{"id":2314,"date":"2024-03-22T14:09:54","date_gmt":"2024-03-22T09:09:54","guid":{"rendered":"https:\/\/yarat.uz\/?p=2314"},"modified":"2025-03-19T15:27:03","modified_gmt":"2025-03-19T10:27:03","slug":"qurilmalarni-telegram-boti-orqali-boshqarish-18","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/yarat.uz\/?p=2314","title":{"rendered":"Termobot &#8211; Telegram botiga bog&#8217;langan termostat"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\">Telegram <a href=\"http:\/\/api.telegram.org\/\">API<\/a>, bot va u bilan ishlash bo&#8217;yicha dastlabki ma&#8217;lumotlar Arduino bo&#8217;yicha <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=2095\">alohida darda<\/a> keltirib o&#8217;tilgan. Quyida esa, mazkur darsda o&#8217;rganilgan ma&#8217;lumotlardan, shuningdek, mavzu yuzasidan <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=2095\">amaliy mashg&#8217;ulot<\/a> davomida tayyorlangan o&#8217;quv loyihasidan foydalanilgan holda Wemos D1 mini, termodatchik va rele yordamida termostat loyihasini yaratish, xususan, uning ishlash jarayoni bo&#8217;yicha hisobotlarni Telegram botiga ham jo&#8217;natib turish bo&#8217;yicha ma&#8217;lumot beriladi.<\/p>\n<p><strong>Ushbu termostatdan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li style=\"text-align: justify;\">aqlli uy tarkibida, xonalardagi haroratni nazorat qilish, jumladan gaz kotyollari, iliq pol (\u0442\u0451\u043f\u043b\u044b\u0439 \u043f\u043e\u043b) suv nasoslari, isitgich (\u043e\u0431\u043e\u0433\u0440\u0435\u0432\u0430\u0442\u0435\u043b\u044c), konditsioner, avtomatik ochiladigan eshik yoki romlarni boshqarish orqali nazorat qilish uchun;<\/li>\n<li>mahsulot omborlari, qishloq xo&#8217;jaligi mahsulotlarini saqlash binolarida haroratni nazorat qilish va boshqarish uchun;<\/li>\n<li>aqlli issiqxona tashkil etish uchun;<\/li>\n<li>inkubator tashkil qilish uchun, va hokazo.<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu termostatni avvalo sayt materiallari yordamida yaratiladigan aqlli uy umumiy loyihasiga integratsiya qilish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p><strong>Telegram botiga bog&#8217;lanadigan termostat quyidagi vazifalarni bajaradi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li style=\"text-align: justify;\">Termodatchik joylashgan hududdagi haroratni va havo namligini o&#8217;lchab, ko&#8217;rsatkichlarni displeyga chiqarish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Termodatchik ko&#8217;rsatkichlari belgilangan qiymat oralig&#8217;idan chetga chiqqanda, tegishli sovutish yoki isitish qurilmasini ishga tushirish, shuningdek, ko&#8217;rsatkichlar normal darajaga yetganda ularni o&#8217;chirish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Ko&#8217;rsatkichlarda o&#8217;zgarish yuz berganda yoki ma&#8217;lum davriylikda ularni Telegram botiga yuborib turish, shuningdek, isitish yoki sovutish qurilmasi ishga tushganligi holatlari haqida xabardor qilib borish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">NTP-serverdan avtomatik to&#8217;g&#8217;rilab boriladigan &#8220;elektron soat&#8221; rejimi (vaqt, sana va hafta kunini ko&#8217;rsatadi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Termostatni hamda elektron soatni boshqarish va sozlashni Telegram boti yordamida bajarish (bot &#8211; boshqaruv pulti vazifasini bajaradi).