{"id":4734,"date":"2024-11-23T14:05:08","date_gmt":"2024-11-23T09:05:08","guid":{"rendered":"https:\/\/yarat.uz\/?p=4734"},"modified":"2025-01-08T16:10:56","modified_gmt":"2025-01-08T11:10:56","slug":"wifi-pult","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/yarat.uz\/?p=4734","title":{"rendered":"WiFi-pult haqida"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>\u201cWiFi-rozetka&#8221; uchun &#8220;WiFi-pult\u201d<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu videosharhimiz, oldingi safar o\u02bbzimiz yaratgan veb-brauzer orqali boshqariladigan WiFi-rozetkani boshqarishning yangi bir usuli, aniqrog\u02bbi, uni veb-brauzersiz boshqarish qurilmasi haqida bo\u02bbladi. Bajaradigan vazifasidan kelib chiqib, uni &#8211; WiFi-pult deb nomlashga qaror qildim. Chunki bunda WiFi-rozetkani boshqarish uchun bizga brauzer kerak bo\u02bblmaydi. Aniqrog\u02bbi brauzer funksiyasini shu pultning o\u02bbzi bajaradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Dastlab WiFi-pultning ishlash prinsipi<\/strong> haqida ma&#8217;lumot berib o\u02bbtmoqchiman. WiFi-rozetkamiz http texnologiyasi asosida ishlaydigan veb-serverni, ya&#8217;ni, http-serverni o\u02bbz ichiga olgan elektron qurilma hisoblanadi. Biz bundan keyin qisqaroq qilib uni veb-serverni qisqaroq qilib, shunchaki server deb yuritamiz. WiFi-rozetkani yaratishda ishlatiladigan va unga http-so\u02bbrov yuborish orqali rozetkaga ulangan yuklamani boshqaradigan veb-brauzerni esa, umumiy qilib http-mijoz deb yuritamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu WiFi-pultimiz ham veb-brauzer funksiyalarini o\u02bbz ichiga oladigan http-mijozning soddalashtirilgan bir ko\u02bbrinishi hisoblanadi. Chunki bunda http-mijoz faqat WiFi-rozetka yuklamasini yoqish va o\u02bbchirish buyruqlarini bajarishga mo\u02bbljallangan. Bu ikkita buyruqni WiFi-rozetkaga yuborish uchun biz tashqi viklyuchateldan foydalanamiz. Har safar viklyuchatel ulanganda yoqish buyrug\u02bbi, uzilganda esa, o\u02bbchirish buyrug\u02bbi http-so\u02bbrov sifatida serverga yuboriladi. Buning uchun, boshqarilishi kerak bo\u02bblgan WiFi-rozetka IP-manzili WiFi-pult xotirasiga oldindan kiritib qo\u02bbyiladi, keyinroq uni o\u02bbzgartirish ham mumkin.<\/p>\n<p><strong>WiFi-pult quyidagi imkoniyatlarga ega:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li style=\"text-align: justify;\">mobillik, ya&#8217;ni, uni WiFi tarmog\u02bbi hududida xohlagan joyga ko\u02bbchirish imkoniyati, buning uchun u batareykali avtonom elektr ta\u02bbminotiga ega;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Viklyuchatel tugmalari yordamida oldindan xotirasiga kiritib qo\u02bbyilgan IP-manzil asosida WiFi-rozetka yuklamasini o\u02bbchirish yoki yoqish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Telegram messenjeri va unda yaratilgan maxsus bot yordamida, boshqariladigan WiFi-rozetka IP-manzilini, WiFi tarmog\u02bbi nomi, ya\u02bbni, SSID, va WiFi tarmog\u02bbi parolini belgilab qo\u02bbyish, kiritilgan o\u02bbzgarishlar kuchga kirishi uchun WiFi-rozetkaning o\u02bbzini qayta yuklash imkoniyati. Bunda Telegram messenjeri serveri bulutli texnologiya serveri vazifasini bajarib beradi. Telegram botdan foydalanish uchun WiFi-pult ulangan ichki WiFi tarmog\u02bbi Internetga ulangan bo\u02bblishi shart;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Telegram botiga ON va OFF buyruqlarini yuborish orqali WiFi-rozetka yuklamasini yoqish yoki o\u02bbchirish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Telegram botiga ? buyrug\u02bbini yuborish orqali WiFi-rozetka yuklamasining joriy holatini, ulangan WiFi tarmog\u02bbi parametrlarini, IP-manzilini aniqlash\/ko\u02bbrish imkoniyati;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-pult akkumulyator baytareyalari o\u02bbrniga 5V lik USB ta\u02bbminot blokini qo\u02bbllab, Telegram boti bilan birgalikda uni barcha WiFi-rozetkalarni Internet orqali boshqarish uchun WiFi-ko\u02bbprik sifatida qo\u02bbllash mumkin;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-pult dasturiy ta\u02bbminoti talablarga ko\u02bbra yangilanib va takomillashtirilib, aniqlangan kamchiliklari bartaraf etilib, unga yangi funksiyalar ham qo\u02bbshib borilishi mumkin;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-pult dasturiy ta\u02bbminotidagi oxirgi o\u02bbzgarishlarni yarat.uz saytidagi tegishli sahifadan yuklab olish va Telegram boti yordamida yangilash imkoniyati.