{"id":4997,"date":"2025-01-15T23:39:36","date_gmt":"2025-01-15T18:39:36","guid":{"rendered":"https:\/\/yarat.uz\/?p=4997"},"modified":"2025-03-19T15:27:03","modified_gmt":"2025-03-19T10:27:03","slug":"wifi-internet-tarmogi-orqali-boshqaruv-18","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/yarat.uz\/?p=4997","title":{"rendered":"WiFi va Internet orqali boshqaruv [18+]"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><strong>INTERNET ORQALI BOSHQARUV SHARTLARI<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">WiFi orqali boshqarish degani har doim ham qurilmani Internet orqali boshqarish mumkinligini anglatmaydi, hatto WiFi-routerimiz Internetga ulangan bo&#8217;lsa ham. Chunki, yuqoridagi sketchlar yordamida yaratiladigan IP-manzillar ichki tarmoq manzili hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, qurilmani boshqarish, masofadan boshqaruv doirasiga ko&#8217;ra, <strong>lokal<\/strong> yoki <strong>global<\/strong> usullarida amalga oshirilishi mumkin. Bunda:<\/p>\n<ul>\n<li style=\"text-align: justify;\"><em><strong>lokal boshqaruv<\/strong> usulida boshqaruv faqat ma&#8217;lum bir WiFi-tarmoq doirasida (ichki tarmoqda) amalga oshiriladi. Bunda <strong>mikrokontroller<\/strong> ko&#8217;pincha <strong>veb-server<\/strong> rolini bajaradi. http-mijoz rolini esa, tarmoqdagi ixtiyoriy qurilma (kompyuter, smartfon, smart-TV) veb-brauzeri, mobil ilova yoki boshqa Arduino qurilmasi mikrokontrolleri bajarishi mumkin. Oxirgi holda 2-mikrokontroller http-mijoz rejimida ishga tushiriladi;<\/em><\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\"><em><strong>global boshqaruv<\/strong> usulida boshqaruv ham WiFi-tarmoq doirasida, ham Internet orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda ham mikrokontroller veb-server yoki veb-mijoz rejimlarida ishtirok etishi mumkin.<br \/>\n<\/em><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\">Lekin, global boshqaruv usulida mikrokontrollerga Internet orqali bog&#8217;lanish uchun quyidagi shartlardan hech bo&#8217;lmaganda bittasi bajarilishi talab etiladi:<\/p>\n<ul>\n<li style=\"text-align: justify;\">Mikrokontroller <strong>veb-server<\/strong> sifatida va <strong>WiFi-stansiya<\/strong> rejimida marshrutizator orqali Internetga ulangan bo&#8217;lishi hamda <strong>marshrutizatorda<\/strong> kiruvchi ma&#8217;lumot paketlarini mikrokontrollerga yo&#8217;naltiruvchi <strong>(IP-manzil, port) sozlamalari<\/strong> o&#8217;rnatilgan bo&#8217;lishi kerak. Bu &#8211; eng qisqa va bepul usul, lekin bunda foydalanuvchidan marshrutizatorlarni sozlash bo&#8217;yicha yetarli tajriba talab etiladi. Bunday usul bilan tarmoq ichidagi faqat 1 ta mikrokontrollerni boshqarish mumkin;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Mikrokontroller <strong>veb-mijoz<\/strong> sifatida va <strong>WiFi-stansiya<\/strong> rejimida marshrutizator orqali Internetga ulangan bo&#8217;llishi hamda shaxsiy veb-sayt mavjud bo&#8217;lishi kerak. Buning uchun <strong>veb-hosting pulli xizmatidan foydalanish zarur,<\/strong> uni hosting-provayderlardan ijaraga olish mumkin. Shundan keyin veb-sayt\/veb-server dasturiy ta&#8217;minoti PHP-fayl (skript)lar, MySQL ma&#8217;lumotlar bazasi yordamida yaratiladi va ularni o&#8217;zida saqlovchi <strong>texnik server<\/strong> vazifasini hosting provayderning virtual yoki jismoniy serveri bajaradi. Veb-serverga http-mijoz sifatida mikrokontrollerdan yuboriladigan http-so&#8217;rovlar <strong>&#8220;POST&#8221; <\/strong>metodi yordamida bajariladi (yuqoridagi WiFi orqali http\/websockets protokollari yordamida boshqaruvga doir misollarda <strong>&#8220;GET&#8221;<\/strong> metodidan foydalanilgan edi). Bunday usul bilan tegishli dasturiy yechimlar yordamida texnik serverga bog&#8217;langan xohlagancha sondagi mikrokontrollerlarni