning yuqorida sanab o&#8217;tilgan ayrim turlarini birlashtirilgan holda ko&#8217;rib chiqamiz.<\/p>\n<p><strong>1. Yorug&#8217;lik datchigi yordamida boshqariladigan lampa.<\/strong><\/p>\n<p>lampani muhitning yorug&#8217;lik darajasidan kelib chiqib, quyosh botgan paytda (shom paytida) avtomatik yoqish, unga zarurat qolmaydigan paytda esa (energiya iste&#8217;molini tejash uchun), ma&#8217;lum vaqtdan keyin yoki ertalab yana avtomatik ravishda o&#8217;chirish mumkin.<\/p>\n<p><strong>Kerakli material va uskunalar:<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<table width=\"640\">\n<tbody>\n<tr>\n<td width=\"45\"><strong>\u2116<\/strong><\/td>\n<td width=\"374\"><strong>Material va uskunalar<\/strong><\/td>\n<td width=\"130\"><strong>Taxminiy harajat, $<\/strong><\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td>1<\/td>\n<td>Maket platasi, o&#8217;tkazgichlar to&#8217;plami, Mini-USB kabeli<\/td>\n<td>0<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td>2<\/td>\n<td>Arduino Nano mikrokontrolleri<\/td>\n<td>4<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td>3<\/td>\n<td>Yorug&#8217;likni sezish moduli<\/td>\n<td>0,4<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td>4<\/td>\n<td>Rele moduli (1 ta kanalli)<\/td>\n<td>0,8<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td>5<\/td>\n<td>\u2248220V\/10A kirish\/chiqish uyasi<\/td>\n<td>0,1<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td><\/td>\n<td><\/td>\n<td><strong>5,3<\/strong><\/td>\n<\/tr>\n<\/tbody>\n<\/table>\n<p>Ko&#8217;rinib turibdiki, qurilmaning tannarxi, korpus va plata harajatlaridan tashqari taxminiy $5,3 ga teng (materiallar Aliexpress internet do&#8217;koni orqali to&#8217;g&#8217;ridan to&#8217;g&#8217;ri sotib olingan taqdirda). Korpus va plata harajatlari radiohavaskorning imkoniyatlaridan kelib chiqib o&#8217;zgarishi mumkin. Rele modulining imkoniyatidan kelib chiqib, qurilma orqali jami 2200VA gacha quvvatli lampalarni boshqarish mumkin. Yanada yuqori quvvat talab etilgan taqdirda rele modulini (masalan, ko&#8217;p kanalli rele moduliga) almashtirishning o&#8217;zi yetarli bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Yorug&#8217;lik analog sensorining signal (&#8220;S&#8221;) kontakti Arduino Nanoning analog pinlaridan biriga, masalan &#8220;A0&#8221; piniga, &#8220;VCC&#8221; kontakti &#8220;5V&#8221; piniga, &#8220;GND&#8221; kontakti &#8220;GND&#8221; piniga ulanadi. Rele modulining &#8220;IN1&#8221; kontakti Nanoning ixtiyoriy raqamli piniga, masalan &#8220;D13&#8221; piniga, &#8220;VCC&#8221; kontakti &#8220;5V&#8221; piniga, &#8220;GND&#8221; kontakti &#8220;GND&#8221; piniga ulanadi. Sxemadagi yuqori kuchlanish razyomiga lampaning kontaktlari ulanadi. Agar lampada &#8220;N&#8221; va &#8220;L&#8221; qutblari aniq ko&#8217;rsatilgan bo&#8217;lsa, kiruvchi va chiquvchi kuchlanish kontaktlarini tanlashda ham qutbni aniq ko&#8217;rsatish maqsadga muvofiq bo&#8217;ladi. Bu lampaning &#8220;umrini&#8221; yanada &#8220;uzaytirishi&#8221; mumkin.<\/p>\n<p>Elektr sxema:<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-676 size-full\" src=\"https:\/\/fmscompany.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/lampa1_fritzing.png\" alt=\"\" width=\"1773\" height=\"849\" \/><\/p>\n<p>Korinib turganidek, uskunalarni bir-biriga ulash sxemasi &#8220;jonli&#8221; foto ko&#8217;rinishida emas, chizma ko&#8217;rinishida keltirilmoqda. Chunki bunda sxemani tushunish fotosurat yoki videorolikga nisbatan osonroq bo&#8217;lishi aniq. Shuning uchun, kelgusidagi ham barcha elektr sxemalarimizni shu ko&#8217;rinishda keltirishga harakat qilamiz. Sxemalar elektrotexnik va injenerlar uchun mo&#8217;ljallangan maxsus dasturlardan biri bo&#8217;lgan &#8211; &#8220;Fritzing&#8221; yordamida tayyorlanadi. Unda maket platalari, kontrollerlar, ko&#8217;plab datchiklar hamda modullarning ma&#8217;lumotlari suratlari bilan oldindan keltirilgan. Mavjud bo&#8217;lmaganlarini esa, har doim mustaqil ravishda ro&#8217;yxatga qo&#8217;shish mumkin.