19.04.2026

“O’zing yarat!” loyihasi doirasidagi pulli o’quv kurslari va boshqa xizmatlar Farg’ona shahar “Fer Modern Service” xususiy korxonasi tomonidan ko’rsatiladi. Standart (3 yoki 4 oylik) o’quv kurslarini yakunlaganlarga sertifikat beriladi.

Onlayn qarslarga tegishli guruh to’lgan zahoti start beriladi.
Barcha onlayn darslar Telegram messenjeri orqali konferensiya rejimida olib boriladi.
Kunduzgi dars vaqti 06:00 dan 18:00 gacha oraliqdan guruhdagi o’quvchilar bilan kelishilgan holda tanlanadi (masalan, 06:00 dan 08:00 gacha, 10:00 dan 12:00 gacha, 15:00 dan 17:00 gacha va hokazo);
Kechki dars vaqti 19:00 dan 23:00 gacha oraliqdan guruhdagi o’quvchilar bilan kelishuv asosida tanlanadi (Masalan, 20:00 dan 22:00 gacha yoki 21:00 dan 23:00 gacha va hokazo).

O’quvchilarga qo’yiladigan asosiy talablar:

  • Kompyuter savodxonligi, dasturlash asoslari bo’yicha boshlang’ich bilimlarga ega bo’lish;
  • Yoshi “Robototexnika” (14+) yoki “Robototexnika-2” (18+) kurslari bosqichiga mos bo’lishi;
  • yarat.uz saytida ro’yxatdan o’tish. Barcha dars materiallari va dasturlar kodlari saytda oldindan joylashtirilgan va konspekt qilib borishga ehtiyoj yo’q. Lekin, ulardan to’liq foydalanishga faqat ro’yxatdan o’tgandan o’quvchilarga sayt admini tomonidan ruxsat beriladi, boshqalar uchun dars materiallari to’liq ko’rsatilmaydi;
  • Windows 7/8/10/11 operatsion tizimlaridan biri o’rnatilgan stol kompyuteri yoki noutbuk. Unga esa, quyidagi dasturlar oldindan o’rnatililishi maqsadga muvofiq (namuna sifatida Windows 10/64 uchun tegishli dasturning manbasiga va tayyor fayliga (qavs ichidagisi) to’g’ridan-to’g’ri havolalar keltirilmoqda): 1) “Telegram desktop” (v.5.1.0.7); 2) “Arduino IDE” (v.1.8.19), imkoniyat doirasida Arduino IDE uchun ESP8266 va ESP32 platalari dasturiy ta’minoti/drayverlari/bibliotekalari; 3) CH340 yoki CH341 (CH340, CH341), FT232, CP210x UART interfeysi/konverteri/programmator drayverlari; 4) ArduBlock dasturi (v.2.0 offlayn); (“Robototexnika-2” kurslari uchun FLProg (v.8.2.3 portativ) dasturi ham o’rnatilishi kerak). Boshqa bir qator dastur va Arduino IDE uchun bibliotekalar darslar davomida yuklab olinadi va o’rnatiladi;
  • Boshqalardan ortda qolmaslik uchun tegishli amaliy darslarga qadar o’quvchi kerakli o’quv qurollari va elektron komponent to’plamlarini sotib olgan bo’lishi kerak. O’quv qurollarini mustaqil ravishda ixtiyoriy robototexnika do’konidan yoki “O’zing yarat!” onlayn do’konidan sotib olishlari mumkin (ushbu sahifaga o’tib esa, ayrim boshqa onlayn do’konlardan mahsulotlarni yetkazib berish muddatlari va arzonroq sotib o’lish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqidagi ma’lumotlar bilan qisqacha tanishish mumkin). O’quv qurollarini hammasini birdaniga sotib olish majburiy emas, imkoniyat doirasida darslar oralig’ida sotib olish ham mumkin. Lekin, bunda onlayn do’konlardan buyurtma yetkazib berish vaqtini ham hisobga olish kerak.

Diqqat, aksiya!

“O’zing yarat!” loyihasi doirasidagi “Robototexnika” va “Robototexnika-2” kurslariga start berilishi munosabati bilan, o’quv kurslariga ro’yxatga yozilgan barcha o’quvchilarga amaliy darslarda foydalaniladigan bir qator dars qurollari bepul taqdim etiladi. Ushbu aksiya haqida batafsil ma’lumotlarni onlayn do’konning Telegram-kanalida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin!