boshqarish mumkin, barcha ma&#8217;lumotlar esa bazada saqlanib qoladi. Ma&#8217;lumotlar bazasi vazifasini matnli fayl ham bajarishi mumkin. Quyiroqdagi navbatdagi misolda ushbu variantni ko&#8217;rib chiqamiz;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Mikrokontroller <strong>AP (kirish nuqtasi) rejimida<\/strong> ishga tushirilgan va unda yaratilgan <strong>veb-server (uning IP-manzili) tashqi tarmoqqa tegishli<\/strong> bo&#8217;lishi kerak. Ya&#8217;ni, mikrokontroller kirish nuqtasi uchun tashqi &#8220;oq&#8221; IP-manzil va yanada qulaylik uchun domen nomi ham sotib olinishi kerak. Ularni xizmat ko&#8217;rsatayotgan Internet provayder va registratorlardan sotib olish mumkin. Bunday usul asosan yirik loyihalar, ko&#8217;p sondagi boshqarish qurilmalarini umumlashgan holda boshqarish kabi holatlar uchun tavsiya etiladi;<\/li>\n<li style=\"text-align: justify;\">Mikrokontroller <strong>AP (kirish nuqtasi) rejimida<\/strong> ishga tushirilgan, lekin tashqi tarmoqqa tegishli &#8220;oq&#8221; IP-manzil olishning imkoni bo&#8217;lmasa, <strong>maxsus onlayn servislar (bulutli texnologiyalar) xizmatlaridan foydalanilishi zarur<\/strong>. Bunda foydalanuvchidan qo&#8217;shimcha ravishda tegishli onlayn servis xizmatlaridan foydalana olish ko&#8217;nikmalari talab etiladi, ayrim servislar to&#8217;liq yoki qisman pulli hisoblanadi. Hozirgi paytda Internet orqali boshqariladigan ko&#8217;plab aqlli qurilmalarni ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalarning aksariyati ham o&#8217;zlarining mustaqil veb-serverlariga (onlayn servislariga) ega. Masalan, Tuya Smart (Smart Life), Yandex Alice va hokazo. Saytimizda Internet orqali onlayn servislardan yana biri &#8211; Telegram API servisi (&#8220;API &#8211; Application Programming Interface&#8221;, ilovadagi dasturlash interfeysi) yordamida qurilmani Telegram boti orqali boshqarish bo&#8217;yicha ma&#8217;lumotlar <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=2095\">alohida darsda<\/a> keltirilgan. Kelgusida API servislari yordamida Internet orqali boshqarishning boshqa <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=2465\">ayrim variantlari<\/a> bilan ham tanishamiz.<\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>WiFi tarmoqlar bilan ishlashda ularni izlash, ularning xusisiyatlarini ko&#8217;rish, tarmoq Internetga ulangan yoki ulanmaganligini tekshirish uchun maxsus utilitalar &#8211; Arduino IDE ning tayyor namunaviy sketchlaridan foydalanish mumkin. Bu haqda <a href=\"https:\/\/yarat.uz\/?p=2117\">ushbu darsda<\/a> ma&#8217;lumotlar berilgan.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><strong>HTTP protokoli yordamida<\/strong><\/em><em><strong>\u00a0boshqaruv<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu usulda yarat.uz saytida (<span style=\"text-align: justify;\">texnik server)da <a href=\"http:\/\/iot.yarat.uz\/misol\/sensor.php\"><strong>http:\/\/iot.yarat.uz\/misol\/sensor.php<\/strong><\/a> fayli yordamida hosil qilingan veb-sahifaga <strong>http-mijoz sifatida mikrokontroller<\/strong>dan datchik ko&#8217;rsatkichlarini va mikrokontroller ichki svetodiodini boshqarish buyruqlarini yuborish <\/span><strong style=\"text-align: justify;\">&#8220;POST&#8221; <\/strong><span style=\"text-align: justify;\">metodi yordamida bajariladi<\/span><span style=\"text-align: justify;\">. Yuborilgan http-so&#8217;rovlar mazkur fayldagi maxsus php-skript yordamida qayta ishlanadi, qabul qilingan ko&#8217;rsatkichlar alohida matn fayllariga saqlanadi va hisobot sifatida mijozga ham qaytariladi. Bunda http-mijoz rolini ixtiyoriy <strong>veb-brauzer ham<\/strong> bajarishi mumkin, lekin natija ham faqat brauzerga qaytariladi. Bundan tashqari, brauzerdan yuborilgan boshqaruv buyruqlaridan iborat http-so&#8217;rovlar natijasi parallel ravishda mikrokontrollerga ham yuboriladi. Mikrokontrollerga qaytarilgan hisobot va boshqaruv buyruqlari port monitorida ham ko&#8217;rinadi. Ushbu vazifalarni alohida 2 ta misollar yordamida bajaramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Internetdagi serverga datchik ko&#8217;rsatkichlarini yuborishni 6-sketch, mikrokontroller ichki svetodiodini boshqarish buyruqlarini 7-sketch misolida ko&#8217;rib chiqamiz.