<\/p>\n<p>Ardublock sxemasi:<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-675 size-full\" src=\"https:\/\/fmscompany.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/lampa1_ardublock.png\" alt=\"\" width=\"1095\" height=\"986\" \/><\/p>\n<p>Sketch kodi va sxemalarga <a href=\"https:\/\/fmscompany.uz\/lampa\/ShomDatchik.zip\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">havola<\/a>.<\/p>\n<p>Sketch mikrokontrollerga yuklangach sensor atrofdagi yorug&#8217;lik darajasini aniqlaydi va mikrokontrollerning A0 analog piniga uzatadi.<\/p>\n<p>Agar yorug&#8217;lik darajasi belgilangan qiymatdan pasayib ketsa, kontrollerning raqamli 13-pinida kuchlanish 0V dan 5V ga almashadi va shu portga ulangan svetodiod yonadi, unga parallel ulangan rele kontaktlari esa, elektr razyomiga ulangan boshqariluvchi lampani elektr termog&#8217;iga ulaydi. Shu paytdan boshlab dasturning taymer qismi ishga tushib, oldindan belgilangan vaqt davomida lampani yoniq holatda saqlaydi.<\/p>\n<p>Belgilangan vaqt yetib kelgan zahoti, 13-pinda signal yo&#8217;qoladi va shunga mos ravishda svetodiod hamda rele orqali ulangan lampa ham energiyani tejash maqsadida o&#8217;chiriladi. Shu holatda lampa keyingi kunning shom paytigacha o&#8217;chiq holda qoladi.<\/p>\n<p>Sketch to&#8217;g&#8217;ri ishlayotganini tekshirish uchun o&#8217;chirish taymerini qisqa vaqtga, masalan 15-30 sekundga to&#8217;g&#8217;rilash mumkin. Agar qurilmani otkladka qilish (ishlashini tekshirish) kunduzi yoki atrof juda yorug&#8217; paytda amalga oshirilayotgan bo&#8217;lsa, vaqtincha yorug&#8217;lik sensori (fotorezistor) yorug&#8217;likdan to&#8217;silishi mumkin. Yorug&#8217;lik kerakli darajada pasaysa, platadagi svetodid yonadi va shu vaqt tugaganidan keyin yana o&#8217;chadi. Shundan keyin sensordagi\u00a0 vaqtincha yoritilsa (tong otganini bildiradi) kontroller dastlabki holatga qaytib, yana yorug&#8217;lik pasayishini &#8220;kuta boshlaydi&#8221; va hammasi boshidan takrorlanadi. Tekshirishlar yakunlangunigacha, taymerning qiymatini (soat, minut, sekund) kerakli vaqt oralig&#8217;iga o&#8217;rnatiladi. Masalan, dekabr oyi oxirlarida oqshom soat 17 ga yaqin tushishini hisobga olinsa, taymerga 4 soat qiymatini o&#8217;rnatish mumkin. Natijada soat 21:00 atrofida lampa o&#8217;zi o&#8217;chib qoladi.<\/p>\n<p><strong>2-bosqich. &#8220;Qulog&#8217;i bor&#8221; lampa.<\/strong><\/p>\n<p>Ushbu bosqichda lampani tovush signali (qarsak yoki shunga o&#8217;xshah qisqa muddatli ovoz) yordamida o&#8217;chirib-yoqish qurilmasini yaratamiz. Atrofda tovush balandligi ortsa, lampa uni &#8220;eshitib&#8221; avtomatik ravishda yonishi, keyinroq yana shunday tovush bo&#8217;yicha o&#8217;chishi kerak. Buning uchun raqamli tovush sensoridan foydalanamiz.<\/p>\n<p><strong>Kerakli material va uskunalar:<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>1) Maket platasi, o&#8217;tkazgichlar to&#8217;plami, Mini-USB kabeli;<\/p>\n<p>2) Arduino Nano mikrokontrolleri;<\/p>\n<p>3) Raqamli tovush sensori;<\/p>\n<p>4) Rele moduli;<\/p>\n<p>5) 220V kuchlanish kirishi va lampaga chiqish porti (razyom).<\/p>\n<p>Tovush sensorining &#8220;DO&#8221; kontaktini Arduino Nanoning &#8220;D2&#8221; kontaktiga, &#8220;+&#8221; va &#8220;G&#8221; kontaktlarini mos ravishda &#8220;5V&#8221; va &#8220;GND&#8221; kontaktlariga ulaymiz. Rele modulining &#8220;IN1&#8221; kontakti &#8220;D13&#8221; piniga, &#8220;VCC&#8221; kontakti &#8220;5V&#8221; piniga, &#8220;GND&#8221; kontakti &#8220;GND&#8221; piniga ulanadi.<\/p>\n<p>Elektr sxema:\u00a0<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-684 size-full\" src=\"https:\/\/fmscompany.