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Eslatmalar:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-pult dasturining kodi ochiq taqdim etilmaydi, chunki u tijorat maqsadida yaratilishi rejalashtirilgan. Xuddi shuningdek, Wi-Rozetkaning tijorat maqsadidagi takomillashtirilgan varianti bilan birga uni aqlli uyning elementlaridan biri sifatida ko\u02bbpaytirish rejalashtirilgan. Lekin, O\u02bbzing yarat loyihasining foydalanuvchilari va obunachilar uning &#8220;BIN&#8221; formatidagi tayyor proshivkasini yarat.uz saytidan yuklab olishlari va Telegram boti orqali yangilab borishlari mumkin;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-rozetkaga boshqarish buyrug\u02bbi yuborilganda yuklamaning yonish yoki o\u02bbchish vaqti 3-10 sekundgacha cho\u02bbzilishi mumkin, bu WiFi tarmog\u02bbi tezligi, qanchalik bandligi va http-texnologiyasining ishlash prinsipiga xos kamchilik. Ayniqsa, serverga bog\u02bblanish jarayoni uchun uzoq vaqt talab etilishi mumkin. Lekin, WiFi-rozetkaning tijorat variantida bunday kamchiliklar Buyumlar Interneti uchun zamonaviy onlayn servislarini qo\u02bbllash hisobiga bartaraf etilishi ko\u02bbzda tutilgan;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-pultni birinchi marta ishga tushirilganda, uni &#8220;free&#8221; nomli parolsiz WiFi kirish nuqtasiga ulanishi kerak. Bunday kirish nuqtasini vaqtincha Internetga ulanish mumkin bo\u02bblgan smartfonda yaratish mumkin. Shundan keyin bot yordamida asosiy WiFi tarmoq nomi hamda paroli ko\u02bbrsatib qo\u02bbyiladi va WiFi-pult qayta ishga tushiriladi. Tarmoq nomi va parol mikrokontroller xotirasida saqlanib qoladi va keyingi safar ularni qayta kiritishga hojat qolmaydi. &#8220;free&#8221; tarmog\u02bbiga ulangan holda rozetkani boshqarib bo\u02bblmaydi, u faqat dastlabki sozlash ishlari uchun kerak bo\u02bbladi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Boshqaruvdagi WiFi-rozetka IP-manzili o\u02bbzgargan taqdirda, WiFi-pultga uning yangi IP-manzilini bot orqali kiritib qo\u02bbyilishi kerak, aks holda uni boshqarib bo\u02bblmaydi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-pult WiFi tarmog\u02bbiga ulangan paytida 70-100mA atrofida elektr toki iste\u02bbmol qiladi. Akkumulyator batareyasi zaryadsizlanib qolmasligi uchun, ishlatilib bo\u02bblganidan keyin uni o\u02bbchirib qo\u02bbyish kerak bo\u02bbladi. Lekin u doim yoniq holda bo\u02bblishi uchun undagi Wemos D1 mini platasiga 5V kuchlanishli ta\u02bbminot blokini USB-kabel orqali ulab qo\u02bbyish mumkin. Masalan, har qanday smartfon yoki oddiy telefon quvvatlagichini ulasa bo&#8217;ladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>WiFi-pultni ishga tushirish va WiFi-rozetkalarni boshqarish jarayonlari:<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">WiFi-pult ishga tushirilganda dastlab tadqiqot platasidagi svetodiod 1 sekund davomida tez pirpirashi u qayta ishga tushganini bildiradi, bir necha sekunddan 20 sekundgacha vaqt davomida 1 Hz chastota bilan pirpirashi u asosiy WiFi tarmog\u02bbiga ulanishga urinayotganligini, 20 sekunddan keyin 2 Hz chastota bilan pirpirashi asosiy WiFi tarmog\u02bbiga ulanib bo\u02bblmaganligi va &#8220;free&#8221; nomli parolsiz tarmoqqa ulanishga urinayotganligini eslatib turadi. Agar hech qaysi tarmoqqa ulanib bo\u02bblmasa, vay-fay rejimi uziladi, yana 1 daqiqadan keyin esa, yana tadqiqot platasi qayta ishga tushib, tarmoqqa ulanishga urinishlar boshidan takrorlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">WiFi-pult birinchi marta ishga tushirilayotgan bo\u02bblsa, asosiy tarmoqqa ulanib bo\u02bblmaydi. Bunday vaziyatda smartfonda &#8220;free&#8221; nomli kirish nuqtasini yaratish kerak bo\u02bbladi. &#8220;free&#8221; tarmog\u02bbiga ulanish