{"id":4303,"date":"2024-09-20T20:02:18","date_gmt":"2024-09-20T15:02:18","guid":{"rendered":"https:\/\/yarat.uz\/?p=4303"},"modified":"2025-02-22T14:31:17","modified_gmt":"2025-02-22T09:31:17","slug":"masofadan-boshqarish-protokollari-18","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/yarat.uz\/?p=4303","title":{"rendered":"IoT va bog&#8217;lanish protokollari [18+]"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>IoT &#8211; &#8220;Buyumlar Interneti&#8221; tushunchasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oxirgi yillarda datchiklar ko&#8217;rsatkichlarini masofadan olish va umuman, elektron qurilmalar o&#8217;rtasida o&#8217;zaro ma&#8217;lumot almashuv shu darajada ommalashib ketdiki, bu jarayon &#8220;Buyumlar Interneti&#8221; (<strong>IoT<\/strong> &#8211; <strong>&#8220;the Internet of Things&#8221;<\/strong>) degan yangi tushuncha paydo bo&#8217;lishiga ham sabab bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Buyumlar Interneti<\/strong> &#8211; bir-biriga va boshqa xizmatlarga Internet yoki boshqa tarmoq orqali bog&#8217;langan hamda ular bilan ma&#8217;lumot almashinuvchi jismoniy qurilmalarning tarmog&#8217;i hisoblanadi. Yana ham qisqaroq qilib aytganda, Buyumlar Interneti &#8211; aqlli buyumlarning alohida tarmog&#8217;i deyish mumkin. Buyumlar Interneti qurilmalarini yaratishda va ular bilan ishlashda mavjud aloqa kanallarining aksariyatidan (Bluetooth, ZigBee, WiFi, RF433\/RF315, GSM, nRF24L01, LoRa) keng foydalaniladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-2579 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/iot.jpg\" alt=\"\" width=\"1600\" height=\"1600\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/iot.jpg 1600w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/iot-300x300.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/iot-1024x1024.jpg 1024w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/iot-150x150.jpg 150w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/iot-768x768.jpg 768w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/iot-1536x1536.jpg 1536w\" sizes=\"auto, (max-width: 1600px) 100vw, 1600px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirda buyumlar internetiga ulangan qurilmalar soni 1 milliarddan oshib ketgan va yana oshishda davom etmoqda. Chunki, datchik va dasturiy ta&#8217;minot bilan ta&#8217;minlash mumkin bo&#8217;lgan har qanday elektron qurilmani Internet orqali o&#8217;zaro bog&#8217;lash imkoniyati mavjud. Buning uchun esa, bulutli xizmatlarning alohida yo&#8217;nalishlari ham paydo bo&#8217;lgan bo&#8217;lib, ular Internet orqali shunday aqlli qurilmalarni o&#8217;zaro bog&#8217;lashga xizmat qiladi. Aqlli qurilma loyihalarini amalga oshirish jarayonida ham shunday servislarning hozirda eng ommalashgan vakillari bilan tanishib chiqamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>IOT SERVISLARI<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Google Firebase servisi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Google Firebase<\/strong> &#8211; bu Google kompaniyasining Android ilovalari, veb-xizmatlar, sensorlar va boshqalar tomonidan hosil qilingan har qanday ma&#8217;lumotlarni yaratish, boshqarish va o&#8217;zgartirish uchun mo&#8217;ljallangan ma&#8217;lumotlar bazasi platformasi. Manzili: <a href=\"https:\/\/firebase.google.com\/\">firebase.google.com<\/a>. Ushbu servis yordamida Arduino qurilmasiga ulangan yuklamalarni Internet orqali boshqarish yoki turli datchiklar ko&#8217;rsatkichlarini kuzatishimiz mumkin. Buning uchun, foydalanuvchi o&#8217;zining Googledagi akkauntidan foydalanishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Veb-brauzer orqali serverga o&#8217;tgach, foydalanuvchi yangi loyiha yaratishi, unining ichida esa alohida ma&#8217;lumotlar bazasi (&#8220;Realtime Database&#8221;) ni hosil qilishi zarur. Shundan keyin ularning ma&#8217;lumotlari (baza manzili va ro&#8217;yxatdan o&#8217;tish parametrlari) Arduino sketchiga bog&#8217;lanadigan maxsus biblioteka parametrlari yordamida ko&#8217;rsatib qo&#8217;yiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Firebase yordamida Arduino qurilmalarini yaratishga oddiy misolni alohida amaliy darsda ko&#8217;rib chiqamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>ThingSpeak servisi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Thingspeak<\/strong> &#8211; o&#8217;z serverida asosan datchiklar ko&#8217;rsatkichlari va qurilma yuklamalari holatini saqlab borish, shuningdek ularni integrallashgan <strong>MathLab<\/strong> servisi yordamida grafiklar ko&#8217;rinishida vizuallashtirishga ixtisoslashgan onlayn servis. Oxirgi vizuallashtirish xususiyatini hisobga olmaganda, TeamSpeakning vazifasi ham yuqoridagi Google FireBase servisinikiga o&#8217;xshab ketadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Foydalanuvchining TeamSpeakdagi akkauntiga saqlangan ma&#8217;lumotlar <strong>faqat shaxsiy<\/strong> (private) yoki <strong>umumiy<\/strong> (public) kuzatish maqsadlarida foydalanishi mumkin. Bepul akkauntga ma&#8217;lumotlarni saqlash vaqtiga cheklov