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/lampa2_bb.png\" alt=\"\" width=\"1773\" height=\"849\" \/><\/p>\n<p>Tovush sensorining asosan raqamli chiqishidan foydalanayotganimizning sababi, sensorni Arduino platasidan uzoq masofada alohida joylashtirish imkoniyati ham paydo bo&#8217;ladi. Analog chiqishdan foydalanganda, o&#8217;tkazgich uzunligi ortishi bilan tashqi elektomagnit maydon ta&#8217;sirida shovqin darajasi ham ortib boradi va sensor keraksiz shovqinni ham foydali signal sifatida qabul qilishi mumkin, natijada qurilma notog&#8217;ri ishlashi ehtimoli ortadi.<\/p>\n<p>(tovush sensori qabul qilinganidan keyin oxiriga yetkaziladi)<\/p>\n<p><strong>3-bosqich. Aniq vaqtda avtomatik o&#8217;chirish\/yoqish.<\/strong><\/p>\n<p>Yuqoridagi bosqichda lampani kunning aniq bir vaqtida o&#8217;chishi yoki yonishini boshqarib bo&#8217;lmaydi. Shuning uchun, ushbu bosqichda biz shu kamchilikni bartaraf etamiz. Aslida qurilma soati to&#8217;g&#8217;ri ishlashi uchun maxsus RTC (Real Time Clock) modulidan foydalanilishi eng ishonchli variant hisoblanadi. Chunki bu variantda vaqt to&#8217;g&#8217;riligi uchun asosiy kontroller emas, RTC-modul javob beradi. Ikkinchidan, RTC-modulda odatda tugma-batareyka uchun alohida joy ajratilgan bo&#8217;lib, soat to&#8217;xtovsiz ishlashi uchun shu batareykaning zaryadi etarli bo&#8217;ladi. Ya&#8217;ni, asosiy qurilma elektr tarmog&#8217;idan uzilib qolgan taqdirda ham modul aniq vaqtni saqlab qoladi. Qurilma aniq vaqtni ko&#8217;rsatib turishi uchun unga LCD indikator ham qo&#8217;shish mumkin. Bular &#8211; albatta yaxshi. Lekin&#8230;<\/p>\n<p>Biz shunchaki lampani o&#8217;chirib-yoqadigan qurilma uchun ortiqcha xarajatlarga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslikka harakat qilishimiz muhim. O&#8217;z xarajatlarimizni qisqartirish uchun, shuningdek bizga soatning o&#8217;ta aniq ishlashi muhim emasligi sababli (1 kunda bir necha sekundga farq qilishi mumkin), soat funksiyasini ham dastur yordamida mikrokontrollerning o&#8217;ziga yuklaymiz. Ya&#8217;ni, soat funksiyasini dasturlash yordamida qo&#8217;shamiz. Asosiysi, soat to&#8217;xtab qolmasligi uchun, qurilma elektr tarmog&#8217;idan uzilmasligi chorasini ko&#8217;rib qo&#8217;yishimiz kerak. Buning uchun, qurilma elektr ta&#8217;minoti uchun 4,5V lik (3 ta 1,5V lik &#8220;AA&#8221; yoki &#8220;AAA&#8221;) batareykalardan foydalanish maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p>Biz qurilmada LCD indikatordan foydalanmayotganimiz sababli, aniq vaqtni va lampaning o&#8217;chish\/yonish vaqtlarini to&#8217;g&#8217;rilashda knopkalar bosilgan paytdagi tovush va svetodiod signaliga e&#8217;tibor qaratamiz. Bunda 1-knopka (&#8220;Sozlash&#8221;) boshqaruv etaplarini tanlash uchun, 2-chisi (&#8220;O&#8217;zgartirish&#8221;) esa, soat yoki minutlar qiymatini o&#8217;zgartirish uchun ishlatiladi (har bosilganida 1 ta qiymatga oshadi).<\/p>\n<p>Qurilmani sozlash jami 8 ta etapda bajariladi. 1- va 2-etaplarda lampani yoqish vaqti (soat va minut), 3- va 4-etaplarda lampani o&#8217;chirish vaqti, 5-etapda tovush va svetodiod signallarini ulash\/uzish rejimlaridan birini o&#8217;rnatish, 6- va 7-etaplarda tizim vaqti (hozirgi vaqt) o&#8217;zgartiriladi. 8-etapda esa, oldingi etaplarda tanlangan sozlamalarni tasdiqlash (yoki bekor qilish) mumkin: tasdiqlash uchun 1-knopka, bekor qilish uchun 2-knopka ishlatiladi.<\/p>\n<p>Elektr ta&#8217;minoti kamdan-kam o&#8217;chadigan vaziyatlarda, batareykalarning ham hojati yo&#8217;q, bunday sharoitda 5V lik ta&#8217;minot blokidan foydalanilgani maqsadga muvofiq bo&#8217;ladi. Muhimi, har safar elektr ta&#8217;minoti uzilib qolganda, qurilma soatini vaqtini qaytadan to&#8217;g&#8217;rilash kerak bo&#8217;ladi xolos.