muvaffaqiyatli bo\u02bblsa, Telegram botiga &lt;ssid=tarmoq_nomi&gt; va &lt;parol=tarmoq_paroli&gt; xabarlarini yuborib asosiy tarmoq parametrlarini o\u02bbrnatish zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar asosiy tarmoqqa ulanish muvaffaqiyatli bo\u02bblsa, WiFi-rozetkani boshqarish uchun WiFi-pultdagi viklyuchatel tugmalarini bosish (ulash, uzish) mumkin. Dastlabki bir nechta boshqaruv buyruqlari natijasi bot orqali ham eslatib turiladi. Lekin yuklama 10 marta o\u02bbchirib-yoqilganidan keyin, bot &#8220;sukunat&#8221; rejimiga o\u02bbtadi va eslatmalar kelishi to\u02bbxtaydi. Zarurat bo\u02bblsa, &#8220;sukunat&#8221; rejimini &lt;sukunat=0&gt; buyrug\u02bbi yordamida vaqtincha o\u02bbchirib qo\u02bbyish, &lt;sukunat=1&gt; buyrug\u02bbi yordamida zudlik bilan faollashtirish mumkin.<\/p>\n<p><strong>Pulli buyurtma asosida takomillashtirish imkoniyatlari:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-rozetka va WiFi-pultga bir vaqtda Internet hamda bulutli texnologiyalar imkoniyatlarini qo\u02bbllab, boshqarish tezligini hozirgi 7-8 sekunddan 1-2 sekundgacha qisqartirish hamda boshqaruv radiusini global miqyosga kengaytirish mumkin. Bunda boshqaruv ham lokal WiFi hududida, ham Internet orqali bajariladi. Telegram botidan boshqaruv esa, qo\u02bbshimcha boshqaruv usuli sifatida saqlanib qoladi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-rozetka va WiFi-pultda zamonaviy ESP32 plata va modullarini qo\u02bbllash orqali boshqaruvga Bluetooth texnologiyasini ham qo\u02bbllash mumkin. Natijada, WiFi yoki Internet uzilgan taqdirda boshqaruv Bluetooth orqali davom ettirilishi mumkin bo\u02bbladi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Aqlli uy umumiy loyihasi uchun mobil ilova yaratish hamda unga WiFi-rozetka va WiFi-pult qurilmalarini bog\u02bblash, ilovaga zamonaviy Google va Yandex ovoz assistentlarini integratsiya qilish;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">WiFi-rozetka va WiFi-pultda 10 tagacha qo\u02bbshimcha datchik yoki modullarni qo\u02bbllash orqali hududdagi yorug\u02bblik, harorat, gaz konsentratsiyasini aniqlash, harakatni sezish, yong\u02bbindan darak berish, foto yoki video kuzatuv kabi va boshqa foydali funksiyalarni qo\u02bbshish mumkin.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Potensial buyurtmachilar uchun tijorat taklifi.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytib o\u02bbtmoqchimanki, yuqoridagi vay-fay pult va vay-fay rozetka loyihalari o\u02bbquv-tadqiqot maqsadlarida yaratilgan va muallif tomonidan sinov-tadqiqot ishlari hozircha to\u02bbxtatilgan. Lekin muallif ushbu loyihalarga zamonaviy ESP32 mikrokontrollerlarini qo\u02bbllab va yuqorida sanab o\u02bbtilgan takomillashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni aqlli uyni jihozlashga yo\u02bbnaltirilgan bir nechta jiddiy tijorat loyihalariga aylantirish mumkin deb hisoblaydi. , Agar ushbu loyihalar sizni investor tadbirkor sifatida qiziqtirib qo\u02bbygan bo\u02bblsa va ularni qonuniy asoslarda ko\u02bbp nusxada ishlab chiqarishni moliyalashtirish masalasi qiziqtirsa, loyiha muallifi sizni o\u02bbzaro manfaatli hamkorlikka taklif qiladi. ,<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli obunachilar. Agar sizda Arduino tizimi, aqlli texnologiyalar va Buyumlar interneti yo\u02bbnalishlariga doir qandaydir foydali elektron qurilma loyihasini yaratish bo\u02bbyicha takliflaringiz bo\u02bblsa, kommentariylarda qoldirishingiz mumkin. Ular albatta muallif tomonidan ko\u02bbrib chiqiladi va ularning ichida eng foydali hamda qiziqarli bo\u02bblgan qurilma loyihalari amalga oshirilib, natijasi bo\u02bbyicha videorolik tayyorlanishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar ushbu video sizga ma<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>qul bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lgan bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lsa, layk bosib, tanishlaringizga ham yuborib qo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>yishingizni ham so<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rab qolaman. Siz bilan &#8220;O<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zing yarat&#8221; loyiha si va uning muallifi men Nizomiddin bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ldim. Keyingi videolarimizda ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rishguncha xayr, salomat bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ling!