o&#8217;rnatilgan va u 15 sekunddan kam bo&#8217;lmasligi kerak. Lekin datchik ko&#8217;rsatkichlarini kuzatib borish uchun ko&#8217;pincha shu vaqt ham yetarli bo&#8217;ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagilardan tashqari, servis yordamida Arduino qurilmasiga ulangan yuklamalarni boshqarish ham mumkin, lekin bunda boshqaruv buyruqlarinining natijasini bilish uchun kamida 15 sekundgacha vaqt ketishi mumkinligini unutmaslik kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Amaliy mashg&#8217;ulotda Arduino platasi svetodiodini ThingSpeak servisi orqali boshqarish, shuningdek, plataga ulangan datchik ko&#8217;rsatkichlarini olish uchun misollarni ko&#8217;rib chiqamiz. Bunda, ThingSpeak serveriga boshqaruv buyrug&#8217;ini yuborish va Arduino qurilasiga ulangan datchik ko&#8217;rsatkichlarini kuzatish mobil ilova yordamida, datchik ko&#8217;rsatkichlarni yuborish esa, Arduino qurilmasi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, serverda saqlangan datchik ko&#8217;rsatkichlarini bevosita veb-brauzer yordamida grafik ko&#8217;rinishida ham kuzatish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TeamSpeak akkaunti va kanali<\/strong><strong>ni yaratish.\u00a0<\/strong>Dastlab <a href=\"https:\/\/thingspeak.com\/\">ThingSpeak<\/a> saytida bepul akkaunt ochib olishimiz kerak bo&#8217;ladi. Buning uchun bosh sahifada &#8220;Get Started for Free&#8221; tugmasini bosamiz va &#8220;Email&#8221; matn maydoni ostidagi &#8220;Create one!&#8221; tugmasini bosamiz. Tegishli maydonlarni to&#8217;ldirib, yangi akkaunt hosil qilamiz va unga kiramiz (ko&#8217;rsatiladigan email manziliga yuborilgan xabardagi havola yordamida akkauntni faollashtirish zarur bo&#8217;ladi). Akkauntdan foydalanish maqsadida (ThingSpeak Usage Intent) &#8220;Personal, non-commercial projects&#8221; rejimini tanlash mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Navbatdagi &#8220;MyCannels&#8221; sahifasida &#8220;NewChannel&#8221; tugmasini bosamiz. Ochilgan sahifadagi &#8220;Name&#8221; (kanal nomi), zaruratga qarab navbatdagi &#8220;Field 1&#8221;, &#8220;Field 2&#8221;, &#8230; &#8220;Field 8&#8221; maydonlarini to&#8217;ldiramiz va &#8220;Save Channel&#8221; tugmasini bosamiz (qolgan maydonlarni to&#8217;ldirish majburiy emas).<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi sahifada yaratilgan kanalimiz haqidagi ma&#8217;lumotlar ko&#8217;rinadi. Shulardan biz kanal ID raqami (&#8220;Channel ID:&#8221;), &#8220;API Keys&#8221; bo&#8217;limidagi serverga ma&#8217;lumot yuborish uchun (&#8220;Write API Key&#8221;), serverdagi ma&#8217;lumotni o&#8217;qish uchun (&#8220;Read API keys&#8221;) kalitlarini Arduino loyihalarimizda qo&#8217;llashimiz mumkin. MaKanaldagi ma&#8217;lumotlarni boshqalar bilan ham ulashish rejalashtirilgan taqdirda, &#8220;public&#8221; rejimi faollashtiriladi va bunda API kalitlardan foydalanish talab etilmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Arduino qurilmasi ishga tushirilganidan so&#8217;ng, qurilmadan yuborilgan dathik ko&#8217;rsatkichlarini &#8220;Private View&#8221; (faqat kanal egasi) yoki &#8220;Public View&#8221; (kanal egasi va boshqa shaxslar) bo&#8217;limida kuzatish mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4338 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ThingSpeak_page1.jpg\" alt=\"\" width=\"873\" height=\"793\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ThingSpeak_page1.jpg 873w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ThingSpeak_page1-300x273.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ThingSpeak_page1-768x698.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 873px) 100vw, 873px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4339 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ThingSpeak_page2.jpg\" alt=\"\" width=\"1185\" height=\"928\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ThingSpeak_page2.jpg 1185w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ThingSpeak_page2-300x235.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ThingSpeak_page2-1024x802.jpg 1024w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ThingSpeak_page2-768x601.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1185px) 100vw, 1185px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz amaliy mashg&#8217;ulotlarda &#8220;<a href=\"https:\/\/disk.yandex.uz\/d\/0SejHuZOaQtYaQ\"><strong>thingspeak-arduino<\/strong><\/a>&#8221; ichki bibliotekasidan foydalanamiz (bibliotekani sketchga ulash uchun &#8220;ThingSpeak.h&#8221; fayli nomi ko&#8217;rsatiladi). Bunda ThingSpeak serverida yaratilgan kanalimizdagi maydonlar ma&#8217;lumotlarini xavfsiz o&#8217;qish uchun &#8220;ReadMultipleSecure&#8221; namunaviy sketchidan, ma&#8217;lumotlarni serverga xavfsiz yozish uchun esa, &#8220;WriteMultipleFields&#8221; namunaviy sketchidan foydalanish mumkin.