<\/p>\n<p><strong>Kerakli material va uskunalar:<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>1) Maket platasi, o&#8217;tkazgichlar to&#8217;plami, Mini-USB kabeli;<\/p>\n<p>2) Arduino Nano mikrokontrolleri;<\/p>\n<p>3) 2 ta tugma (knopka) &#8211; vaqtni kiritish\/tog&#8217;rilash uchun;<\/p>\n<p>4) 2 ta 10 kOm lik rezistorlar;<\/p>\n<p>5) Rele moduli;<\/p>\n<p>6) 220V kuchlanish kirishi va yuklamaga chiqish uyasi (razyom).<\/p>\n<p>Komponentlarni quyidagi sxema bo&#8217;yicha ulaymiz:<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"wp-image-702 size-full aligncenter\" src=\"https:\/\/fmscompany.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/timer.png\" alt=\"\" width=\"1773\" height=\"840\" \/>\u00a0<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-704 size-full\" src=\"https:\/\/fmscompany.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/timer_sxema.png\" alt=\"\" width=\"981\" height=\"780\" \/><\/p>\n<p>Sketchni kontrollerga yuklaymiz.<\/p>\n<p>Dastlab lampani yoqish vaqtini (soat va minutlarni) sozlashdan boshlaymiz. Buning uchun 1-knopka bir marta bosiladi (sozlashning 1-rejimiga o&#8217;tish). Platadagi svetodiod 0,5 sekundga yonib-o&#8217;chadi (agar sozlash jarayonida tovush va\/yoki svetodiod signali ilgariroq o&#8217;chirib qo&#8217;yilmagan bo&#8217;lsa). Bu signal soat qiymatini kiritish mumkinligini bildiradi. 2-knopkani tegishli sonda bosish orqali lampani yoqish vaqtining soati o&#8217;zgartiriladi.<\/p>\n<p>2-etapda yana 1 sekundlik uzun (svetodiod yoki tovush) signal lampani yoqish vaqtining minutlarini kiritish mumkinligini bildiradi. Bunda ham 2-knopkani har bir bosganimizda, minut qiymati 1 ta qiymatga ortib boraveradi (0,2 sekundli qisqa signal uni tasdiqlab turadi). Masalan, yoqish vaqti 17:45 bo&#8217;lsa, yuqoridafi 1-etapda 2-knopka 17 marta, 2-etapda esa 45 marta bosiladi.<\/p>\n<p>1-knopka uchinchi marta bosilganida, 3 ta uzun signal lampani yoqish vaqtini kiritish yakunlanganini va endi lampani o&#8217;chirish vaqtini kiritish mumkinligini bildiradi (3- va 4-etaplar). Bunda soatini va minutlarni kiritish yana yuqoridagi tartibda bajriladi. Oxirida 1-knopka bosilganda, 3 ta uzun signal lampani o&#8217;chirish vaqti kiritib bo&#8217;linganini anglatadi.<\/p>\n<p>5-etapda tovush va svetodiod signallarini ulash\/uzish rejimlaridan birini tanlash mumkin. Bunda 2-knopka 1-marta bosilganda faqat svetodiod signallari ulanadi, 2-marta bosilganida faqat tovush signali ulanib, svetodiod signallari uziladi, 3-marta bosilganida barcha tovush va svetodiod signallari ulanadi, 4-martasida esa, barcha (tovush va svetodiod) signallari uzib qo&#8217;yiladi.<\/p>\n<p>6- va 7-etaplarda tizimning soati (hozirgi vaqt soat va minutlari) kiritiladi. Shundan so&#8217;ng yana 1-knopka bosilsa (8-etapda), sozlamalar qiymatlarini tasdiqlash so&#8217;raladi.Sozlamalarni tasdiqlash uchun 1-knopka, inkor qilish uchun 2-knopka bosiladi.<\/p>\n<p>Sozlash jarayonini kompyuter COM porti monitori orqali kuzatib borish mumkin. Shuningdek, port monitorida oxirgi sozlashdan keyin o&#8217;tgan jami vaqtni ham ko&#8217;rish mumkin (kun, soat, daqiqa, sekund).<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-711 size-full\" src=\"https:\/\/fmscompany.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/port_monitor.png\" alt=\"\" width=\"971\" height=\"596\" \/><\/p>\n<p>O&#8217;zgarishlar tasdiqlansa, hozirgi vaqtdan tashqari barcha kiritilgan sozlamalar kontrollerning EEPROM xotirasiga saqlab qo&#8217;yiladi.<\/p>\n<p>Ishchi rejimda (ya&#8217;ni, sozlash rejimlaridan tashqari) ixtiyoriy paytda 2-knopkani bosilsa, port monitorida oxirgi sozlamalarni qayta ko&#8217;rish va signal rejimlarini vaqtincha boshqasiga o&#8217;zgartirish (xotirada saqlanmaydi) imkoni ham mavjud.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-711 size-full\" src=\"https:\/\/fmscompany.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/port_monitor.png\" alt=\"\" width=\"971\" height=\"596\" \/><\/p>\n<p>Agar sozlash paytida aniq vaqt soati va minuti kiritilmasa, tizimning vaqti (ishga tushgandan buyon o&#8217;tgan vaqt) eslab qolinadi. Lekin bunda yuklamaning o&#8217;chib-yonishi ham notog&#8217;ri ishlashini unutmaslik kerak.