<\/p>\n<p><em>6-sketch (datchik ko&#8217;rsatkichlarini Internetdagi serverga yuborish dasturi):<\/em><\/p>\n<pre><code><\/code><\/pre>\n<p><em>Natija:<\/em><\/p>\n<div class=\"epyt-video-wrapper\"><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_33699\"  width=\"800\" height=\"450\"  data-origwidth=\"800\" data-origheight=\"450\"  data-relstop=\"1\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/AoOvc8ACxjQ?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;cc_lang_pref=&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;rel=0&#038;fs=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;hl=ru_RU&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;controls=1&#038;\" class=\"__youtube_prefs__  epyt-is-override  no-lazyload\" data-vol=\"25\"  title=\"YouTube player\"  allow=\"fullscreen; accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\" data-skipgform_ajax_framebjll=\"\"><\/iframe><\/div>\n<p><em>7-sketch (Mikrokontroller ichki svetodiodini Internetdagi server orqali boshqarish dasturi):<\/em><\/p>\n<pre><code><\/code><\/pre>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dastur ishga tushganidan keyin, brauzer yordamida mikrokontroller svetodiodini yoqish uchun &#8220;iot.yarat.uz\/misol\/led.php?a=1&#8221; so&#8217;rovi, o&#8217;chirish uchun esa, &#8220;iot.yarat.uz\/misol\/led.php?a=0&#8221; so&#8217;rovi yuborilishi zarur (faqat so&#8217;rov oxiridagi raqam o&#8217;zgaradi).<\/p>\n<div class=\"epyt-video-wrapper\"><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_87325\"  width=\"800\" height=\"450\"  data-origwidth=\"800\" data-origheight=\"450\"  data-relstop=\"1\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/4PkhZiEccBE?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;cc_lang_pref=&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;rel=0&#038;fs=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;hl=ru_RU&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;controls=1&#038;\" class=\"__youtube_prefs__  epyt-is-override  no-lazyload\" data-vol=\"25\"  title=\"YouTube player\"  allow=\"fullscreen; accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\" data-skipgform_ajax_framebjll=\"\"><\/iframe><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">Boshqaruvni osonlashtirish uchun, aynan shu http-so&#8217;rovlarni serverga yuboruvchi mobil ilovani yaratish maqsadga muvofiq. Chunki, bunda boshqaruv uchun tayyor (masalan, &#8220;ON&#8221; va &#8220;OFF&#8221;) tugmalarni bosish yetarli bo&#8217;ladi. Misol tarzida, bunday ilovaning Mit App Inventor platformasidagi tashqi ko&#8217;rinishi va blokli kodi, shuningdek ilova yordamida boshqaruv jarayoni quyida keltirilgan.<\/p>\n<p><em>Ilovaning tashqi ko&#8217;rinishi:<\/em><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-4828\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/php_led1.png\" alt=\"\" width=\"946\" height=\"675\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/php_led1.png 946w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/php_led1-300x214.png 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/php_led1-768x548.png 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 946px) 100vw, 946px\" \/><\/p>\n<p><em>Ilovaning blokli kodi:<\/em><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-4827\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/php_led2.png\" alt=\"\" width=\"870\" height=\"725\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/php_led2.png 