{"id":4736,"date":"2024-11-23T14:09:09","date_gmt":"2024-11-23T09:09:09","guid":{"rendered":"https:\/\/yarat.uz\/?p=4736"},"modified":"2024-11-24T20:27:38","modified_gmt":"2024-11-24T15:27:38","slug":"wifi-rozetka","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/yarat.uz\/?p=4736","title":{"rendered":"Kodsiz WiFi-rozetka yaratamiz"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>Kodsiz \u201cWiFi rozetka\u201d yaratamiz<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hech qanday dasturlash tilini bilmasdan va umuman IT yo\u02bbnalishida chuqur bilimga ega bo\u02bblmasdan turib ham WiFi orqali masofadan boshqariladigan aqlli qurilma yaratsa bo\u02bbladimi? Ha, bo\u02bbladi. Hatto bir necha daqiqada ham yaratsa bo\u02bbladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar, bu &#8211; <strong>&#8220;O\u02bbzing yarat!&#8221; loyihasi,<\/strong> va men uning muallifi Nizomiddinman. Agar Siz elektron qurilmalarni o\u02bbz qo\u02bblingiz bilan yasashni o\u02bbrganmoqchi bo\u02bblsangiz, yoki robototexnika kursini bitirgan bo\u02bblsangiz va o\u02bbz malakangizni yanada oshirmoqchi bo\u02bblsangiz &#8220;O\u02bbzing yarat!&#8221; loyihasi aynan siz uchun. Bu loyiha va uning maqsadlari haqida alohida videorolikda ma\u02bblumot berib o\u02bbtganman, shuning uchun yana to\u02bbxtalib o\u02bbtirmayman va maqsadga o\u02bbtaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi videoroligimizda WiFi orqali masofadan boshqaruvning eng oson usuli bilan tanishib olasiz. Buning uchun 3 ta asosiy elektron komponentlar &#8211; <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=38\"><strong>Wemos D1 mini<\/strong><\/a> tadqiqot platasi (35.000-40.000), <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=38\"><strong>5V kuchlanishda ishlovchi bir kanalli elektromagnit rele moduli<\/strong><\/a> (15.000-20.000), o\u02bbzgaruvchan 220V dan o&#8217;zgarmas 5V kuchlanishga pasaytiruvchi <strong>AC\/DC ta\u02bbminot <\/strong><strong>bloki<\/strong>\u00a0 (20.000-25.000) va <strong>tashqi elektr rozetkasi<\/strong> (15.000-25.000) kerak bo\u02bbladi. Ta\u02bbminot blokini oddiy telefon quvvatlagichlaridan ham topish mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-308 \" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/wemosd1mini-e1731309539359-215x300.png\" alt=\"\" width=\"151\" height=\"211\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/wemosd1mini-e1731309539359-215x300.png 215w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/wemosd1mini-e1731309539359.png 408w\" sizes=\"auto, (max-width: 151px) 100vw, 151px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4670\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/relay-300x248.jpg\" alt=\"\" width=\"184\" height=\"152\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/relay-300x248.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/relay.jpg 658w\" sizes=\"auto, (max-width: 184px) 100vw, 184px\" \/><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4696 \" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ac-dc_5v_usb-300x275.jpg\" alt=\"\" width=\"221\" height=\"203\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ac-dc_5v_usb-300x275.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ac-dc_5v_usb-768x705.jpg 768w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ac-dc_5v_usb.jpg 865w\" sizes=\"auto, (max-width: 221px) 100vw, 221px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qurilmani yaratish jarayonida shu narsa ma\u02bblum bo\u02bbldiki, yuqoridagi 3 ta elektron komponentlardan ta\u02bbminot blokini bo\u02bbyi balandligi yuqoriligi sababli, uni bir uyali o\u02bbrtacha o\u02bblchamdagi tashqi rozetkaning korpusiga sig\u02bbdirishning imkoni bo\u02bblmaydi. Shuning uchun, bir yo\u02bbla 2 ta WiFi-rozetka yaratib, shundan faqat bittasini tayyor holga keltirishga qaror qildim.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4700 size-medium\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/switch1_2-300x203.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"203\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/switch1_2-300x203.