 “O’zing yarat!” loyihasi doirasidagi onlayn o’quv kurslari narxlari

Kurs nomi Davomiy-ligi, oy Oylik to’lov, so’m * Yosh katego-riyasi ** Qo’shimcha izohlar
“Robototexnika va Arduino”. Boshlovchilar uchun. 14+. 1-bosqich 3 oy 400000 14+ O’quvchilar soni: 10 tagacha.
Jami: 72 soat.***
Robototexnika-2. IoT va Aqlli texnologiyalar”. 18+. 2-bosqich 4 oy 500000 18+ O’quvchilar soni: 10 tagacha.
Jami: 114 soat.
Ushbu kursni faqat 1-bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagalar uchun.
Masofadan boshqaruv texnologiyalari va IoT“. 18+” (qisqartirilgan kurs). 2 oy 750000 18+ O’quvchilar soni: 6 tagacha.
Jami: 48 soat.
Ushbu kursni faqat 1-bosqichini yakunlagalar davom ettirishlari mumkin.
Ushbu kursda faqat yo’nalishga daxldor mavzular o’rganiladi.
“Robototexnika-2. IoT va Aqlli texnologiyalar”. Individual malaka oshirish kursi. 14+. Faqat amaliy mashg’ulotlar.
1 oy 1000000 14+ O’quvchilar soni: 4 tagacha.
Jami: 24 soat.
Barcha 12 ta darsning mavzulari umumiy mavzular ro’yxatidan kelishuv asosida tanlanadi.
Ushbu kurs darslari faqat Arduino bo’yicha boshlang’ich bilim-malakalarga ega bo’lganlarga yoki Robototexnika-2 kursi o’qituvchilarini tayyorlashga mo’ljallangan va individual tarzda o’tiladi.
“Robototexnika-2. IoT va Aqlli texnologiyalar”. Individual ekspress malaka oshirish kursi. 14+. Faqat amaliy mashg’ulotlar.
soatbay 100000 / soat 14+ O’quvchilar soni: 2 tagacha.
Kunlik dars mavzulari (umumiy mavzular ro’yxatidan) kelishuv asosida  tanlanadi.
Ushbu kurs darslari faqat Arduino bo’yicha boshlang’ich bilim-malakalarga ega bo’lganlarga yoki Robototexnika-2 kursi o’qituvchilarini tayyorlashga mo’ljallangan va individual tarzda o’tiladi.

Izohlar:
* – amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan barcha asbob-uskunalar (payalnik to’plami, tester) va komponentlar to’plamini (mikrokontroller, rele, datchiklar, modullar, maket platasi, 3,3V/5V stabilizator, 5V akkumulyator, USB-kabel, o’tkazgichlar va hokazo) sotib olish harajatlari oylik to’lovlarga kirmaydi, ya’ni o’quvchilarning o’zlari hisobidan amalga oshiriladi. Ularni o’quvchilar o’zlari mustaqil ravishda yoki “O’zing yarat!” onlayn do’konidan sotib olishlari mumkin;
** – [14+] yosh kategoriyasidagi mavzular ularning murakkabligi va elektr xavfsizligi nuqtai nazaridan belgilangan, amaliy mashg’ulotlarda payalnik va yuqori kuchlanish bilan ishlanmaydi, faqat boshlovchilar uchun mo’ljallangan. [18+] yosh kategoriyasidagi mavzulari faqat kusning 1-bosqichini yoki robototexnika kurslarini yakunlaganlar hamda oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan. Kuslarga yozilish suhbat asosida amalga oshiriladi;
*** – Har bir dars rasman 2 soatni tashkil etadi, amalda mavzuga qarab 2.5 – 3 soatgacha davom etishi mumkin.