<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Qo&#8217;shimcha funksiyalar:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li style=\"text-align: justify;\">Termostat uchun tavsiya etiladigan asosiy sozlamalarini &#8220;avtosozlash&#8221; (&#8220;restore&#8221;) kodi yordamida tezkor qayta tiklash;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Zarurat tug&#8217;ilganda, agar avtomatik sozlamalarga zid bo&#8217;lmasa, termostatga ulangan isitish yoki sovutish uskunalarini bot buyrug&#8217;i yordamida ixtiyoriy paytda qo&#8217;lda ishga tushirish yoki o&#8217;chirish (sozlamalarga zid bo&#8217;lgan taqdirda, yuklamalar avvalo sozlamaga asosan avtomatik ravishda boshqariladi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Termostat xotirasida quyidagi sozlash parametrlarini saqlash va zarurat bo&#8217;lganda ularni bot buyrug&#8217;i yordamida qo&#8217;lda o&#8217;zgartirish: 3 ta gacha WiFi tarmoq parametrlarini (zarurat bo&#8217;lganda, 1-va 2-tarmoq parametrlarini o&#8217;zgartirish mumkin), botga eslatma yuborish rejimini, foydalanilayotgan relelarning turiga qarab oddiy yoki inversiya rejimlarini, haroratning tavsiya etiladigan minimal va maksimal darajalarini, harorat yoki havo namligini eslatish intensivligi qiymatlarini (qanchalik tez-tez eslatish qiymatlarini), harorat va havo namligini eslatish intervallarini, 3 ta gacha WiFi tarmoq parametrlarini;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">termodatchik bilan aloqa favqulodda uzulgan taqdirda, LCD orqali ko&#8217;rsatish bilan bog&#8217;liq yuzaga keladigan kamchikni termostatni qayta yuklamasdan, bot buyrug&#8217;i yordamida bartaraf etish;<\/li>\n<li>termostatni ixtiyoriy paytda bot buyrug&#8217;i yordamida qo&#8217;lda ishga tushirish;<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Telegram boti boshqaruv buyruqlari va ularning vazifalari<\/strong> (ular haqida eslatmani &#8220;\/start&#8221; buyrug&#8217;i yordamida ko&#8217;rish mumkin):<\/p>\n<ul>\n<li>&#8220;<strong>\/start<\/strong>&#8221; (yoki &#8220;<strong>\/salom<\/strong>&#8220;) &#8211; botning dastlabki eslatmalarini ko&#8217;rish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>\/temp<\/strong>&#8221; (yoki &#8220;<strong>\/harorat<\/strong>&#8220;) &#8211; faqat haroratni ko&#8217;rish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>\/namlik<\/strong>&#8221; (yoki &#8220;<strong>\/humidity<\/strong>&#8220;) &#8211; faqat havo namligini ko&#8217;rish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>\/rele1_on<\/strong>&#8220;, &#8220;<strong>\/rele1_off<\/strong>&#8220;, &#8220;<strong>\/rele2_on<\/strong>&#8220;, &#8220;<strong>\/rele2_off<\/strong>&#8221; &#8211; isitgich (1-rele) yoki konditsioner (2-rele)ni qo&#8217;lda alohida, yoki &#8220;<strong>\/rele_on<\/strong>&#8220;, &#8220;<strong>\/rele_off<\/strong>&#8221; &#8211; har ikki releni baravar ishga tushirish yoki o&#8217;chirish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>\/status<\/strong>&#8221; (yoki &#8220;<strong>\/?<\/strong>&#8220;) &#8211; joriy harorat va havo namligi ko&#8217;rsatkichlari, o&#8217;rnatilgan minimal va maksimal ko&#8217;rsatkichlar, termostat ulangan WiFi tarmoq nomi va IP-manzilini ko&#8217;rish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>\/sozlash<\/strong>&#8221; (yoki &#8220;<strong>\/settings<\/strong>&#8220;, &#8220;<strong>\/codes<\/strong>&#8220;) &#8211; Termostatni sozlash kodlari va ularning vazifalarini eslatish (nazorat qilinadigan hududning harorati va havo namligi uchun minimal hamda maksimal qiymatlarni, botga avtomatik ravishda ma&#8217;lumot yuborish davriyligini belgilab qo&#8217;yish yoki bekor qilish, relelarning inversiya yoki standart holati, WiFi-tarmoqlar nomi yoki parolini o&#8217;zgartirish bo&#8217;yicha kodlar);<\/li>\n<li><strong>&#8220;\/restart&#8221; <\/strong>(yoki &#8220;<strong>\/rst<\/strong>&#8220;) &#8211; termostatni qayta ishga tushirish;<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Termostatni bot yordamida sozlash kodlari va ularning vazifalari<\/strong> (ular haqida eslatmani ko&#8217;rish uchun botga &#8220;<strong>\/sozlash<\/strong>&#8221; buyrug&#8217;ini yuborish mumkin, sozlash kodlarida &#8220;\/&#8221; belgisi ishlatilmaydi):<\/p>\n<ul>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>eslatma=0<\/strong>&#8221; &#8211; botga avtomatik ravishda eslatma yuborish rejimini bekor qilish kodi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>eslatma=1<\/strong>&#8221; &#8211; botga ma&#8217;lum davriylikda avtomatik ravishda eslatma yuborish rejimini faollashtirish kodi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>eslatma=2<\/strong>&#8221; &#8211; termodatchik ko&#8217;rsatkichlarida o&#8217;zgarish bo&#8217;lgan zahoti botga avtomatik ravishda eslatma yuborish rejimini faollashtirish kodi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>eslatma=3<\/strong>&#8221; &#8211; termodatchik ko&#8217;rsatkichlarida faqat ko&#8217;proq o&#8217;zgarish bo&#8217;lganda botga avtomatik ravishda eslatma yuborish rejimini faollashtirish kodi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>inversiya=1<\/strong>&#8221; (yoki &#8220;<strong>inv=1<\/strong>&#8220;) &#8211; relelarning inversiya rejimini faollashtirish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>inversiya=0<\/strong>&#8221; (yoki &#8220;<strong>inv=0<\/strong>&#8220;) &#8211; relelarning inversiya rejimini bekor qilish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>temp_min=24<\/strong>&#8221; &#8211; minimal haroratni o&#8217;rnatish kodi (&#8216;=&#8217; dan keyin kerakli son kiritiladi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>temp_max=30<\/strong>&#8221; &#8211; maksimal haroratni o&#8217;rnatish kodi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>namlik_min=20<\/strong>&#8221; &#8211; minimal havo namligini o&#8217;rnatish kodi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>namlik_max=60<\/strong>&#8221; &#8211; minimal havo namligini o&#8217;rnatish kodi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>temp_farq=2<\/strong>&#8221; &#8211; eslatish uchun harorat o&#8217;zgarishi farqini o&#8217;rnatish kodi (1 dan 5 gacha oraliqdagi son kiritiladi. Ko&#8217;p bezovta qilmasligi uchun, harorat oldingi qiymatga nisbatan shuncha gradusga o&#8217;zgargandagina eslatma yuboriladi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>namlik_farq=2<\/strong>&#8221; &#8211; eslatish uchun havo namligi o&#8217;zgarishi farqini o&#8217;rnatish kodi (1 dan 5 gacha oraliqdagi son kiritiladi. Ko&#8217;p bezovta qilmasligi uchun, havo namligi oldingi qiymatga nisbatan shuncha qiymatga o&#8217;zgargandagina eslatma yuboriladi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>interval=30s<\/strong>&#8221; &#8211; botga ma&#8217;lumot yuborish intervali kodi sekundlarda (1 sekunddan 255 sekundgacha oraliqda, bir vaqtning o&#8217;zida sekundlar va daqiqalar 0 dan katta ko&#8217;rsatilgan taqdirda, daqiqalardagi interval hisobga olinadi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>interval=5m<\/strong>&#8221; &#8211; ma&#8217;lumot yuborish intervali kodi daqiqalarda (1 daqiqadan 255 daqiqagacha oraliqda, bir vaqtning o&#8217;zida sekundlar va daqiqalar 0 dan katta ko&#8217;rsatilgan taqdirda, daqiqalardagi interval hisobga olinadi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>ssid1=&lt;tarmoq_nomi&gt;<\/strong>&#8220;, <strong>ssid2=&lt;tarmoq_nomi&gt;<\/strong>&#8221; &#8211; 1- yoki 2-WiFi tarmoq nomini o&#8217;zgartirish (&#8216;=&#8217; belgisidan keyin tarmoq nomi lotin yozuvida kiritiladi &#8211; 20 tagacha belgi, 3-tarmoq nomini o&#8217;zgartirib bo&#8217;lmaydi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">&#8220;<strong>parol1=&lt;tarmoq paroli&gt;<\/strong>&#8220;, &#8220;<strong>parol2=&lt;tarmoq paroli&gt;<\/strong>&#8221; &#8211; 1- yoki 2-WiFi tarmoq parolini o&#8217;zgartirish (&#8216;=&#8217; belgisidan keyin tarmoq paroli kiritiladi &#8211; 20 tagacha belgi, 3-tarmoq parolini o&#8217;zgartirib bo&#8217;lmaydi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\"><strong>&#8220;wifi?