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/switch1_2-768x521.jpg 768w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/switch1_2.jpg 1024w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunda ham, 2-qurilma ta&#8217;minot bloki balandligi tufayli ikkita uyali tashqi rozetkadan bo\u02bbrtib chiqib turishini kuzatishimiz mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4687\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka5-e1730891934549-300x296.jpg\" alt=\"\" width=\"260\" height=\"257\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4682\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka-e1730888788235.jpg\" alt=\"\" width=\"225\" height=\"154\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka-e1730888788235.jpg 757w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka-e1730888788235-300x205.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 225px) 100vw, 225px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu o\u02bbrinda savol tug\u02bbilishi mumkin, nega aynan tashqi rozetka? Devorga o\u02bbrnatiladigan rozetkani WiFi-rozetkaga aylantirib bo\u02bblmaydimi? degan. Bo\u02bbladi. Ayniqsa, USB-portli devor rozetkasini WiFi-rozetkaga aylantirish yana ham osonroq kechadi. Chunki uning o\u02bbzida o\u02bbzgaruvchan 220Volt kuchlanishni o\u02bbzgarmas 5 voltga tushiruvchi ichki AC\/DC-moduli oldindan mavjud bo\u02bbladi. Faqat ularga WiFi va rele modullarini qo\u02bbshish va ularni alohida korpusga joylashtirish kerak qoladi xolos.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qurilmamiz faqat WiFi-tarmoq hududida cheklangan doirada ishlaydi, ya\u02bbni hozircha uni Internet orqali boshqarib bo\u02bblmaydi &#8211; hatto WiFi-routerimiz Internetga ulangan bo&#8217;lsa ham. Chunki boshqaruv Internet orqali bo\u02bblganda, ichki tarmoqdagi qurilmaga bog\u02bblanish uchun boshqa murakkab bulutli texnologiyalar va professional dasturlash tillaridan ham foydalanishga to\u02bbg\u02bbri keladi &#8211; bu haqda o\u02bbquv darslarimiz davomida batafsil ma\u02bblumotga ega bo\u02bblishingiz mumkin. Bizning maqsadimiz esa, qurilmani umuman kod yozmasdan yaratish edi. Shulardan kelib chiqib ushbu loyihamizni <strong>&#8220;WiFi-rozetka&#8221;<\/strong> deb nomlashga qaror qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashqi elektr rozetkasini tanlashda uning ichida tadqiqot platasi, rele moduli va ta&#8217;minot blokiga yetarli joy mavjudligiga e\u02bbtibor qaratish zarur, ya\u02bbni imkon qadar o\u02bblchamlari kattaroq rozetkani tanlash maqsadga muvofiq. Masalan, ikki uyali standart rozetka ichiga ta&#8217;minot blokini sig\u02bbdirish qiyinroq kechishi mumkin, bitta uyali rozetkada esa, buning imkoni yo\u02bbq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin, agar siz WiFi-rozetkani shunchaki sinov-tadqiqot uchun yaratishni rejalashtirgan bo\u02bblsangiz, bitta uyali tashqi rozetka bilan cheklanishingiz ham mumkin, chunki bunda uning korpusiga faqat rele modulini joylashtirish yetarli bo\u02bbladi, elektr ta\u02bbminoti doim USB portidan olingani sababli, AC\/DC ta&#8217;minot blokining umuman keragi bo\u02bblmaydi. Wemos D1 mini platasini esa, dasturga keyinchalik o\u02bbzgartirishlar kiritish qulay bo\u02bblishi uchun, rozetkaning korpusidan tashqarida qoldirish mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-4690 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/relay-sw2.jpg\" alt=\"\" width=\"617\" height=\"590\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/relay-sw2.jpg 617w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/relay-sw2-300x287.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 617px) 100vw, 617px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4654\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka1-rotated.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"649\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka1-rotated.jpg 473w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka1-139x300.jpg 139w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4655\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka2-rotated.