\u00a0Lekin biz ularni umumlashtiruvchi, ma&#8217;lumotlarni serverga ham yozish, ham o&#8217;qishga mo&#8217;ljallangan yagona sketchdan foydalanamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>RemoteXY servisi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"0:8\">RemoteXY <\/span><\/strong><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"9:1\">&#8211; <\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"11:3\">bu<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"116:9\">smartfon<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"126:3\">yoki<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"130:8\">planshetdan<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"99:13\">kontrollerlarni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"88:10\">boshqarish<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"84:3\">uchun<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"50:9\">mobil<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"60:11\">grafik<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"72:11\">interfeyslarni<\/span> yaratish\u00a0<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"34:1\">va<\/span> ulardan <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"36:13\">foydalanish<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"15:7\">tizimi (IoT servisi) hisoblanadi<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"138:1\">.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"140:1:149:7\">Tizim<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"142:6:157:6\">tarkibiga<\/span> quyidagilar kiradi:<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"244:5\">&#8211; <a href=\"http:\/\/remotexy.com\/ru\/\">remotexy.com<\/a> saytida<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"229:11\">joylashtirilgan,<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"215:12\">kontrollerlar<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"211:3\">uchun<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"177:9\">mobil<\/span> foydalanyvchi grafik interfeysi <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"168:8\">muharriri;<br \/>\n<\/span>&#8211; <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"322:11\">Kontrollerga<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"307:14\">ulanish<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"334:1\">va<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"347:11\">grafik<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"359:10\">interfeyslarni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"336:10\">ko&#8217;rsatish<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"295:11\">imkonini<\/span> beruvchi RemoteXY <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"264:9\">mobil<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"274:10\">ilovasi<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"285:8:369:1\">.<\/span> <a href=\"http:\/\/remotexy.com\/ru\/download\/\"><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"381:10\">Ilovani<\/span> Google Playdan<\/a>, kerakli bibliotekani <a href=\"https:\/\/disk.yandex.uz\/d\/N6xhJYwMPiUsWg\">GitHub<\/a>dan yuklab olish zarur bo&#8217;ladi<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"391:1\">.<\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-4886 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/remotexy.jpg\" alt=\"\" width=\"699\" height=\"488\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/remotexy.jpg 699w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/remotexy-300x209.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 699px) 100vw, 699px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-4894 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/remotexy2.jpg\" alt=\"\" width=\"1280\" height=\"720\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/remotexy2.jpg 1280w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/remotexy2-300x169.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/remotexy2-1024x576.jpg 1024w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/remotexy2-768x432.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1280px) 100vw, 1280px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O&#8217;ziga <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"394:13\">xos<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"408:11\">xususiyatlari<\/span>:<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"424:12\">&#8211; foydalanuvchi grafik interfeysi konfiguratsiyasi<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"472:11\">kontrollerda<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"461:8\">saqlanadi<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"483:1\">.<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"485:15\">Ulangan holatda<\/span>, <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"579:10\">grafik<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"590:9\">interfeysni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"569:9\">yuklab<\/span> olish <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"553:3\">uchun<\/span> uchinchi <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"532:10\">tomon<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"543:9\">serverlari<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"529:2\">bilan<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"514:14\">o&#8217;zaro<\/span> aloqa mavjud <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"501:12\">bo&#8217;lmaydi<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"599:1\">.