19.05.2026

Saytimizda ma’lumotlari keltirilgan elektron komponentlar – hoh u robototexnika bo’yicha amaliy o’quv mashg’ulotlari uchun mo’ljallangan bo’lsin, hoh “aqlli uy”ni jihozlash uchun bo’lsin, yoki hoh shunchaki qiziqish tufayli mustaqil ravishda biron elektron qurilmani yasash uchun bo’lsin, ularni asosan Aliexpress, Temu, Wildberries xalqaro marketpleyslaridan yoki mahalliy marketpleyslar va robototexnika do’konlaridan, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali ham onlayn sotib olinishi mumkin. Hozirgi paytda xalqaro marketpleyslar orqali tovar sotib olganda ham mahalli pul birliklari (so’m) va plastik kartalari (UzCard, HUMO) dan bemalol foydalanish mumkin.

Xitoyning AliExpress marketpleysidan Farg’ona shahrigacha yetkazib berish vaqti o’rtacha 2 haftani tashkil etadi (agar tovar yo’lda yo’qolib, 45-60 kungacha ham yetkazilmagan taqdirda yo takroran yuboriladi, yoki puli qaytariladi). Rossiyaning Wildberries marketpleysi orqali yetkazib berish muddatlari ham rasman shunday (amalda 3-4 haftagacha). Lekin, Xitoyda ishlab chiqarilgan bir xil tovarnini yetkazib berish narxi ular orasida solishtirib ko’rilganda, AliExpress, Temu do’konlari narxlari nisbatan arzonligini kuzatish mumkin. Ayniqsa, 2024 yildan o’z faoliyatini boshlagan Temu do’konidan hatto bepul sovg’alarga ega bo’lish imkoniyatiha mavjud.

Wildberries orqali yetkazib berish aksariyat davrlarda bepul (kamdan-kam hollarda, vaqtincha pulli bo’lishi ham mumkin), aniqrog’i yetkazish harajatlari tovar narxiga qo’shib ko’rsatiladi. AliExpressda esa, aksariyat hollarda tovar narxi va yetkazib berish narxi alohida ko’rsatiladi. Shu bilan birga, bir xil tovarning va yetkazish narxlari AliExpressning turli kichik do’konlarida bir-biridan farq qiladi. Bepul yetkazish esa, kamdan kam hollarda belgilanadi. Shunda ham, yetkazish harajatlari tovar narxiga qo’shib ko’rsatiladi. Yetkazib berish Temu do’konida aksariyat hollarda bepul ekanligi ham ko’p hollarda AliExpressni ham ortda qoldiradi.

Lekin Aliexpressga birinchi marta tashrif buyurgan inson shoshilib harakat qilsa, kerakli tovarni nisbatan qimmat narxda sotib olish ehtimoli katta bo’ladi. Aksariyat do’konlarda tovarni yetkazib berish narxi unig og’irligidan kelib chiqib belgilanadi, lekin har doim emas. Masalan, ba’zi do’konlarda narx arzon, lekin yetkazish (yo’lkira) narxi juda baland ko’rsatiladi, yoki narx bilan yo’lkira deyarli bir xil narxda ko’rsatilaveradi. Bu borada Temuda ko’p hollarda yo’lkira bepul ekanligi xaridorning mahsulot tanlashdagi mashaqqatlarini yengillashtirishi aniq.

Ma’lumki, Aliexpress ham boshqa marketpletslar kabi bitta joydan topish mumkin bo’lgan Xitoydagi minglab do’konlarning umumiy manzili hisoblanadi. Demak, aslida do’konlar Xitoyning turli hududlarida joylashgan bo’lishi mumkin va ulardan tovarni yetkazib berish narxlari ham har xil bo’ladi. Albatta, har bir do’konning aynan Xitoyning qaysi hududida joylashganini aniqlash qiyin masala va buni hojati ham yo’q. Lekin, sotib oluvchi uchun tovarning umumiy narxi muhim. Shunchaki bir xil tovar narxi va yo’lkira haqini turli do’konlarda solishtirib ko’rish kerak xolos.

Shuning uchun, tovarni tanlash paytida faqat uning narxiga emas, balki yo’lkirasiga ham e’tibor berish kerak.  Masalan, narxi eng arzon koringan tovar yo’lkirasi boshqalarinikidan qimmatligi hisobiga, umumiy narx ham qimmat bo’lishi mumkin. Yoki, aksincha, narxi qimmatroq ko’rsatilgan tovar mutlaqo bepul yetkazib berilishi mumkin, hatto boshqa davlatlarga ham! Bundan tashqari, ba’zida marketpleysda turli chegirmali aksiyalar ham o’tkazib turiladi.

Lekin unutmaslik kerakki, ba’zi do’konlarda tovar ko’proq sonda sotib olinganda ham yo’kira narxi ma’lum chegaragacha umuman oshmasligi mumkin. Ba’zilarida esa, tovar soni oshishi bilan yo’lkira haqi ham parallel ravishda oshirib ko’rsatiladi. Shuning uchun, ko’p sonda tovar sotib olinganda xuddi shuncha sondagi tovarning umumiy summasini ham turli do’konlardagi bilan solishtirish tavsiya etiladi.

Agar Siz o’zingiz mustaqil ravishda AliExpress, Temu yoki Wildberriesdan tovar sotib olishga ikkilansangiz, lekin “O’zing yarat!” loyihasi ishtirokchisi bo’lsangiz (masalan, onlayn kurslarimiz o’quvchisi yoki “Aqlli uy” jihozlari buyurtmachisi bo’lsangiz), bizning xodimlarimiz Sizga mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olishda yordam berishga tayyor!

Bundan tashqari, Farg’ona shahar “Fer Modern Service” xususiy korxonasi kelgusida o’quv kurslari uchun kerakli mahsulotlarni, shuningdek, “aqlli uy”ni jihozlash uchun kerakli qurilmalarni, ulgurji narxlarda Xitoydan sotub olib, Farg’ona shahrida arzon chakana savdosini yo’lga qo’yishni rejalashtirgan. Bu haqda alohida xabar qilinadi.