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"649\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka2-rotated.jpg 473w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka2-139x300.jpg 139w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagi komponentlardan tashqari, ularni bir-biriga va kompyuterga bog\u02bblash, dasturni tadqiqot platasiga yuklash uchun <strong>USB-kabel<\/strong><strong>, <\/strong><a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=43\"><strong>maket platasi<\/strong><\/a> hamda <strong>elektr o\u02bbtkazgichlar <\/strong>ham kerak bo\u02bbladi. USB-kabel turi tadqiqot platasi USB porti turiga mos bo\u02bblishi kerak. Tajribali elektronikachilar qurilma maketi tayyor bo\u02bblganidan keyin, ularni yagona <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=43\">prototip (montaj) platasi<\/a>ga lehimlash (payka qilish) usulida joylashtirib olishlari ham mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-276 size-medium\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/breadboard-conn-e1730493458964-300x268.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"268\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/breadboard-conn-e1730493458964-300x268.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/breadboard-conn-e1730493458964.jpg 597w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/> \u00a0<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-283 size-medium\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/prototip-1-300x300.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"300\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/prototip-1-300x300.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/prototip-1-1024x1024.jpg 1024w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/prototip-1-150x150.jpg 150w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/prototip-1-768x768.jpg 768w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/prototip-1-100x100.jpg 100w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/05\/prototip-1.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eslatib o&#8217;taman, WiFi rozetkaga yuqori kuchlanishli elektr jihozlarini ulash ko\u02bbzda tutilganligi sababli, loyihamiz <strong>elektr toki bilan ishlash bo\u02bbyicha tajribasi bor bo\u02bblgan, faqat 18 va undan katta yoshdagi insonlar uchun <\/strong>tavsiya etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eslatma. WiFi-rozetka loyihasi uchun Wemos D1 mini platasi o\u02bbrniga ESP8266 seriyasidagi boshqa mikrokontrollerli plata va modullardan foydalanish mumkin. Masalan, plata o\u02bbrniga kichik o\u02bblchamli ESP01 modulidan, standart rele moduli o\u02bbrniga esa, ESP01 uchun maxsus rele modulidan foydalanish mumkin. Ta&#8217;minot bloki sifatida esa, hozirda elektrotexnika do\u02bbkonlarida sotuvda ko\u02bbp uchraydigan USB-portli devor rozetkasining AC\/DC modulidan foydalanish mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-3196 size-medium\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/esp01_relay_module-300x265.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"265\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/esp01_relay_module-300x265.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/esp01_relay_module.jpg 563w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4619 size-medium\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/esp01_relay_module-e1729438941474-300x244.jpeg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"244\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/esp01_relay_module-e1729438941474-300x244.jpeg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/esp01_relay_module-e1729438941474-768x626.jpeg 768w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/esp01_relay_module-e1729438941474.jpeg 891w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-4687\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/rozetka5-e1730891934549.jpg\" alt=\"\" width=\"500\" height=\"493\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barcha yuqorida keltirilgan komponentlarni xalqaro yoki mahalliy marketpleyslardan va Internet do\u02bbkonlardan izlab topish va sotib olish mumkin. Xalqaro marketpleyslardan kerakli tovarni sotib olishning o\u02bbziga xosliklari haqida quyidagi havola orqali saytimizdagi sahifa orqali batafsil ma\u02bblumot olishingizni tavsiya etamiz: <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?page_id=3618\">havola<\/a>.