<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"614:23\">Grafik interfeys<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"601:12:638:11\">konfiguratsiyasi<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"652:9\">mobil<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"662:10\">ilovaga<\/span> mikro<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"676:11\">kontrollerdan<\/span> yuklanadi<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"687:1\">.<\/span><br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"690:8\">&#8211; bitta<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"699:10\">mobil<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"710:10\">ilovadan<\/span> ko&#8217;plab <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"754:12\">qurilmalarni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"731:9\">boshqarishingiz<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"724:6\">mumkin<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"766:1\">.<\/span> Bunda <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"779:9\">qurilmalar<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"768:10\">soni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"789:13\">cheklanmagan<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"802:1\">.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"850:12\">Mikrokontroller<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"863:1\">va<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"865:9\">mobil<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"875:11\">qurilma<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"844:5\">o&#8217;rtasida<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"820:9\">quyidagi<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"838:5\">aloqa<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"830:7\">usullari<\/span> qo&#8217;llab-<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"805:14\">quvvatlanadi<\/span>:<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"922:8\">&#8211; Internet &#8211; bulutli<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"931:6\">server<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"916:5\">orqali<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"903:6\">istalgan<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"910:5\">joydan<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"937:1\">.<\/span><br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"954:7\">&#8211; WiFi &#8211; Mijoz<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"962:1\">va<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"970:7\">kirish<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"964:5\">nuqtasi<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"947:6\">rejimida<\/span>;<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"980:9\">&#8211; Bluetooth<\/span>;<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1004:2\">&#8211; Ethernet interfeysi &#8211; IP<\/span>&#8211;<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1007:6\">manzil<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1014:3\">yoki<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1018:3\">URL<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1001:2\">orqali<\/span>;<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1024:3\">&#8211; USB<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1028:3\">OTG<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1032:1\">(<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1042:6\">faqat<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1074:3\">USB<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1078:3\">OTG<\/span> rejimidagi <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1053:7\">Android<\/span> qurilmasi <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1049:3\">uchun,<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"1081:1\"> maxsus USB-kabel orqali)<\/span>.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"25:10\">Interfeys<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"20:4\">kodi<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"0:9\">generatori<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"49:9\">quyidagi<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"59:11\">kontrollerlarni<\/span> qo&#8217;llab-<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"36:12\">quvvatlaydi<\/span>:<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"75:7\">&#8211; Arduino<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"83:3\">UNO<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"86:1\">,<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"88:4\">Mega<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"92:1\">,<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"94:8\">Leonardo<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"102:1\">,<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"104:3\">Pro<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"108:4\">Mini<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"112:1\">,<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"114:4\">Nano<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"118:1\">,<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"120:5\">Micro<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"126:1\">va<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"140:3\">AVR<\/span>-ga <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"128:11\">mos<\/span> keladigan <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"144:11\">kontrollerlar (tashqi aloqa moduli bilan birga qo&#8217;llaniladi)<\/span>;<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"173:7\">&#8211; ESP8266 oilasi<\/span>\u00a0<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"158:11\">kontrollerlar<\/span>;<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"198:5\">&#8211; ESP32 oilasi<\/span>\u00a0<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"183:11\">kontrollerlari<\/span>;<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"221:7\">&#8211; STM32F1 oilasi<\/span>\u00a0<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"206:11\">kontrollerlari.<\/span><\/p>\n<p><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"15:9\">Quyidagi<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"32:5\">aloqa<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"25:6\">modullari<\/span> qo&#8217;llab-<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"0:14\">quvvatlanadi<\/span>:<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"42:9\">&#8211; Bluetooth<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"52:2\">hc<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"54:1\">&#8211;<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"55:2\">05<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"57:1\">,<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"59:2\">HC<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"61:1\">&#8211;<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"62:2\">06<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"65:1\">va<\/span> shunga o&#8217;xshash;<br \/>\n&#8211; <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"81:9\">Bluetooth<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"91:3\">ble<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"95:2\">HM<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"97:1\">&#8211;<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"98:2\">10<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"65:1\">va<\/span> shunga o&#8217;xshash;<br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"117:7\">&#8211; ESP8266<\/span> mikrokontrollerlari (ESP01, ESP12, &#8230;);<br \/>\n&#8211; <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"160:14\">Ethernet W5100<\/span>.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Servisda yaratiladigan akkauntning bepul varianti quyidagi cheklovlarga ega bo&#8217;ladi:<br \/>\n&#8211;\u00a0<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"0:10\">Ilova<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"29:5\">barcha<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"42:12\">grafik<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"55:12\">interfeyslar<\/span>\u00a0<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"26:2\">bilan<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"17:8\">ishlaydi<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"67:1\">.<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"69:2:115:7\">Har<\/span> bir <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"123:7\">loyiha<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"111:3\">uchun<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"100:10\">dasturni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"80:9\">qayta<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"90:9\">o&#8217;rnatish<\/span>\u00a0<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"72:7\">talab<\/span> qilinmaydi<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"130:1\">.<\/span><br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"203:22\">&#8211; Foydalanuvchi grafik interfeysida <strong>faqat <\/strong><\/span><strong><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"189:1\">5<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"186:2\">tagacha<\/span> <\/strong><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"191:9\"><strong>element<\/strong>dan<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"145:9\">bepul<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"155:1\">va<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"157:15\">cheklovsiz<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"173:12\">foydalanishingiz<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"135:9\">mumkin<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"225:1\">.