<\/p>\n<p>Agar lampaning yoqish va o&#8217;chirish vaqtlari kiritilmasa (to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri keyingi etapga o&#8217;tib ketilsa), o&#8217;zgarishlar saqlanmaydi. Shuningdek, ular bir xil ham bo&#8217;lmasligi kerak (agar bir xil bo&#8217;lsa, dastur o&#8217;chish vaqtiga 1 daqiqa qo&#8217;shib qo&#8217;yadi). Kiritilgan qiymatlarni va aniq vaqtni qurilmani elektr ta&#8217;minotidan uzmagan holda, USB-kabel orqali kompyuterga ulab, COM port monitori orqali ko&#8217;rish va zarurat bo&#8217;lsa, knopkalar yordamida yana o&#8217;zgartirish mumkin.<\/p>\n<p>Keyingi signallar sozlash rejimidan chiqilganini va qurilma lampani vaqt bo&#8217;yicha nazorat qilishni boshlaganini (ishchi rejimga o&#8217;tilganini) bildiradi. Buni har sekunddagi tovushli va\/yoki svetodiod signallaridan kuzatish mumkin (agar sozlash paytida signallar ataylab o&#8217;chirib qo&#8217;yilmagan bo&#8217;lsa).<\/p>\n<p>O&#8217;chirib-yoqish vaqtida katta aniqlik talab etilmasa, qulaylik uchun, dasturdagi konstantalardan &#8220;minutStep = 1&#8221; qiymatini boshqa qiymatga o&#8217;zgartirish orqali minutni oshirish qadamini (masalan, 5 yoki 10 daqiqaga) o&#8217;zgartirish mumkin. Ya&#8217;ni bunda 2-knopka har bir bosilganida vaqtni kiritish rejimlarida uning qiymati 5 yoki 10 daqiqaga ortadi (5, 10, 15, &#8230; yoki 10, 20, 30 &#8230; kabi). Natijada vaqtni belgilash jarayoni tezlashadi.<\/p>\n<p>Agar sozlash paytida soatni qaytadan kiritish, yoki ayrim sozlamalarni o&#8217;zgartirish shart bo&#8217;lmasa, 1-knopka yordamida to&#8217;g&#8217;ridan to&#8217;g&#8217;ri keyingi kerakli rejimlarga o&#8217;tib ketish mumkin. Har safar tegishli uzun signallar rejim almashganligini eslatib turadi.<\/p>\n<p>Ayrim sozlamalar kontroller EEPROM xotirasiga kiritib qo&#8217;yilganligi sababli, elektr energiyasida uzilish bo&#8217;lgan taqdirda ham, sozlamalar avtomatik avishda qayta yuklanadi. Bunda faqat hozirgi vaqtni (tizim vaqtini) qayta to&#8217;g&#8217;rilashning o&#8217;zi yetarli bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p>Qurilma sxemasi va sketchini takomillashtirish orqali uni 1 tadan ortiq kanallarni boshqarish imkoniyatini qo&#8217;shish mumkin. Ya&#8217;ni, lampalarni har birini alohida va kompleks holda ham boshqarish mumkin. Buning uchun, sxemaga har bir lampa (yoki lampalar liniyasi) uchun alohida qo&#8217;shimcha rele qo&#8217;shish va sketchga ayrim kichik o&#8217;zgarishlarni kiritish zarur bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p><strong>4-bosqich. Harakatni sezuvchi lampa.<\/strong><\/p>\n<p>Harakat sensori qo&#8217;llanilishi hisobiga lampani faqat harakat sodir bo&#8217;lgandagina avtomatik yoqish mumkin. Ma&#8217;lum vaqtdan keyin u yana avtomatik ravishda o&#8217;chadi. Energiyani tejash maqsadida, yonib turish vaqti 15 sekunddan bir necha minutgacha bo&#8217;lgan qiymatlarda o&#8217;rnatilishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>Kerakli material va uskunalar:<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>1) Maket platasi, o&#8217;tkazgichlar to&#8217;plami, Mini-USB kabeli;<\/p>\n<p>2) Arduino Nano mikrokontrolleri;<\/p>\n<p>3) Infraqizil signal sensori;<\/p>\n<p>4) Ultratovush signal sensori;<\/p>\n<p>5) Mikroto&#8217;lqinli sensor;<\/p>\n<p>6) Rele moduli;<\/p>\n<p>7) 220V kuchlanish kirishi va lampaga chiqish uyasi (razyom).<\/p>\n<p>Ro&#8217;yxatda bir yo&#8217;la 3 xil turdagi harakatni sezuvchi sensorlardan foydalanilmoqda. Bundan maqsad, ushbu sensorlarning o&#8217;ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, qurilma imkoniyatlarini to&#8217;ldirishdan iborat.