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Elektron komponentlardan tashqari, kompyuterga kodsiz dasturlash va tayyor dasturni tadqiqot platasi mikrokontrolleriga yuklash uchun 2 ta dasturlash vositasini Internetdan yuklab olishingiz va o\u02bbrnatib olishingiz ham zarur bo\u02bbladi. Ushbu dasturlardan keyinchalik ham, boshqa dasturlarni tayyorlash va tadqiqot platasi mikrokontrolleriga yuklashda foydalanish mumkin. Yoki ushbu dasturlarni o\u02bbrnatishda tanishlaringiz yordamidan ham foydalanishingiz mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz faqat <a href=\"https:\/\/downloads.arduino.cc\/arduino-1.8.19-windows.exe\"><strong>Arduino IDE<\/strong><\/a> va <a href=\"https:\/\/disk.yandex.ru\/d\/GWUW-L9LVf5FDQ\"><strong>ArduBlock 2.0<\/strong><\/a> dasturlarini tegishli havolalar yordamida Internetdan yuklab olishimiz va kompyuterga o\u02bbrnatib olishimiz kerak bo\u02bbladi!. Bu yerdagi ArduBlock dasturi bizga bloklar yordamida dastur tuzish uchun, Arduino IDE dasturi esa tayyor bo\u02bblgan dasturni mikrokontrollerga proshivka qilish uchun kerak bo\u02bbladi. Hozirda ArduBlock dasturining onlayn hamda oflayn variantlardagi eng oxirgi 3-versiyasi ham mavjud. Lekin onlayn versiyasi faqat Internet orqali ishlatiladi, ayrim cheklovlarga ega va bu har doim ham qulay emas. Oxirgi oflayn 3-versiyasi pulli hisoblanadi, 3-demo versiyasi esa ko\u02bbplab cheklovlarga ega. Shuning uchun biz ushbu dasturning oflayn 2-versiyasidan foydalanamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Arduino IDE platformasida mikrokontrollerni proshivka qilish uchun biz ESP8266 mikrokontrollerlar oilasi tarkibidagi ESP-12F mikrokontrolleri asosida ishlab chiqarilgan Wemos D1 mini platasidan foydalanamiz. Chunki, ESP8266 oilasidagi barcha mikrokontrollerlar o\u02bbzini ichiga WiFi modulini ham olgan. Wemos D1 mini platasi yordamida jami 11 tagacha yuklamani boshqarish imkoniyati mavjud, lekin biz shundan faqat D4 kontaktiga rele orqali ulangan rozetka yuklamasi &#8211; stol lampasini boshqarish bilan cheklanamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Arduino IDE dasturi o&#8217;rnatilganidan keyin, birinchi o&#8217;rinda o&#8217;zimiz foydalanmoqchi bo&#8217;lgan Wemos D1 mini platasini o&#8217;z ichiga oluvchi ESP8266 platalar oilasi dasturiy ta&#8217;minotini (drayver va bibliotekalarini) ham o&#8217;rnatib olishimiz zarur. Ularni o&#8217;rnatish jarayonlarini, tegishli dars mashg&#8217;uloti materialiga quyida ko&#8217;rsatilgan <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=68\">havola<\/a> yordamida o&#8217;tib, o&#8217;rganib olishimiz mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Wemos D1 mini platasidan tashqari, bizga 5V kuchlanishda ishlovchi 1 ta kanalli elektromagnit rele moduli, sinov-tadqiqot ishlari uchun maket platasi, komponentlarni bir biriga va kompyuterga ulash uchun USB-kabel hamda &#8220;female+male&#8221; turidagi 3 dona o\u02bbtkazgichlar ham kerak bo\u02bbladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">1-navbatda elektron komponentlarni sxema asosida quyidagi tartib bo\u02bbyicha bir-biriga bog\u02bblaymiz:<br \/>\nMaket platasiga Wemos D1 mini platasini joylashtiramiz va o\u02bbtkazgichlar yordamida rele moduliga bog\u02bblaymiz. Wemos D1 mini platasining <strong>3V3, G, D4<\/strong> kontaktlarini topamiz, ularni o\u02bbtkazgichlar yordamida mos ravishda (sxemada qizil, qora, ko\u02bbk ranglarda) rele modulidagi <strong>VCC, GND, IN<\/strong> kontaktlariga ulaymiz (ba\u02bbzi rele modullaridagi kontaktlar joylashuvi sxemadan farq qilishi mumkin, lekin ulardagi kontaktlarning nomlanishi o\u02bbxshash bo\u02bbladi: <strong>VCC, IN1, GND<\/strong>). WiFi-rozetka qurilmasining bog\u02bblanish sxemasi quyidagi holga keladi: ,<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-4669\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/relay-sw.jpg\" alt=\"\" width=\"617\" height=\"590\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/relay-sw.jpg 617w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/relay-sw-300x287.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 617px) 100vw, 617px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Natijada, plataning +3,3V kuchlanishi relening VCC kontaktiga ham yuboriladi. Plata va moduldagi GND kontaktlari umumiy kontaktni anglatadi va undagi kuchlanish doim 0V bo\u02bbladi. Plataning D4 kontaktidan chiqadigan boshqaruv (&#8220;ON&#8221;, &#8220;OFF&#8221;) signallari modulning IN (IN1) kontakti orqali releni va unga ulanadigan rozetkani boshqaradi.