<\/span><br \/>\n&#8211; <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"230:4\">Agar<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"237:10\">interfeysda<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"254:1\">5<\/span> tadan <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"248:5\">ortiq<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"256:9\">element<\/span> mavjud bo&#8217;lsa, <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"285:9\">interfeysni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"299:12\">sinab<\/span> ko&#8217;rish <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"295:3\">uchun<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"277:7\">ochishga <strong>faqat 20 sekund<\/strong> vaqt beriladi<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"324:1\">.<\/span><br \/>\n<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"388:9\">&#8211; Elementlar<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"377:10\">soni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"358:15\">cheklanmagan<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"348:9\">interfeysdan<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"335:12\">foydalanish<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"329:5\">uchun<\/span> <strong>pulli <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"429:3\">Pro<\/span> <\/strong><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"420:8\"><strong>litsenziya<\/strong>ni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"409:10\">sotib<\/span> olish zarur bo&#8217;ladi<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"432:1\">.<\/span><br \/>\n&#8211; <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"446:3\">Pro<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"437:8\">litsenziyasi<\/span> (Google Play, Play Store) <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"507:10\">ilovalar<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"498:8\">do&#8217;koniga <\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"484:13\">bog&#8217;langan<\/span> <strong>alohida <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"468:14\">hisob<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"464:3\">uchun<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"450:13\">sotib<\/span> olinadi<\/strong><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"517:1\">.<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"519:8\">Litsenziya<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"528:5:569:3\">bir<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"573:2\">xil<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"576:7\">hisob<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"584:7\">qaydnomasiga<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"567:1\">ega<\/span> bo&#8217;lgan har <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"550:5\">qanday<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"556:10\">qurilmada<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"534:12\">faollashtirilishi mumkin<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"591:1\">.<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"593:2\">Biroq<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"621:8\">litsenziyani<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"652:6\">turli<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"659:9\">do&#8217;konlardan<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"636:12\">ilovalar<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"630:5\">o&#8217;rtasida<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"610:10\">o&#8217;tkazib bo&#8217;lmaydi<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"668:1\">.<\/span><br \/>\n&#8211; RemoteXY dan foydalanuvchi o&#8217;zining <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"714:12\">tijorat<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"727:8\">loyihalari <\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"704:3\">uchun<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"683:12\">foydalanishi<\/span>\u00a0<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"673:9\">mumkin<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"735:1\">.<\/span> Biroq bunda <strong>foydalanuvchining har bir <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"737:12\">mijozi <\/span><\/strong><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"785:5\">ushbu<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"791:10\">ilova<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"781:3\">uchun<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"768:3\">PRO<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"772:8\">litsenziyasini<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"757:10\">sotib<\/span> olishlariga to&#8217;g&#8217;ri keladi<span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"801:1\">.