&#8221;<\/strong> &#8211; saqlangan WiFi tarmoqlar nomini (SSID ni) va parollarini eslatish (parol qisman ko&#8217;rsatiladi);<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\"><strong>&#8220;avtosozlash&#8221;<\/strong> (<strong>&#8220;restore&#8221;<\/strong>) &#8211; harorat (24&#8230;30 &#8216;C) va namlik (20-60 %) chegaralari, eslatma yuborish intervallari (30 sekund)\u00a0 qiymatlarini, relelarning inversiya rejimini sukunat bo&#8217;yicha o&#8217;rnatish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\"><strong>&#8220;displey&#8221; &#8211;<\/strong> &#8220;termometr&#8221;, &#8220;elektron soat&#8221; yoki &#8220;termometr-soat&#8221; (navbat bilan ikkala rejimni ko&#8217;rsatadi) rejimlarini tanlash (yoki favqulodda termodatchik bilan aloqa uzulgan taqdirda, termostatni qayta yuklamasdan LCD1602 displeyini qayta faollashtirish, aksincha displeyni faollashtirish uchun termostatni to&#8217;liq qayta ishga tushirishga to&#8217;g&#8217;ri keladi).<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Termostatga Internet orqali bog&#8217;lanish jarayoni:<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Termostat qat&#8217;iy ketma-ketlik asosida, ya&#8217;ni, dastlab 1-WiFi tarmoqqa ulanishga urinadi. Agar ulanish imkoniyati bo&#8217;lmasa, 2-tarmoqqa ulanishga urinadi. Unga ham ulanish imkonsiz bo&#8217;lgan taqdirda, 3-&#8220;free&#8221; nomli ochiq tarmoqqa ulanishga urinadi. Hech qaysi tarmoqqa ulanish imkoni bo&#8217;lmasa, termostat displeyiga &#8220;free&#8221; ochiq tarmog&#8217;ini tashkil etish tavsiya etilgan xabar yuboriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Termostat birinchi marta ishga tushganda,<\/strong> hududdagi WiFi tarmoqlarga ulanish uchun aynan &#8220;free&#8221; ochiq tarmog&#8217;i zarur bo&#8217;ladi. Buning uchun Internetga GPRS\/3G\/4G\/5G orqali ulanish imkoniyati bo&#8217;lgan ixtiyoriy smartfon, planshet yoki boshqa smart uskunada &#8220;free&#8221; nomli parolsiz kirish nuqtasi (ochiq tarmoq) tashkil etiladi. Shundan so&#8217;ng, termostat qayta ishga tushirilganda, &#8220;free&#8221; tarmog&#8217;iga ulanadi. Termostat shu tarmoq orqali Internetga ulanib, Telegram botga bog&#8217;lanadi. Telegram bot yordamida esa, hududdagi marshrutizator va kirish nuqtalari ma&#8217;lumotlari asosida 1- va 2-WiFi tarmoq nomlari va parollari o&#8217;rnatiladi. 1-yoki 2-WiFi tarmoq parametrlari to&#8217;g&#8217;ri kiritilgan bo&#8217;lsa, termostat keyingi qayta ishga tushirilganida, dastlab ular orqali Internetga bog&#8217;lanadi).<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xotirada saqlangan tarmoq nomlarini oldindan bilish uchun, &#8220;ssid1?&#8221; (1-tarmoq uchun), &#8220;ssid2?&#8221; (2-tarmoq uchun) va &#8220;ssid3?&#8221; (3-tarmoq uchun) kodi bot chatida kiritilib, termostatga yuboriladi. Xuddi shuningdek, tarmoqlar parolini qisman ko&#8217;rish uchun &#8220;parol1?&#8221;, &#8220;parol2?&#8221; kodlari yuboriladi. 3-tarmoq parolga ega bo&#8217;lmasligi shart!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">1- va 2-tarmoqlar nomi (SSID) va parolini yuqorida ko&#8217;rsatilgan kodlar yordamida bot orqali o&#8217;zgartirish mumkin. 