Hurmatli tashrif buyuruvchi!
Siz “O’zing yarat!” loyihasi – radioelektronika havaskorlari saytidasiz!
Mazkur saytda keltirilgan ma’lumotlar va o’quv materiallari asosan elektronika va mikrokontrollerlarni dasturlash sohasiga qiziquvchi (radiohavaskor) va shu sohalardagi o’z bilimlarini mustahkamlashni istagan shaxslar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda kundalik hayotda uchraydigan elektron qurilmalarning ishlash prinsipi bilan tanishish (“Sharhlar” menyusi), elektronika sohasining asosiy tushunchalari – elektron komponentlar va elektr sxemalar, Arduini tizimi yordamida zamonaviy mikrokontrollerlarni dasturlash (proshivka qilish), kichik qurilmalarni mustaqil yaratish yoki ta’mirlash bo’yicha (“Darslar” menyusi) bazaviy ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkin. Bundan tashqari, “Boshqa” menyusida “O’zing yarat!” loyihasi doirasidagi o’quv kurslari, “Aqlli uy”ni jihozlash xizmatlari, onlayn do’kon haqidagi ma’lumotlarga havolalar ham mavjud.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O’zing yarat!” loyihasining asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
- Sayt tashrif buyuruvchilari hamda loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari o’rtasida radiohavaskorlik, robototexnika va Arduino tizimidan foydalangan holda o’zlarining texnik ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlariga motivatsiya berish;

- Muallifning “Aqlli uy” texnologiyalari va boshqa zamonaviy elektronika yutuqlaridan, xususan, Arduino tizimining yutuqlaridan foydalanib yaratgan shaxsiy loyihalarini targ’ib qilish (“Loyihalar” menyusi), ularning sxemalari, kerakli detallari ro’yxati va tayyor proshivkasidan bepul foydalanib, muallif loyihalarini mustaqil takrorlash imkoniyati;

- Ota-onalar uchun farzandlarining yuqoridagi sohalar, shuningdek robototexnika yo’nalishi bo’yicha texnik ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, bilim va ko’nikmalarini oshirishlarida yaqindan yordam berish, buning uchun Arduino va elektronika asoslari bo’yicha ko’proq amaliyotga asoslangan onlayn va oflayn o’quv kurslarini tashkil etish, o’quvchilarning o’zlari yaratgan texnik ijod namumalarini namoyish qilib borish;

- Havaskorlik elektronikasi, robototexnika sohalari bo’yicha saytning boshqa tashrif buyuruvchilari va loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunachilarining (qonunchilik doirasida!) yaratgan foydali va qiziqarli loyihalarini (qurilmalarni), layfhaklarni namoyish qilib borishlari uchun sharoit yaratish;

- Mustaqil tarzda turli loyihalarni va tayyor elektron qurlmalarni yaratishda foydalanish mumkin bo’lgan, xususan, muallif tajribasida foydalanilgan zamonaviy mikrokontrollerlar, elektron modullar, datchiklar (sensorlar) va ayrim boshqa elektron komponentlar bo’yicha muallif sharhlarini joylashtirib borish;

- Tashrif buyuruvchilar va obunachilarni imkoniyat doirasida Arduino, “Aqlli uy” hamda robototexnika sohasidagi qiziqarli yangiliklar bilan tanishtirib borish;

- Mahalliy sharoitda usbu sohani rivojlantirish bo’yicha muallif, tashrif buyuruvchilar va obunachilarning taklif va tavsiyalarini berib borish.

Diqqat!
Saytning to’liq versiyasi vaqtincha faqat “O’zing yarat!” lohihasi qatnashchilari va onlayn darslar o’quvchilari uchun mo’ljallangan. Agar Siz saytga tashrif buyurganingizda uning menyusidagi asosiy bo’limlar va tegishli sahifalar ochilmasa, bu Sizning saytda ro’yxatdan o’tmaganligingiz va administrator tomonidan o’quvchi yoki loyiha qatnashchisi sifatida tasdiqdan o’tmaganingizni bildiradi. Tasdiqdan o’tish uchun dastlab saytda ro’yxatdan o’tish va shundan keyin paydo bo’lgan “Boshqa” menyusidagi “Sayt haqida” sahifasida keltirilgan kontakt ma’lumotlari bo’yicha muallifga murojaat qilish mumkin.
Saytning to’liq versiyasi materiallari o’quvchilarning keng auditoriyasiga mo’ljallangan. Shuning uchun unda keltirilgan ayrim ma’lumotlar ko’pchilik uchun juda sodda va keraksizdek tuyulishi, boshqa ayrim ma’lumotlar esa, aksincha ko’pchilik uchun qiyindek yoki qiyin tilda tushuntirilgandek tuyilishi mumkin. Bu – tabiiy. Chunki, muallif tomonidan har bir dars materiali uning qanday yoshdagilar auditoriyasiga mos kelishi hisobga olib joylashtirilgan. Bunday materiallar qiyinlik darajasiga ko’ra, sarlavhasi oxirida ularning taxminan qanday yosh kategoriyasiga mos kelishini ifodalovchi ma’lumot o’rta [to’rtburchak] qavs ichida ko’rsatib qo’yilgan.
Masalan, [14+] yozuvi – 14 yosh (o’quvchilar) va undan kattalar uchun, [18+] – 18 yosh (talabalar) va undan kattalar uchun mo’ljallanganligini bildiradi. Agar material sarlavhasida yosh kategoriyasi ko’rsatilmagan bo’lsa, ushbu materialda har qanday murakkablikdagi materiallar uchrashi mumkinligini bildiradi. Bunday materialdan har kim o’zining o’zlashtirish darajasiga ko’ra foydalanishi mumkin. Zarurat tug’ilsa, kelgusida boshqa yosh kategoriyalari ham ajratilishi mumkin.
Yuqorida aytib o’tilganidek, ayrim yo’nalishlar bo’yicha faqat bazaviy ma’lumotlar keltirilgan. Shuning uchun saytdagi ayrim muallif materiallari (darslar)ning faqat boshlang’ich qismlari, dasturiy kodlar hamda audio-videomateriallar to’liq joylashtirgan, shuning uchun ular oxiriga yetmay qolgandek tuyilishi mumkin (masalan, ayrim darslar oxiridagi mustahkamlash amaliy mashg’ulotlari topshiriqlari va ularning qanday bajarilishi jarayonlari). Aslida, qolgan matnli, audio va video materiallar onlayn kurs mashg’uloti sifatida faqat onlayn darslar davomida yetkaziladi yoki kurs o’quvchilarining Telegram messenjeridagi shaxsiy akkauntlariga yuboriladi. Shunday bo’lsa-da, keltirilgan bazaviy ma’lumotlarning o’zi ham ko’pchilik uchun yetarli bo’lishi va ular o’z ustida ishlash/izlanish orqali berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishi ham mumkin.
Loyiha dastlabki bosqichda bo’lganligi sababli, saytdagi ayrim sahifalar ma’lumotlari qayta tahrirlanishi, ularga yangi ma’lumotlar qo’shilishi, muallif tomonidan ma’lumotlarni taqdim etish shartlari o’zgarishi mumkin. Buning uchun muallif keltirilishi mumkin bo’lgan noqulayliklar uchun sayt tashrif buyuruvchilari va obunachilardan oldindan uzr so’raydi!
O’ylaymizki, sayt materiallari aynan Siz yoki farzandingiz uchun foydali bo’ladi!