<\/span><\/p>\n<p>Arduino IDE da foydalanish uchun kerakli dastlabki uskunalarni (xizmatchi funksiyalar, o&#8217;zgaruvchilar va ularning qiymatlari, bog&#8217;lanishga taalluqli sozlamalar va hokazolarni) RemoteXY servisining onlayn akkauntida hosil qilinadi. Buning uchun &#8220;\u0420\u0443\u0434\u0430\u043a\u0442\u043e\u0440&#8221; bo&#8217;limida boshqaruv uskunalari, jihozlash elementlari, foydalanuvchi interfeysi hosil qilinadi<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">RemoteXY servisi orqali ESP8266 ichki svetodiodini boshqarish va analog datchik ko&#8217;rsatkichlarini kuzatishni alohida amaliy mashg&#8217;ulot davomida batafsil ko&#8217;rib chiqamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Blynk servisi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Blynk <\/strong>&#8211; <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"62:7\">Arduinoni qo&#8217;llab-quvvatlovchi plata va modullari<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"94:7\">ni<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"108:8\">Internet<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"102:5\">orqali<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"51:10\">boshqarish<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"29:3:47:3\">uchun<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"33:3\">iOS<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"37:1\">va<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"39:7\">Android<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"16:12\">dasturlariga<\/span> <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"14:1\">ega<\/span> bo&#8217;lgan <span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"4:9\">platforma<\/span><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"116:1\">. Uning boshqa IoT servislaridan asosiy farqi shuki, u turli plata va modullar asosida yaratilgan qurilmalarni yagona mobil ilovadan boshqarishga mo&#8217;ljallangan. Yana bir muhim farqi esa, Blynk servisining asosiy vazifasi &#8211; virtual bog&#8217;lanish interfeysi (virtual pinlar) yordamida ma&#8217;lumotlar paketlarini qulay usulda Arduino qurilmasiga yuborish va undan o&#8217;qish hisoblanadi. Uning yana bir muhim yutug&#8217;i &#8211; boshqaruv deyarli real vaqtda amalga oshiriladi. Bu esa, nafaqat lampalar, viklyuchatellar, rozetkalar, datchiklar bilan ishlash uchun, balki PWM-regulirovka talab qilinadigan qurilmalarni (motorlar, rangi yoki yorug&#8217;ligi darajasi boshqariladigan lampalar va hokazolarni) boshqarishda ham qo&#8217;llash imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"116:1\">Ilovada qurilmani qulay boshqarish uchun maxsus virtual pinlar va vidjetlardan foydalaniladi. Arduino qurilmasining har bir analog yoki raqamli pini uchun alohida virtual pin yaratib olinishi tavsiya etiladi. Shuningdek, Arduino qurilmasiga ulangan har bir datchik yoki yuklamalari uchun alohida vidjetlarni loyihaga foydalanuvchi o&#8217;zi mustaqil qo&#8217;shib olishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span class=\"EzKURWReUAB5oZgtQNkl\" data-src-align=\"116:1\">Blynk platformasi 3 ta asosiy qismlardan tashkil topgan: yagona mobil ilova, yagona server, Arduino IDE uchun turli mikrokontrollerlarga mo&#8217;ljallangan bibliotekalar. Bilioteka Arduino ichki bibliotekalari ro&#8217;yxatiga ham kiritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mobil ilovada foydalanuvchi komponentlari 3 ta: <strong>shablonlar<\/strong> (&#8220;Template&#8221;) va ularga mos vidjet turlari (&#8220;Header Widget Box&#8221;), har bir shablon uchun <strong>elektron komponentlar<\/strong> (&#8220;Widget Box&#8221;) va ularga mos vidjet turlari, <strong>ma&#8217;lumot oqimlari<\/strong> (&#8220;Datastreams&#8221;) va ularga mos virtual pinlarga bo&#8217;linadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Servisdan bepul va pulli tariflarda foydalanish mumkin, uning aksariyat komponentlari faqat pulli tariflarda faollashadi. Bepul tarifda, foydalanish mumkin bo&#8217;lgan vidjet shablonlari (3 tagacha) va ularga mos vidjet turlari (9 tadan 2 ta), har bir shablon uchun elektron komponentlar (49 tadan 8 tasi) va ularga mos vidjet turlari, ma&#8217;lumot oqimlari (&#8220;Datastreams&#8221; &#8211; 256 tadan 5 ta) va ularga mos virtual pinlar soni cheklangan. Biroq, Arduino uchun kichik IoT qurilmalarini yaratish uchun ko&#8217;pincha uning bepul varianti ham kifoya qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Blynk bilan ishlash uchun <a href=\"https:\/\/blynk.io\/\">blynk.io<\/a> serverida (yoki boshqa shaxsiy bepul serverida) akkaunt yaratilgan bo&#8217;lishi kerak. Buning uchun elektron pochta manzili va parol yetarli bo&#8217;ladi (RU domenidagi elektron pochta manzili uchun akkaunt ochib bo&#8217;lmasligi mumkin).