3-tarmoq parametrlarini esa, o&#8217;zgartirish mumkin emas &#8211; u faqat favqulodda holatlarda 1- yoki 2-tarmoqlar parametrlarini o&#8217;zgartirish maqsadida ishlatilishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>Kerakli materiallar:<br \/>\n1) Maket platasi, o&#8217;tkazgichlar;<br \/>\n2) Wemos D1 mini, USB-kabel;<br \/>\n3) DHT11 termodatchigi (kelgusida: ds18b20, termistor);<br \/>\n4) LCD1602 (I2C moduli bor) displeyi (kelgusida: boshqa displeylar ham);<br \/>\n5) 5V kuchlanishda ishlaydigan 2 kanalli elektromagnit rele;<br \/>\n6) 5V 1A kuchlanish stabilizatori (mobil uskunalarning Type-C kabelli 5V li ta&#8217;minot bloki tavsiya etiladi).<br \/>\n<\/em><\/p>\n<p><em>Bog&#8217;lanish sxemasi (5V 1A kuchlanish stabilizatoriga USB-kabel yordamida ulanadi):<\/em><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-2397 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/wemos_termobot2-e1711790345676.jpg\" alt=\"\" width=\"1096\" height=\"1578\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/wemos_termobot2-e1711790345676.jpg 1096w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/wemos_termobot2-e1711790345676-208x300.jpg 208w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/wemos_termobot2-e1711790345676-711x1024.jpg 711w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/wemos_termobot2-e1711790345676-768x1106.jpg 768w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/wemos_termobot2-e1711790345676-1067x1536.jpg 1067w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/wemos_termobot2-e1711790345676-1024x1474.jpg 1024w\" sizes=\"auto, (max-width: 1096px) 100vw, 1096px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sketch birinchi marta ishga tushganda, qurilma hududdagi WiFi tarmoqqa va u orqali Internetga ulanishga urinadi, shundan keyin ulanish muvaffaqiyatli bo&#8217;lsa, har bir harorat yoki havo namligi o&#8217;zgarishlari avtomatik ravishda har 30 sekundda Telegram bot chatiga yuborib turiladi (qiymatni keyinroq o&#8217;zgartirish mumkin). LCD1602 displeyi orqali esa, termostat ko&#8217;rsatkichlari hamda relelarning (R1 va R2) oxirgi holati doimiy ko&#8217;rsatib boriladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-2406 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/termobot.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"417\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/termobot.jpg 1024w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/termobot-300x122.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/03\/termobot-768x313.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar harorat ko&#8217;rsatkichlar belgilangan oraliqdan chiqib ketsa, avtomatik ravishda kerakli rele ishga tushadi (1-rele isitkich, isitish kotyoli yoki iliq pol suv nasosi uchun, 2-rele konditsioner uchun qo&#8217;llanilishi mumkin) va bu haqda xabar beriladi. Termodatchik ko&#8217;rsatkichi belgilangan oraliqqa qaytganda, tegishli rele ham uziladi. Ortiqcha bezovta qilmasligi uchun, botga ma&#8217;lumot yuborish intervalini sketchda 1&#8230;255 sekund yoki 1&#8230;255 daqiqa oralig&#8217;ida o&#8217;zqartirish mumkin. Buning uchun, yuqorida keltirilgan tartibda bot kodi yuborilishi kerak. Zarurat tug&#8217;ilganda, termostatni sozlash kodlari yordamida uning ayrim parametrlarini Telegram boti orqali sozlash mumkin.<\/p>\n<p><em>Natija:<\/em><br \/>\n<div class=\"su-youtube su-u-responsive-media-yes\"><iframe loading=\"lazy\" width=\"640\" height=\"480\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/FZM573xyCrY?