<br \/>\nRelening qarama-qarshi tomonidagi <strong>&#8220;NO&#8221;<\/strong>, <strong>&#8220;COM&#8221;<\/strong>, <strong>&#8220;NC&#8221; <\/strong>kontaktlari yuklamani boshqarish uchun ishlatiladi. Xususan, &#8220;COM&#8221; kontaktiga kiruvchi kuchlanish rele ulanganda &#8220;NO&#8221; kontaktida paydo bo\u02bbladi, rele uzilganda kuchlanish yo\u02bbqoladi. &#8220;NC&#8221; kontakti esa, teskari tartibda ishlaydi: relega ulanganda &#8220;NC&#8221; da kiruvchi kuchlanish yo\u02bbqoladi, rele uzilganda esa, paydo bo\u02bbladi. Ko\u02bbp hollarda &#8220;NC&#8221; kontaktidan umuman foydalanilmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbtkazgichlar to\u02bbg\u02bbri ulanganini yana bir bor tekshirib, shundan keyingina USB-kabel yordamida Wemos D1 mini platasi va kompyuter USB-portini bog&#8217;laymiz. Kabel ulanganda platadagi ichki svetodiod bir marta yonib-o&#8217;chganligi plataga ulanish to&#8217;g&#8217;ri bajarilganini tasdiqlaydi. Rele moduli to&#8217;g&#8217;ri ulanganligini esa, undagi qizil svetodiod tasdiqlab turadi. Undagi yashil svetodiod faqat boshqaruv signali mavjud bo&#8217;lganda yonadi, signal yo&#8217;qolganda esa o&#8217;chadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kod yozmasdan WiFi-rozetka dasturini tuzish uchun, ArduBlock dasturini ishga tushiramiz. Kerakli bloklarni quyidagi tartibda asosiy oynaga joylashtiramiz:<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-4662\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ardublock_sta.jpg\" alt=\"\" width=\"976\" height=\"697\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ardublock_sta.jpg 976w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ardublock_sta-300x214.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/ardublock_sta-768x548.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 976px) 100vw, 976px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oynaning yuqori panelidagi &#8220;<strong>{&#8230;}<\/strong>&#8221; (&#8220;\u0420\u0430\u0437\u0432\u0435\u0440\u043d\u0443\u0442\u044c Arduino \u043a\u043e\u0434&#8221;) tugmasini bosib, bloklar asosidagi dasturning avtomatik ravishda yaratilayotgan kodini kuzatib borishimiz ham mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eslatib o\u02bbtaman, ArduBlock dasturi yuqori panelidagi mikrokontroller nomi va unga bog\u02bblanish porti noto\u02bbg\u02bbri ko&#8217;rsatilganining bizga qizig\u02bbi yo\u02bbq. Chunki biz tayyor dasturni mikrokontrollerga bepul yuklash uchun Arduino IDE dasturidan foydalanamiz. Buning uchun tayyor dastur kodini uning yuqori qismidagi &#8220;\u0421\u043a\u043e\u043f\u0438\u0440\u043e\u0432\u0430\u0442\u044c \u0432 \u0431\u0443\u0444\u0435\u0440 \u043e\u0431\u043c\u0435\u043d\u0430&#8221; tugmasini bosib, kodni buferga nusxalaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan keyin Arduino IDE dasturini ishga tushiramiz va yangi loyiha faylini yaratamiz. Ekranda paydo bo\u02bblgan kodni o\u02bbchirib tashlaymiz va uning o\u02bbrniga &#8220;\u0412\u0441\u0442\u0430\u0432\u0438\u0442\u044c&#8221; buyrug\u02bbi yordamida buferda saqlangan kodni qo\u02bbyamiz (1-variant).<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-4663 aligncenter\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/sketch-sta.png\" alt=\"\" width=\"524\" height=\"750\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/sketch-sta.png 524w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/sketch-sta-210x300.png 210w\" sizes=\"auto, (max-width: 524px) 100vw, 524px\" \/>\u00a0<em>Dastur kodi (1-variant, DHCP server ajratgan IP-manzil uchun)<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagi kod varianti umuman kodsiz dasturlash maqsadida yaratildi. Lekin, ushbu dastur orqali ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rsatiladigan WiFi-rozetka IP-manzili WiFi-routerdagi DHCP-server tomonidan ajratilgan bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lsa, u kelgusida o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zgarib turishi mumkin, natijada boshqaruvchi dasturlarda yoki brauzerlarda har safar o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zgargan IP-manzilni qayta ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rsatishga to<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>g<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ri keladi. Muammoni bartaraf etish uchun, IP manzilni aniq ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rsatib qo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>yish kerak bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuning uchun dastur kodiga Arduino IDE da quyidagi rasmda ajratilgan joylarga tegishli o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zgartirishlar kiritilib, manzillarni aniq ko&#8217;rsatilib qo&#8217;yilsa, ular keyinchalik o&#8217;zgarmaydi (2-variant).