O’quv kurslarida o’rganiladigan mavzular

Kurs nomi Mavzular
“Robototexnika va Arduino”. Boshlovchilar uchun. 14+. 1-bosqich Kirish; dastlabki tushunchalar, elektron qurilma bloklari; Arduino, Robototexnika, Robototexnika-2 (IoT, Aqlli qurilma) tushunchalari; tayyor aqlli qurilmalarga misollar; radioelektron komponentlar, ularning sxemalarda ifodalanishi, mikrosxema, mikrokontroller tushunchalari; mikrokontrollerlar bilan tanishuv; AVR, ESP, Raspberry, STM32 mikrokontrollerlari asosidagi modul va platalar; UNO, Nano, ESP-01, ESP-12, Wemos D1 mini, NodeMCU, ESP32-C, ESP-32S, ESP32-CAM plata va modullari; Arduino IDE: o’rnatish, sozlash, dasturlash; sketch tushunchasi; kompilyatsiya, proshivka, programmator tushunchalari; dasturni mikrokontrollerga yuklash, bibliotekalardan foydalanish, sxemalar elektr ta’minoti; maket platalari bilan ishlash; raqamli va analog pinlar; sodda sketchlar; PWM-signal; indikator va displeylar, ularga ma’lumot chiqarish;  blokli dasturlash, ArduBlockda sketch yaratish; port monitori va plotteri; arifmetik, taqqoslash, mantiqiy va shartli operatorlar; analog va raqamli datchiklar; datchik va interfeys modullari; analog va raqamli pin – signalni kiritish/chiqarish; klassik usuldagi “Aqlli uy” loyihasi (1-bosqich): turli datchik hamda modullarni yagona mikrokontroller asosidagi “Aqlli uy”ga birlashtirish.
Robototexnika-2″. 18+. 2-bosqich

Matnli qator[18+]; massivlar; funksiya, turlari; biblioteka: o’rnatish, ulash, tahlil qilish, yaratish; Xotira va audio bilan ishlash: EEPROM, Progmem, RFID, SPIFFS/LittleFS, SD/MisroSD, MP3-modul; yuqori quvvatli yuklamani boshqarish: elektromagnitli rele (SDR), tranzistorli kalit, kontaktsiz rele (SSR); tashqi uzilishlar; masofadan boshqaruv: infraqizil pultda, RF433-modul, nRF24L01+, LoRa modullari, Bluetooth (Classic, BLE), GSM (SMS, RING, GPRS, DTMF), GPS-navigatsiya, WiFi (mobil ilova, utilitalar), Internet orqali boshqaruv usullari; boshqaruv texnologiyalari va protokollari: HTTP, WebSockets, UDP, MQTT, ESP-NOW, Telegram API, Google Firebase, ThingSpeak, RemoteXY, Blynk; OpenWeather va “Народный мониторинг” ob-havo servislari; zamonaviy usuldagi “Aqlli uy” loyihasi (2-bosqich): mustaqil aqlli qurilmalarni yagona “Aqlli uy” ilovasida birlashtirish, tashqi onlayn servislarga integratsiyalash.

“Masofadan boshqaruv texnologiyalari va IoT” qisqartirilgan maxsus kursi. 18+. Masofadan boshqaruv interfeyslari: infraqizil pultda, RFID, RF433-modul, nRF24L01+, LoRa modullari, Bluetooth (Classic, BLE), GSM (SMS, RING, GPRS, DTMF), GPS-navigatsiya, WiFi (mobil ilova, utilitalar), Internet orqali boshqaruv usullari; masofadan boshqaruv texnologiyalari va protokollari, IoT: HTTP, WebSockets, UDP, MQTT, ESP-NOW, Telegram API, Google Firebase, ThingSpeak, RemoteXY, Blynk. OpenWeather va “Народный мониторинг” ob-havo servislari;
“Robototexnika-2. IoT va Aqlli texnologiyalar” malaka oshirish maxsus kursi. 14+. Faqat amaliy mashg’ulotlar. Tinglovchilar tomonidan yuqoridagi kurslar mavzularidan tanlanadi. Jami individual amaliy darslar davomiyligi 1 oydan va soatlari 24 soatdan oshmasligi kerak.
“Robototexnika-2. IoT va Aqlli texnologiyalar”. Individual ekspress” malaka oshirish maxsus kursi. 14+. Faqat amaliy mashg’ulotlar. Tinglovchilar tomonidan yuqoridagi kurslar mavzularidan tanlanadi. Bundan tashqari, buyurtma asosida kelishilgan narxda, sohaga oid, lekin yuqoridagi ro’yxatga kiritilmagan boshqa ayrim mavzular bo’yicha alohida darslar tashkil etilishi mumkin. Jami individual amaliy darslar soati cheklanmaydi.