<\/p>\n<div class=\"epyt-video-wrapper\"><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_96440\"  width=\"800\" height=\"450\"  data-origwidth=\"800\" data-origheight=\"450\"  data-relstop=\"1\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/7ohalVdAv2g?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;cc_lang_pref=&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;rel=0&#038;fs=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;hl=ru_RU&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;controls=1&#038;\" class=\"__youtube_prefs__  epyt-is-override  no-lazyload\" data-vol=\"25\"  title=\"YouTube player\"  allow=\"fullscreen; accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\" data-skipgform_ajax_framebjll=\"\"><\/iframe><\/div>\n<p>Devor rozetkasini Telegram boti yordamida Internet orqali boshqarish:<\/p>\n<div class=\"epyt-video-wrapper\"><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_33606\"  width=\"800\" height=\"450\"  data-origwidth=\"800\" data-origheight=\"450\"  data-relstop=\"1\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/P4quT1wkLqE?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;cc_lang_pref=&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;rel=0&#038;fs=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;hl=ru_RU&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;controls=1&#038;\" class=\"__youtube_prefs__  epyt-is-override  no-lazyload\" data-vol=\"25\"  title=\"YouTube player\"  allow=\"fullscreen; accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\" data-skipgform_ajax_framebjll=\"\"><\/iframe><\/div>\n<p>Devor rozetkasini mobil ilova (veb-brauzer) yordamida Internet orqali boshqarish:<\/p>\n<div class=\"epyt-video-wrapper\"><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_12905\"  width=\"800\" height=\"450\"  data-origwidth=\"800\" data-origheight=\"450\"  data-relstop=\"1\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/YUcyxLOXa14?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;cc_lang_pref=&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;rel=0&#038;fs=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;hl=ru_RU&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;controls=1&#038;\" class=\"__youtube_prefs__  epyt-is-override  no-lazyload\" data-vol=\"25\"  title=\"YouTube player\"  allow=\"fullscreen; accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\" data-skipgform_ajax_framebjll=\"\"><\/iframe><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cWiFi-rozetka&#8221; uchun &#8220;WiFi-pult\u201d Ushbu videosharhimiz, oldingi safar o\u02bbzimiz yaratgan veb-brauzer orqali boshqariladigan WiFi-rozetkani boshqarishning yangi bir usuli, aniqrog\u02bbi, uni veb-brauzersiz boshqarish qurilmasi haqida bo\u02bbladi. Bajaradigan vazifasidan kelib chiqib, uni &#8211; WiFi-pult deb nomlashga qaror qildim. Chunki bunda WiFi-rozetkani boshqarish uchun bizga brauzer kerak bo\u02bblmaydi. Aniqrog\u02bbi brauzer funksiyasini shu pultning o\u02bbzi bajaradi. Dastlab WiFi-pultning ishlash prinsipi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-4734","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-sharhlar"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4734","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=4734"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4734\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4942,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4734\/revisions\/4942"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=4734"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=4734"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=4734"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}