<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-4665 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/sketch-sta2.png\" alt=\"\" width=\"598\" height=\"750\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/sketch-sta2.png 598w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/sketch-sta2-239x300.png 239w\" sizes=\"auto, (max-width: 598px) 100vw, 598px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Dastur o&#8217;zgartirilgan kodi (2-variant, o&#8217;zgarmaydigan statik IP-manzil uchun)<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi bosqichda o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zimiz foydalanayotgan mikrokontroller yoki plata nomini, so<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ngra u ulangan ketma-ket port nomini menyudan tanlaymiz. Shundan keyin, &#8220;\u0417\u0430\u0433\u0440\u0443\u0437\u0438\u0442\u044c&#8221; tugmasini bosib, tayyor dasturni mikrokontrollerga yuklaymiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar yuklash jarayonida xatolik yuz bersa, ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>p hollarda bu Arduino IDE dasturiga ESP8266 mikrokontrollerlari drayveri yoki bibliotekalari noto<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>g<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ri o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rnatilganligi bilan bog<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>liq bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ladi. Agar Siz qurilmani yasagan paytingizda qandaydir muammoga duch kelsangiz, kommentariylarda yozishingizni so<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar hammasi to<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>g<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ri bajarilgan bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lsa, dastur ishga tushgan paytda u ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rsatilgan SSID va parol asosida WiFi tarmog<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>iga ulanishga urinadi. Ulanish muvaffaqiyatli bajarilsa, oxirida port monitorida mikrokontroller IP-manzili ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rsatiladi. Shuning uchun, yuklash jarayoni tugagan zahoti Arduino IDE oynasi yuqori o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ng tomonidagi tugma yordamida port monitorini ochish kerak bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ladi. Agar uni ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rishga ulgurmagan bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lsangiz, platadagi <strong>&#8220;reset&#8221;<\/strong> tugmasi yordamida dasturni qayta ishga tushirishingiz mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-4679 aligncenter\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/wr_port.jpg\" alt=\"\" width=\"897\" height=\"412\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/wr_port.jpg 897w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/wr_port-300x138.jpg 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/wr_port-768x353.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 897px) 100vw, 897px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rsatilgan IP-manzilni eslab qolamiz, yoki &#8220;Ctrl+Insert&#8221; tugmasi yordamida buferga nusxalab olamiz. Shundan keyin, ixtiyoriy veb-brauzer manzil kiritish qatoriga uni kiritib, Enterni bosamiz.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-4671 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/wifi-sw_wb-e1730809181359.jpg\" alt=\"\" width=\"497\" height=\"299\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/wifi-sw_wb-e1730809181359.jpg 497w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/10\/wifi-sw_wb-e1730809181359-300x180.