<\/p>\n<p>Infraqizil sensor ko&#8217;rinish radiusidagi ma&#8217;lum nazorat hududda harakatlanayotgan barcha jismlar va tirik jonzotni aniqlash imkoniyatiga ega, ultratovushli signal sensori esa, shulardan faqat tirik jonzot, jumladan odamning harakatini sezadi xolos.<\/p>\n<p>Mikroto&#8217;lqinli sensor esa, ultratovushli sensor kabi, faqat tirik jonzot harakatini sezadi. Biroq uning yana bir muhim jihati &#8211; u ko&#8217;rinish radiusidan tashqari, turli to&#8217;siqlar ortidagi harakatni ham seza oladi.<\/p>\n<p>Demak ushbu qurilma har bir sensor imkoniyatidan kelib chiqib, lampani yoqishdan tashqari, harakatlanayotgan obyyektning turi haqida ham ogohlantirishishi mumkin bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p><strong>Tovushli boshqarishni kodlashtirish.<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>Lampani qorong&#8217;u paytda maxsus &#8220;tovushli kod&#8221; bo&#8217;yicha 2 tagacha guruhdagi lampalarini yoqish va o&#8217;chirish qurilmasi.<\/p>\n<p>1-guruh kam sonli yoki kam quvvatli lampalardan iborat bo&#8217;lishi kerak (yoritishning 1-darajasi), 2-guruhda qolgan ko&#8217;p sondagi yoki yuqori quvvatli (2,2 kW gacha) lampalardan iborat bo&#8217;lishi mumkin (2-darajali yoritish). 3-darajali yoritishda 1- va 2-guruhdagi barcha lampalar yoqiladi. 2- va 3-yoritish darajalari, kodni kiritishdan keyingi 1 ta yoki 2 ta tovush yordamida tanlanadi.<\/p>\n<p>Bunda &#8220;tovushli kod&#8221; deganda, tovushlar va ularning orasidagi pauzalar asosida yaratiladigan ketma-ketlik tushuniladi. Agar kod noto&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;lsa, o&#8217;chiq lampa yonmasligi yoki yoniq lampa o&#8217;chmasligi kerak. Bundan tashqari, kod tog&#8217;ri bo&#8217;lsa-da atrof yorug&#8217; bo&#8217;lsa ham, lampa yonmasligi kerak. Kodni oldindan belgilash maxsus tugma yordamida bajarilishi kerak. Tugmaning har bir bosilishi va ular orasidagi pauzalardan iborat ketma-ketlik yangi kodni bildiriladi.<\/p>\n<p>Kod 2 lik sanoq tizimidagi 11 dan 111111 gacha bo&#8217;lgan sondan iborat bo&#8217;lishi, 0 bilan boshlanmasligi va yakunlanmasligi kerak (jami 26 ta kombinatsiya &#8211; <strong>11, 101, 111<\/strong>, 1001, 1011, 1101, 1111, 10011, 10101, 10111, 11011, 11101, 11111, 100101, 100111, 101001, 101011, 101101, 101111, 110011, 110101, 110111, 111001, 111011, 111101, 111111). 2 ta tovush orasidagi pauza kamida 0,1 sekund va ko&#8217;pi bilan 2 sekundgacha oraliqda bo&#8217;lishi mumkin, lekin 2 sekunddan oshmasligi kerak. 6 ta belgi (jami tovush va pauzalar soni) yoki oxirgi tovushdan keyingi 3 sekunddan ortiq pauzali qisqa kod uni kiritish yakunlanganligini bildiradi. Keyingi tovush navbatdagi kod kiritilishi bo&#8217;shlanganini bildiradi. Ya&#8217;ni, lampa har qanday tovushga emas, balki ma&#8217;lum bir vaqt oralig&#8217;idagi yuqori amplitudali tovush signallari soni va davomiyligiga bog&#8217;liq ravishda yonib-o&#8217;chadi.<\/p>\n<p>Quyidagi 4 ta kod maxsus kodlar hisoblanadi va ular faqat lampalar yoniq turgan holatda ishlatiladi: 11 &#8211; barcha lampalarni o&#8217;chirish, 101 &#8211; faqat 2-guruh lampalarini o&#8217;chirish (1-darajali yoritishga o&#8217;tkazish), 111 &#8211; qurilma yordamida boshqaruvni to&#8217;xtatish (boshqaruvni qayta tiklash uchun qurilmani o&#8217;chirib yoqish zarur), 1001 &#8211; yangi kodni xotiraga kiritishni boshlash kodi (bu paytda barcha lampalar o&#8217;chadi).<\/p>\n<p>Yangi kodni qurilma xotirasiga kiritish &#8211; tugmani 2 sekund uzluksiz bosilganidan keyin yoki 1001 tovushli kodi kiritilganidan keyin 3 sekunddan keyin, yuqoridagi oraliqdagi yangi tovush belgilarini kiritish orqali bajariladi. Bu paytda barcha lampalar o&#8217;chadi. Yangi kod kiritilib bo&#8217;lganidan keyin barcha lampalar yangi kiritilgan kod tartibida yonib o&#8217;chadi, parallel ravishda pyezo-spiker shunday tartibda tovushli signal beradi, oxirida yashil svetodiod pirpirashdan to&#8217;xtaydi. Xatolik bo&#8217;lsa, qizil svetodiod 3 sekund davomida 3 marta yonib o&#8217;chadi va 2 sekundlik uzluksiz pyezo-spiker tovushli signal beriladi (masalan, 11 dan kichik belgi kiritilishi). Kodni kiritish jarayonida pyezo-spiker tuvushli signali 1 belgisi tanlanganini anglatib turadi.