870w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/php_led2-300x250.png 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/php_led2-768x640.png 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 870px) 100vw, 870px\" \/><\/p>\n<p><em>Ilova yordamida svetodiodni boshqarish jarayoni:<\/em><\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" title=\"php-server va smartfon yordamida boshqaruv\" width=\"640\" height=\"360\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/fZknJdaUb5U?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share\" referrerpolicy=\"strict-origin-when-cross-origin\" allowfullscreen><\/iframe><\/p>\n<p><strong>Onlayn resurslar orqali hudud ob-havosini kuzatish.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Navbatdagi misol (8-sketch)da ESP8266 mikrokontrolleridan HTTP-so&#8217;rov yuborish orqali ma&#8217;lum bir hudud (shahar, tuman va hokazo) uchun onlayn servisdan ob-havo ma&#8217;lumotlarini olishni ko&#8217;rib chiqamiz. Kelgusida, ushbu koddan aqlli uy loyihasida ham foydalanilishi mumkin. Misol sifatida ob-havo ma&#8217;lumotlarini tarqatuvchi &#8220;<a href=\"https:\/\/openweathermap.org\/\">OpenWeatherMap<\/a>&#8221; bepul onlayn resursidan olamiz (buning uchun saytda akkaunt ochib, API-kalit olish talab etiladi. Kalitni sketchdagi alohida belgilangan matn o&#8217;rniga kiritish zarur). Resursning API interfeysi yordamida olingan JSON formatidagi ushbu ma&#8217;lumotlarni <a href=\"https:\/\/github.com\/bblanchon\/ArduinoJson\">maxsus biblioteka<\/a> yordamida matn holatiga keltiramiz va port monitoriga chiqaramiz. Sketchdagi izoh holatiga o&#8217;tkazilgan qatorlarni faollashtiribsh orqali OpenWeaterMap o&#8217;rniga Narodmon servisidagi datchik ko&#8217;rsatkichlarini ham olish mumkin.<\/p>\n<p><em>8-sketch (OpenWeatherMap servisi orqali ob-havo ma&#8217;lumotini olish):<\/em><\/p>\n<pre><code><\/code><\/pre>\n<p><em>Natija:<\/em><\/p>\n<div class=\"epyt-video-wrapper\"><iframe loading=\"lazy\"  id=\"_ytid_92523\"  width=\"800\" height=\"450\"  data-origwidth=\"800\" data-origheight=\"450\"  data-relstop=\"1\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/p0FtXFl9cu4?enablejsapi=1&#038;autoplay=0&#038;cc_load_policy=0&#038;cc_lang_pref=&#038;iv_load_policy=1&#038;loop=0&#038;rel=0&#038;fs=1&#038;playsinline=0&#038;autohide=2&#038;hl=ru_RU&#038;theme=dark&#038;color=red&#038;controls=1&#038;\" class=\"__youtube_prefs__  epyt-is-override  no-lazyload\" data-vol=\"25\"  title=\"YouTube player\"  allow=\"fullscreen; accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen data-no-lazy=\"1\" data-skipgform_ajax_framebjll=\"\"><\/iframe><\/div>\n<p><strong>Onlayn resurslarga hudud ob-havosini yuborish, ular orqali masofadan boshqarish.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu misolda &#8220;\u041d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043d\u044b\u0439 \u043c\u043e\u043d\u0438\u0442\u043e\u0440\u0438\u043d\u0433&#8221; resursiga Arduino qurilmasi termodatchigi ko&#8217;rsatkichlari hamda rozetka (ichki svetodiod) holatini joylashtirish jarayonlarini ko&#8217;rib chiqamiz. Bundan tashqari, ushbu resursning saytidan svetodiodni boshqaruv buyrug&#8217;ini yuboramiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Resursdan foydalanish yoki unga datchik ko&#8217;rsatkichlarini yuborish uchun akkaunt (profil) ochish, yangi ilova (&#8220;\u041f\u0440\u0438\u043b\u043e\u0436\u0435\u043d\u0438\u0435&#8221;) yaratish va token olish zarur bo&#8217;ladi. Bu ma&#8217;lumotlarni keyinchalik &#8220;\u041f\u0440\u043e\u0444\u0438\u043b&#8221; menyusi orqali ko&#8217;rish va o&#8217;zgartirish ham mumkin. Resursdan bepul foydalanilganda, bir qator cheklovlar o&#8217;rnatiladi. Masalan, datchik ko&#8217;rsatkichlari ba boshqaruv buyruqlarini yuborish intervali kamida 5 daqiqa bo&#8217;lishi kerak. Jumladan, saytdan yuboriladigan boshqaruv buyrug&#8217;i ham shuncha vaqtdan keyin amalga oshiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Datchik ko&#8217;rsatkichlari saytda dastlab faqat foydalanuvchining o&#8217;zi uchun ko&#8217;rinadi. Uni hamma uchun ko&#8217;rinadigan holatga o&#8217;tkazish uchun qurilma va datchik ko&#8217;rsatkichlari bir qator talablarga javob berishi kerak.