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 497px) 100vw, 497px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar IP-manzil to<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>g<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ri ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rsatilgan bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lsa, ochilgan veb-sahifada WiFi-rozetkaning oxirgi holati va &#8220;ON&#8221;, &#8220;OFF&#8221; boshqaruv tugmalari ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rsatiladi. Tugmalar yordamida WiFi-rozetka yuklamasini boshqarish mumkin, boshqarish natijasi matn yordamida ham ko&#8217;rsatib turiladi. Har bir boshqaruv buyrug&#8217;idan keyin, brauzer manzillar qatoridagi manzil ham o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zgarib turadi. Manzil oxiridagi &#8220;ID=1&#8221; yozuvi yuklama ulanganligini, &#8220;ID=2&#8221; esa, uzilganligini bildiradi. Shu manzillarni qo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lda o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zgartirish orqali ham yuklamani brauzer yordamida boshqarish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqorida aytilganidek, yuklamani har qanday brauzerda boshqarish mumkin. Bundan tashqari, brauzer nafaqat <strong>kompyuter<\/strong>dagi, balki <strong>smartfon<\/strong>dagi va hatto <strong>smart-televizor<\/strong>dagi brauzer bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lishi ham mumkin. Asosiysi, ushbu qurilmalar mikrokontroller bilan bitta ichki (192.168.0.1-192.168.0.255) tarmoqqa ulangan bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lishi zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mobil ilovani yaratish jarayonlarini boshidan oxirigacha ko\u02bbrsatib o\u02bbtirmayman, faqat o\u02bbzgartirish kiritiladigan qismini ko\u02bbrsatib o\u02bbtaman. Chunki oldingi videoroligimizda bu haqda yetarlicha ma\u02bblumot berilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Esingizda bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lsa, o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>tgan safargi videoroligimizda kodsiz dastur yordamida Internetdagi xohlagan sahifani ochib beradigan Android mobil ilovasini osongina yaratish jarayonini ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rsatib bergan edim. Agar o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>sha videoroligimizdagi loyihada &#8220;Web prasmotrshik&#8221; komponenti &#8220;Domashnaya stranitsa&#8221; maydoniga yuqoridagi IP manzilni kiritib qo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>yilsa, mobil ilovamiz WiFi-rozetkamizni boshqaruvchi ilovaga aylanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mobil ilovani yaratish jarayonlarini boshidan oxirigacha ko\u02bbrsatib o\u02bbtirmayman, faqat o\u02bbzgartirish kiritiladigan qismini ko\u02bbrsatib o\u02bbtaman. Chunki oldingi videoroligimizda bu haqda yetarlicha ma\u02bblumot berilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar mobil ilova loyihasiga IP-manzilni kiritish uchun bitta matn maydoni va uni tasdiqlash uchun tugma komponentlarini qo\u02bbshib, ularni boshqaruvchi blokli dastur tuzilsa, kelgusida qaysi manzildagi WiFi-rozetkani boshqarish kerakligini ko\u02bbrsatsa bo\u02bbladigan universal ilovaga aylanadi. Ya&#8217;ni, WiFi-rozetka IP-manzili o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zgarsa ham, mobil ilovaga har safar qaytadan o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zgartirishga to<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>g<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ri kelavermaydi. Buning uchun faqat kerakli manzilni ilovadagi matn maydoniga kiritib, OK tugmasini bosish yetarli bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar rozetkadagi IP-manzil o\u02bbzgargan bo\u02bblsa, mobil ilovada veb-sahifani ochish xatoligi haqida xabar beriladi. Faqat shunday vaziyatda matn maydoniga rozetkaning yangi IP-manzilini kiritish va OKni bosish kerak bo\u02bbladi. Bundan tashqari, agar siz bir nechta WiFi-rozetkalarni yaratgan bo\u02bblsangiz va ularning hammasini bitta ilovadan boshqarishni xohlasangiz ham, oldin kerakli rozetka IP-manzilini shu maydonga kiritishingiz kerak bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>WiFi-rozetkani smart-televizordan boshqarish uchun, unga o\u02bbrnatilgan ilovalar ichidan kerakli veb-brauzer ilovasini topib ishga tushiriladi va uning manzil kiritish qatoriga kerakli IP-manzil kiritiladi. Keyingi boshqarish jarayonlari esa, oldingi usullardan farq qilmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng qizig<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>i, WiFi-rozetka qurilmamizni boshqa bir qurilma &#8211; mikrokontroller asosidagi