<\/p>\n<p>Misol, &#8220;110011&#8221; kodi &#8211; oralig&#8217;i ko&#8217;pi bilan 1 sekund bo&#8217;lgan 2 ta tovush, 1.1-2 sekundlik pauza va yana 2 ta tovushni bildiradi.<\/p>\n<p><strong>Qurilmamizning ogohlantiruvchi belgilari:<\/strong><\/p>\n<p>doimiy yoniq yashil svetodiod &#8211; qurilma boshqaruvi faolligi belgisi;<\/p>\n<p>doimiy yoniq qizil svetodiod &#8211; qurilma boshqaruvi maxsus kod bilan to&#8217;xtatilgani belgisi;<\/p>\n<p>doimiy o&#8217;chiq qizil svetodiod &#8211; lampalar yoqilganligi belgisi;<\/p>\n<p>1 gerts chastotada yashil svetodiod yonib\/o&#8217;chishi &#8211; tovush yoki tugma orqali kod kiritish jarayoni belgisi;<\/p>\n<p>3 sekund davomida qizil svetodiod 1 gerts chastotada yonib\/o&#8217;chishi\u00a0 &#8211; xatolik (kod noto&#8217;g&#8217;riligi yoki yorug&#8217;lik yuqoriligi) belgisi (bunday paytda lampalar ham yonmaydi);<\/p>\n<p>2 marta qisqa muddatli pyezo-spiker tovushi (2 gerts) &#8211; kod to&#8217;g&#8217;riligi belgisi;<\/p>\n<p>3 marta qisqa muddatli pyezo-spiker tovushi (2 gerts) &#8211; yorug&#8217;lik yuqoriligi belgisi;<\/p>\n<p>1 marta 2 sekundlik pyezo-spiker tovushi (0,5 gerts) &#8211; xatolik belgisi (kod noto&#8217;g&#8217;riligi belgisi).<\/p>\n<p>Oddiy lampani kod yordamida boshqaruv noqulay yoki ortiqcha murakkab usuldek ko&#8217;rinadi, aniqrog&#8217;i to&#8217;g&#8217;risi ham shu. Lekin unda qo&#8217;llaniladigan dasturiy yechimlardan keyingi bosqichlardagi boshqaruvlarda ham foydalanishimizni hisobga olsak, bu bosqich ham juda muhim hisoblanadi.<\/p>\n<p><strong>Kerakli material va uskunalar:<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>1) Maket platasi, o&#8217;tkazgichlar to&#8217;plami, Mini-USB kabeli;<\/p>\n<p>2) Arduino Nano;<\/p>\n<p>3) Svetodiodlar: 1 ta qizil, 1 ta yashil;<\/p>\n<p>4) 3 ta rezistor (1 ta 10 kOm, 2 ta 1 kOm);<\/p>\n<p>5) Yorug&#8217;lik sensori;<\/p>\n<p>6) Tovush sensori;<\/p>\n<p>7) Pyezo-spiker;<\/p>\n<p>8) Kontaktli 2 ta kanalli rele moduli (10A gacha 2 kanalli yuklama uchun), kontaktsiz rele uchun chiqish kontaktlari (GND, Signal2) &#8211; 10A yoki 2,2kW dan yuqori yuklama (faqat 2-kanali) uchun.<\/p>\n<p>Elektron komponentlarni quyidagi sxema bo&#8217;yicha ulaymiz:<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-657 size-full\" src=\"https:\/\/fmscompany.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/01\/kodli-tovush_bb.png\" alt=\"\" width=\"1776\" height=\"789\" \/><\/p>\n<p><strong>Masofaviy boshqaruvni qo&#8217;llaymiz.<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, lampa boshqaruvini &#8220;Aqlli uy&#8221; yagona tizimining bir qismiga aylantirishni rejalashtirgan edik. Hozirgacha qo&#8217;llagan usullarimizni (yorug&#8217;lik darajasiga ko&#8217;ra va tovush orqali boshqaruv) masofadan boshqaruv deya olmaymiz, buning uchun Arduino qurilmasi bilan bo&#8217;g&#8217;lanishning turli kanallaridan foydalanganimizcha yo&#8217;q.<\/p>\n<p>Ushbu bosqichda aynan shu mihim vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishamiz.<\/p>\n<p><strong>IQ-boshqaruv.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Infraqizil nurli boshqaruv<\/strong>ni o&#8217;zlashtirishga o&#8217;tamiz. Bunda tayyor boshqaruv pulti (bundan keyin <strong>IQ-pult<\/strong>) va tegishli qabul qulish modullaridan foydalanishimiz mumkin.<\/p>\n<p><strong>RF-boshqaruv.