<\/p>\n<p><em>Kerakli jihozlar:<\/em><\/p>\n<p><em>1) Wemos D1 mini platasi + USB-kabel + o&#8217;tkazgichlar to&#8217;plami;<br \/>\n<\/em>2) Tugma &#8211; 1 ta;<br \/>\n3) DS18B20 termodatchigi &#8211; 2 ta;<br \/>\n4) Rezistor 4,7 kOm &#8211; 1 ta.<\/p>\n<p><em>Sxema:<\/em><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"wp-image-5082 size-full aligncenter\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_sxema.png\" alt=\"\" width=\"562\" height=\"495\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_sxema.png 562w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_sxema-300x264.png 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 562px) 100vw, 562px\" \/><\/p>\n<p><em>Sketch:<\/em><\/p>\n<pre><code><\/code><\/pre>\n<p><em>Natija:<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dastur ishga tushirilganida, qurilmaning port monitorida MAC-manzili ko&#8217;rsatiladi. &#8220;\u041d\u0430\u0440\u043e\u0434\u043d\u044b\u0439 \u043c\u043e\u043d\u0438\u0442\u043e\u0440\u0438\u043d\u0433&#8221; saytida qurilmani ro&#8217;yxatga olishda aynan shu MAC-manzilni ko&#8217;rsatish talab etiladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-5076\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_port.png\" alt=\"\" width=\"899\" height=\"471\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_port.png 899w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_port-300x157.png 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_port-768x402.png 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 899px) 100vw, 899px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saytdagi sozlamalar hammasi to&#8217;g&#8217;ri bajarilgan bo&#8217;lsa, xaritada &#8220;Fergana&#8221; qurilmasi ko&#8217;rinishi kerak. Sichqoncha yordamida uni tanlansa, u haqidagi asosiy ma&#8217;lumotlar ko&#8217;rsatiladi: uning egasi (&#8220;\u0412\u043b\u0430\u0434\u0435\u043b\u0435\u0446&#8221;), qurilmaning identifikatsiya kodi (&#8220;D1951&#8221;), nomi (&#8220;Fergana&#8221;), datchiklar nomlari (&#8220;\u0422\u0435\u0440\u043c\u043e\u043c\u0435\u0442\u0440 \u21161&#8221;, &#8220;\u0422\u0435\u0440\u043c\u043e\u043c\u0435\u0442\u0440 \u21162&#8221;) va ko&#8217;rsatkichlari, boshqariladigan qurilma nomi (&#8220;\u0420\u043e\u0437\u0435\u0442\u043a\u0430&#8221;) va holati (&#8220;ON&#8221; yoki &#8220;OFF&#8221;), ma&#8217;lumot oxirgi yangilangan vaqti va boshqa qo&#8217;shimcha ma&#8217;lumotlar. Bundan tashqari, har bir datchik ham o&#8217;z identifikatsiya kodiga (S42321, S42322, S49032) ega bo&#8217;ladi. Dasturlash jarayonida ushbu kodlardan foydalanilishi mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-5077 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_map.png\" alt=\"\" width=\"1057\" height=\"649\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_map.png 1057w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_map-300x184.png 300w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_map-1024x629.png 1024w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_map-768x472.png 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1057px) 100vw, 1057px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Agar sayt orqali qurilmaga xabar yoki boshqaruv buyrug&#8217;ini