pult tomonidan ham boshqarish mumkin. Bunday qurilmamiz avtonom ravishda, ya<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ni batareykadan ishlaydi va uni WiFi-tarmoq hududida boshqa joylarga ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>chirishimiz mumkin bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ladi. Shuning uchun navbatdagi yangi qurilmamizni nomini <strong>&#8220;WiFi-pult&#8221;<\/strong> deb nomlashga qaror qildim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Demak, <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=4734\">navbatdagi videosharhimiz<\/a> bugingi rolikni davomi desak ham bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ladi. Sababi, unda bugun yaratilgan WiFi-rozetka qurilmamizni boshqarish uchun maxsus yaratilgan &#8220;<a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=4734\">WiFi-pult<\/a>&#8221; qurilmasi haqida bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ladi. Shuning uchun, agar Siz kanalimizga hali ham obuna bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lmagan bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lsangiz, keyingi roligimizni o<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>tkazib yubormasligingiz uchun hoziroq obuna bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lib qo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>yishni unutmang.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar ushbu video sizga ma<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>qul bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lgan bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>lsa, layk bosib, tanishlaringizga ham yuborib qo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>yishingizni ham so<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rab qolaman. Siz bilan &#8220;O<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>zing yarat&#8221; loyihasi va uning muallifi men Nizomiddin bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ldim. Keyingi videolarimizda ko<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>rishguncha xayr, salomat bo<span style=\"color: #0000ff;\">\u02bb<\/span>ling!<\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" title=\"Kodsiz WiFi-rozetka yasash mumkinmi? Anons\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/BiTYY3JYqBE?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>\n<div class=\"epyt-video-wrapper\"><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_55239\"  width=\"800\" height=\"450\"  data-origwidth=\"800\" data-origheight=\"450\"  data-relstop=\"1\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/yjq3GCSI8mM?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;cc_lang_pref=&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;rel=0&#038;fs=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;hl=ru_RU&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;controls=1&#038;\" class=\"__youtube_prefs__  epyt-is-override  no-lazyload\" data-vol=\"25\"  title=\"YouTube player\"  allow=\"fullscreen; accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\" data-skipgform_ajax_framebjll=\"\"><\/iframe><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Kodsiz \u201cWiFi rozetka\u201d yaratamiz Hech qanday dasturlash tilini bilmasdan va umuman IT yo\u02bbnalishida chuqur bilimga ega bo\u02bblmasdan turib ham WiFi orqali masofadan boshqariladigan aqlli qurilma yaratsa bo\u02bbladimi? Ha, bo\u02bbladi. Hatto bir necha daqiqada ham yaratsa bo\u02bbladi. Assalomu alaykum, hurmatli obunachilar, bu &#8211; &#8220;O\u02bbzing yarat!&#8221; loyihasi, va men uning muallifi Nizomiddinman. Agar Siz elektron qurilmalarni o\u02bbz [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-4736","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-sharhlar"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4736","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=4736"}],"version-history":[{"count":8,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4736\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4748,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4736\/revisions\/4748"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=4736"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=4736"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=4736"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}