<\/strong><\/p>\n<p>Avvalo radiochastota (<strong>RF &#8211; radio frequency<\/strong>) diapazoni orqali boshqaruv usulini ko&#8217;rib chiqamiz. Chunki bu boshqaruv usuli boshqa aloqa usullaridan ko&#8217;ra nisbatan osonroq hisoblanadi. To&#8217;laqoni RF-boshqaruv uchun radiouzatkich, ya&#8217;ni RF-pult va uning signallarini qabul qilgich (RF-qabul qilgich, RF-priyomnik) modullaridan foydalanish zarur bo&#8217;ladi. Bog&#8217;lanish masofasi taxminan 50-100 metrni tashkil etadi. Hozirda ko&#8217;proq 433 MHz va 315 MHz chastotali RF-modullar ko&#8217;p tarqalgan. Biz 433 MHz chastotali modullardan foydalanamiz.<\/p>\n<p><strong>GSM\/GPRS orqali boshqaruv.<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>Lampamizni &#8220;boshini qotirish&#8221;ni davom ettiramiz. Bu safar uni radioto&#8217;lqin orqali boshqarishni o&#8217;zlashtiramiz. Bunda, boshqaruv qurilmasini o&#8217;zimiz yaratishimiz shart emas, buning o&#8217;rniga pult sifatida smartfon yoki oddiy klavishali telefondan ham foydalanishimiz mumkin. Ko&#8217;rinib turibdiki, ushbu usulda boshqaruv radiusi keskin ortib ketadi, chunki GSM yoki GPRS texnologiyalari orqali o&#8217;z qurilmamizga dunyoning xohlagan nuqtasidan &#8220;qo&#8217;g&#8217;iroq qilishimiz&#8221; yoki &#8220;SMS yuborishimiz&#8221; mumkin. Aynan anashu qong&#8217;iroq yoki SMS-xabarda qurilmaga boshqaruvchi buyruqlar yetib keladi. Hatto qurilmamiz, SMS-xabarimizga &#8220;javob qaytarishi&#8221; ham mumkin.<\/p>\n<p><strong>Bluetooth orqali boshqaramiz.<\/strong><\/p>\n<p>Bluetooth texnologiyasi aqlli boshqaruvning muhim bo&#8217;ginlaridan biri hisoblanadi. U ham RF-boshqaruvdagi kabi radiochastota diapazonlaridan foydalanadi, lekin shu bilan birga bluetooth texnologiyasi boshqa zamonaviy uskunavalarda ham keng integratsiyalanganini hisobga olsak, uning roli keskin oshib ketadi. Xususan, biz qurilmani smartfon yoki planshetdan boshqarishni o&#8217;zlashtiramiz. Bu bizni o&#8217;z oldimizga qo&#8217;ygan eng muhim vazifa &#8211; &#8220;Aqlli uy&#8221; tizimidagi kompleks boshqaruvga juda yaqin olib keladi.<\/p>\n<p><strong>Va-nihoyat&#8230; WiFi orqali boshqaruv.<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>WiFi texnologiyasining afzalliklari, uning hayotimizga qanchalik kirib kelgani haqida uzoq gapirib o&#8217;tirmasdan, maqsadga o&#8217;tamiz. Uning bog&#8217;lanish radiusi ham, RF-qurilmalardek, 50-100 metrni tashkil etadi, biroq ushbu usulning eng muhim afzalligi uning boshqaruv radiusi emas, balki uning yordamida biz o&#8217;z qurilmamizni Internet orqali ham boshqara olishimizdir. Bu esa, ushbu usuldagi boshqaruv radiusi cheksiz degani.<\/p>\n<p><strong>Kerakli material va uskunalar:<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>1) Maket platasi, o&#8217;tkazgichlar to&#8217;plami, Mini-USB kabeli;<\/p>\n<p>2) Arduino Nano mikrokontrolleri;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aqlli lampa, viklyuchatel va rozetka tushunchalari haqida alohida sharhda ma&#8217;lumotlar keltirilganligi sababli, alohida to&#8217;xtalmaymiz. Aqlli viklyuchatel qurilmasini deyarli har doim aqlli rozetkaga nisbatan ham qo&#8217;llash mumkin bo&#8217;lganligi sababli, aqlli rozetkalarni alohida ko&#8217;rib chiqmaymiz. Aqlli lampalarda kichik hajm va sanoat texnologiyalari qo&#8217;llanilishi maqsadga muvofiqligi sababli, shaxsiy loyihalar yaratishda ularni chetlab o&#8217;tamiz. Shuning uchun, kelgusida &#8220;aqlli lampa&#8221; [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[16],"tags":[],"class_list":["post-1730","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-aqlli-uy"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1730","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1730"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1730\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1734,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1730\/revisions\/1734"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1730"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1730"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1730"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}