yuborish zarurati tug&#8217;ilsa, buni &#8220;\u0414\u0430\u0442\u0447\u0438\u043a\u0438&#8221; menyusidagi &#8220;\u041d\u0430\u0441\u0442\u0440\u043e\u0439\u043a\u0430 \u0434\u0430\u0442\u0447\u0438\u043a\u043e\u0432 \u0438 \u0442\u0440\u0438\u0433\u0433\u0435\u0440\u043e\u0432&#8221; buyrug&#8217;i yordamida bajarish mumkin. Shuningdek, shu oynadagi &#8220;\u0422\u0418\u041f \u0414\u0410\u041d\u041d\u042b\u0425&#8221; bo&#8217;limida har bir datchik turini aniq ko&#8217;rsatib qo&#8217;yish mumkin (saytda datchiklar turi avtomatik ravishda o&#8217;rnatiladi, ba&#8217;zi datchiklar turi notog&#8217;ri o&#8217;rnatilgan bo&#8217;lishi ham mumkin). Masalan, datchikni viklyuchatel (rozetka) holatiga o&#8217;tkazish uchun uning turini &#8220;\u041b\u043e\u0433\u0438\u0447\u0435\u0441\u043a\u0438\u0439&#8221;ga o&#8217;zgartirib qo&#8217;yish zarur. Shundan keyin saytdagi datchik ma&#8217;lumotlarida uning holati &#8220;ON&#8221; (R1=1 bo&#8217;lganda) yoki &#8220;OFF&#8221; (R1=0 bo&#8217;lganda) yozuvlari bilan ko&#8217;rsatila boshlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ochilgan oynadagi &#8220;\u041f\u041e\u041a\u0410\u0417\u0410\u041d\u0418\u042f&#8221; bo&#8217;limidan tegishli pereklyuchatel bosilsa, oynaning chap quyi qismida boshqaruv kodi (masalan, &#8220;R1=1&#8221; yoki &#8220;R1=0&#8221;) ko&#8217;rsatiladi. Boshqaruv buyrug&#8217;i qurilmaga datchik ko&#8217;rsatkichlari olingandan keyin, &#8220;OK&#8221; yozuvi o&#8217;rniga yuboriladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter wp-image-5075 size-full\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_control.gif\" alt=\"\" width=\"1234\" height=\"752\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buyruq yuborilgan paytda bu haqda eslatma ko&#8217;rsatiladi. Eslatma faqat saytda, elektron pochta, SMS va boshqa vositalar yordamida yetkazilishi mumkin.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-full wp-image-5078 aligncenter\" src=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_control2.png\" alt=\"\" width=\"356\" height=\"299\" srcset=\"https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_control2.png 356w, https:\/\/yarat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/01\/narodmon_control2-300x252.png 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 356px) 100vw, 356px\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em>Mustahkamlash uchun topshiriqlar<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>INTERNET ORQALI BOSHQARUV SHARTLARI WiFi orqali boshqarish degani har doim ham qurilmani Internet orqali boshqarish mumkinligini anglatmaydi, hatto WiFi-routerimiz Internetga ulangan bo&#8217;lsa ham. Chunki, yuqoridagi sketchlar yordamida yaratiladigan IP-manzillar ichki tarmoq manzili hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, qurilmani boshqarish, masofadan boshqaruv doirasiga ko&#8217;ra, lokal yoki global usullarida amalga oshirilishi mumkin. Bunda: lokal boshqaruv usulida boshqaruv faqat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[6],"tags":[],"class_list":["post-4997","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-namunaviy-sketchlar"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4997","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=4997"}],"version-history":[{"count":7,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4997\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5083,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/4997\/revisions\/5083"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=4997"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=4997"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/yarat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=4997"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}