<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kompyuterda yoki smartfon brauzerida yuqoridagi saytga o&#8217;tib, bosh sahifaning o&#8217;ng yuqori tomonidagi &#8220;Sign Up&#8221; tugmasini bosib, ochilgan yangi sahifada &#8220;EMAIL&#8221; maydoniga elektron pochta manzilimizni kiritamiz va quyiroqdagi kalitni ulab, &#8220;Sign Up&#8221; tugmasini bosamiz. Blynk saytidan ko&#8217;rsatilgan manzilga yangi parol yaratish va akkauntni faollashtirish uchun instruksiyani o&#8217;z ichiga olgan xat yuboriladi. Instruksiya talablari to&#8217;g&#8217;ri bajarilgach yangi akkaunt va foydalanuvchi veb-konsoli (kabineti) yaratiladi. Keyinchalik barcha sozlash ishlarini, xususan, mobil ilovada bajarib bo&#8217;lmaydigan ayrim sozlamalarni (ilova bu haqda eslatadi) shu veb-konsol orqali sozlash mumkin. Bundan tashqari, Arduino qurilmasini yaratish paytida yaratiladigan sketchlarda ko&#8217;rsatish talab etiladigan ayrim sozlamalar va kalitlarni (autentifikatsiya tokeni) ham veb-konsolidan olish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Smartfonga <strong>Blynk<\/strong> mobil ilovasi yuklab olinadi va yuqoridagi ma&#8217;lumotlar asosida akkauntga kiriladi (&#8220;Log In&#8221; tugmasi). Ilova oynasida ro&#8217;yxat paydo bo&#8217;ladi (agar ilovada ilgari qurilma yaratilgan bo&#8217;lsa, ro&#8217;yxatni ko&#8217;rish uchun o&#8217;ng yuqori tomondagi &#8220;+&#8221; tugmachasini bosish mumkin). Ro&#8217;yxatdan &#8220;Quickstart device&#8221; rejimini tanlaymiz. &#8220;HARDWARE&#8221; ro&#8217;yxatidan qurilmamizda qo&#8217;llanilgan mikrokontroller turini (masalan, ESP8266) va Internetga bog&#8217;lanish uculini (masalan, &#8220;Wi-Fi&#8221;) tanlaymiz va &#8220;Continue&#8221; tugmasini bosamiz. &#8220;Quickstart Template&#8221; nomli yangi shablon yaratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Blynk servisi orqali svetodiodni boshqarish va analog datchik ko&#8217;rsatkichlarini kuzatishni\u00a0amaliy mashg&#8217;ulot davomida batafsil ko&#8217;rib chiqiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>&#8220;\u041d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043d\u044b\u0439 \u043c\u043e\u043d\u0438\u0442\u043e\u0440\u0438\u043d\u0433&#8221; servisi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Narodmon<\/strong> (&#8220;\u041d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043d\u044b\u0439 \u043c\u043e\u043d\u0438\u0442\u043e\u0440\u0438\u043d\u0433&#8221;) &#8211; Arduino yoki boshqa platformalarda yaratilgan loyihalar asosida turli datchiklar ko&#8217;rsatkichlari, rozetkalar holati, raqamli kameralar tasvirlari va boshqa qo&#8217;lbola qurilmalar ma&#8217;lumotlarini to&#8217;plash, saqlash, qayta ishlash va onlayn xarita orqali ko&#8217;rsatish uchun mo&#8217;ljallangan Rossiya IoT servisi. Shuningdek, rozetka, viklyuchatel kabi qurilmalarni saytdan yuboriladigan buyruq yordamida ham boshqarish mumkin. Bundan tashqari ushbu servis Yandex Alice (&#8220;\u0423\u043c\u043d\u044b\u0439 \u0434\u043e\u043c \u0441 \u0410\u043b\u0438\u0441\u043e\u0439&#8221;) onlayn servisi bilan ham integratsiyalashgan, shuning uchun datchiklar ko&#8217;rsatkichlarini Yandex Alice servisi orqali ham kuzatish yoki qurilmalarni boshqarishda foydalanish mumkin. Narodmon servisining to&#8217;liq funksiyalari bilan yaqindan tanishish uchun ushbu <a href=\"https:\/\/narodmon.ru\/devdoc\">havola<\/a>dan foydalanish tavsiya etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>OpenWeatherMap servisi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>OpenWeatherMap<\/strong> &#8211; dunyo miqyosida ob-havo ma&#8217;lumotlarini to&#8217;plash va ularni turli xil usullarda tarqatishga ixtisoslashgan Internet-servis. Undan Arduino platformasida yaratilgan loyihalarda ham keng foydalanilishi mumkin. <strong>OpenWeatherMap<\/strong> hamda yuqoridagi <strong>Narodmon <\/strong>servislari yordamida ob-havo ma&#8217;lumotlarini olish jarayonlari amaliy dars davomidagi misollarda alohida keltirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Internet tarmog&#8217;ida yuqoridagilardan tashqari yana ko&#8217;plab IoT-servislari hamda ulardan foydalanish bo&#8217;yicha ma&#8217;lumotlarni izlab topish, mikrokontrollerlardan ularning API-interfeyslariga bog&#8217;lanish mumkin.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IoT &#8211; &#8220;Buyumlar Interneti&#8221; tushunchasi Oxirgi yillarda datchiklar ko&#8217;rsatkichlarini masofadan olish va umuman, elektron qurilmalar o&#8217;rtasida o&#8217;zaro ma&#8217;lumot almashuv shu darajada ommalashib ketdiki, bu jarayon &#8220;Buyumlar Interneti&#8221; (IoT &#8211; &#8220;the Internet of Things&#8221;) degan yangi tushuncha paydo bo&#8217;lishiga ham sabab bo&#8217;ldi. Buyumlar Interneti &#8211; bir-biriga va boshqa xizmatlarga Internet yoki boshqa tarmoq orqali bog&#8217;langan hamda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"class_list":["post-4303","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-arduino"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4303","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=4303"}],"version-history":[{"count":20,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4303\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5216,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4303\/revisions\/5216"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=4303"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=4303"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=4303"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}