\" frameborder=\"0\" allowfullscreen allow=\"autoplay; encrypted-media; picture-in-picture\" title=\"Termobot\"><\/iframe><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em>Loyihadagi oxirgi o&#8217;zgarishlar:<\/em> <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><small><small><strong>Termostatga aniq vaqtni ko&#8217;rsativchi aqlli soat funksiyasi ham qo&#8217;shildi:<\/strong><br \/>\n&#8211; soat rejimida displeyda vaqt, sana va hafta kuni ham ko&#8217;rsatib borilishi mumkin;<br \/>\n&#8211; soat o&#8217;zini o&#8217;zi ma&#8217;lum intervallarda avtomatik ravishda internetdagi NTP-serverdan to&#8217;g&#8217;rilab turadi;<br \/>\n&#8211; displey ko&#8217;rsatish rejimlari 3 taga yetkazildi: 1-rejimda har 5 sekundda termometr va soatni almashtirib ko&#8217;rsatiladi; 2-rejimda faqat termometr va relelar holati ko&#8217;rsatiladi; 3-rejimda faqat soat ko&#8217;rsatiladi. Rejimlarni almashtirish uchun mos ravishda &#8220;displey=1&#8221;, &#8220;displey=2&#8221; yoki &#8220;displey=3&#8221; sozlash kodlari yuboriladi;<br \/>\n&#8211; displey podsvetkasini bot orqali yoqib-o&#8217;chirish funksiyasi qo&#8217;shildi. Yoqish uchun &#8220;displey_on&#8221;, o&#8217;chirish uchun &#8220;displey_off&#8221; sozlash kodlari yuboriladi. &#8220;displey_avto&#8221; kodi displeyni har bir bot xabaridan keyin faqat 1 daqiqaga yoqish, keyin avtomatik ravishda o&#8217;chirish uchun yuboriladi. Podsvetka rejimi o&#8217;chirilganda ham displeydagi yozuvlar juda xira holda ko&#8217;rsatiladi;<br \/>\n&#8211; agar termostat datchigida uzilish sodir bo&#8217;lsa, termostat avtomatik ravishda faqat soatni (hamda &#8220;ERRDHT&#8221; yozuvini) ko&#8217;rsatish rejimiga o&#8217;tadi;<br \/>\n&#8211; NTP-serverdan vaqtni yangilash intervali sukunat bo&#8217;yicha 1 daqiqa o&#8217;rnatilgan. Uni o&#8217;zgartirish mumkin. Buning uchun &#8220;ntp=5&#8221; ko&#8217;rinishidagi sozlash kodi yuboriladi. Intervalni 1 dan 255 daqiqagacha oraliqda tanlash mumkin. Agar vaqtni yangilash imkoniyati bo&#8217;lmasa, displeyda &#8220;ERRNTP&#8221; yozuvi bilan xabar berib turiladi.<br \/>\nO&#8217;zgarishlar kiritilgandan keyingi holatlar.<br \/>\n1-video. Avtomatik rejim almashinuvi:<br \/>\n<div class=\"su-youtube su-u-responsive-media-yes\"><iframe loading=\"lazy\" width=\"640\" height=\"480\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/fgllkqGXih4?\" frameborder=\"0\" allowfullscreen allow=\"autoplay; encrypted-media; picture-in-picture\" title=\"Termobot\"><\/iframe><\/div><\/small><\/small><\/p>\n<p>2-video. Datchik xatoligi xabarini ko&#8217;rsatish:<br \/>\n<div class=\"su-youtube su-u-responsive-media-yes\"><iframe loading=\"lazy\" width=\"640\" height=\"480\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/WKJgLSoIv4A?\" frameborder=\"0\" allowfullscreen allow=\"autoplay; encrypted-media; picture-in-picture\" title=\"Termobot\"><\/iframe><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Telegram API, bot va u bilan ishlash bo&#8217;yicha dastlabki ma&#8217;lumotlar Arduino bo&#8217;yicha alohida darda keltirib o&#8217;tilgan. Quyida esa, mazkur darsda o&#8217;rganilgan ma&#8217;lumotlardan, shuningdek, mavzu yuzasidan amaliy mashg&#8217;ulot davomida tayyorlangan o&#8217;quv loyihasidan foydalanilgan holda Wemos D1 mini, termodatchik va rele yordamida termostat loyihasini yaratish, xususan, uning ishlash jarayoni bo&#8217;yicha hisobotlarni Telegram botiga ham jo&#8217;natib turish bo&#8217;yicha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3],"tags":[],"class_list":["post-2314","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-2other"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2314","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=2314"}],"version-history":[{"count":62,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2314\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3226,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2314\/revisions\/3226"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=2314"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=2314"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=2314"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}