19.04.2026

Sayt haqida

Ushbu sayt materiallari elektronika sohasi mutaxassisi yoki professional dasturchisi nuqtai nazaridan emas, balki mazkur sohalarga quzuquvchi havaskor dasturchi va radiohavaskor nuqtai nazaridan, xususan uning o’z tajribasidan kelib chiqib hamda Internet tarmog’i resusrslaridan foydalanib to’plagan ma’lumotlari asosida tayyorlangan. Shuning uchun, muallif saytda uchrashi mumkin bo’lgan ayrim kamchiliklar uchun oldindan uzr so’raydi va bunday kamchiliklar bo’yicha bildirilgan xolis fikr-mulohazalarni qabul qilishga tayyor ekanligini bildiradi!

Sayt tashrif buyuruvchilari materiallarga o’z fikrlarini qoldirishi, muallifga o’z tajribalari, loyihalari, dasturiy yechimlari, layfhaklar, YouTubedagi videomateriallarga havolalar, muallif loyihalari va maqolalari bo’yicha takliflar, tavsiyalar va boshqa fikr-mulohazalarini (kommentariylarni) yuborishi mumkin. Ular sayt administratori tomonidan ko’rib chiqilgach, saytning tegishli bo’lim va sahifalariga uning muallifi nomidan joylashtirib boriladi.

Muallif “O’zing yarat!” loyihasiga qiziqish bildirgan va uning doirasida hamda uni yanada takomillashtirish bo’yicha hamkorlik qilish istagida bo’lgan barcha shaxslar bilan ikki tomonlama manfaatli shartlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildiradi!

Sayt menyulari va materiallar ruknlari

Har qanday materialiga uning rukni asosida yoki saytning asosiy menyusi yordamida o’tilishi mumkin.

Sayt asosiy menyusidagi quyi menyular va menyu elementlari orqali quyidagi ma’lumotlarga o’tilishi mumkin:

“Darslar>Dastlabki ma’lumotlar” menyusi – radioelektronika sohasini va Arduino tizimini o’rganishda va o’z loyihalarini yaratishda bilish zarur bo’lgan muhim tushunchalar va ma’lumotlar;

“Darslar>Arduino” menyusi – Arduino tizimi, uning ahamiyati, texnik va dasturiy qismlari, dasturlash asoslari haqidagi muhim ma’lumotlar, o’quv mashg’ulotlari uchun bazaviy (nazariy) materiallar;

“Darslar>Amaliy mashg’ulotlar” menyusi – Arduino tizimi bo’yicha o’quv kursi o’quvchilari uchun amaliy mashg’ulotlar materiallari;

“Loyihalar>Muallif loyihalari” menyusi – muallif tomonidan yaratilgan yoki yaratilish jarayonida bo’lgan amaliy loyihalarning matnli hamda video-materiallari, dastur kodlarining boshlang’ich versiyalari, ularni takomillashtirish bo’yicha takliflar, tavsiyalar va g’oyalar;

“Loyihalar>Foydalanuvchi loyihalari” menyusi – havaskorlik elektronikasi, robototexnika sohalari bo’yicha sayt tashrif buyuruvchilari va obunachilarning qonunchilik doirasida o’zlari yaratgan loyihalari haqidagi ma’lumotlari;

“Sharhlar” menyusi – foydalanuvchilar uchun mustaqil tarzda turli loyihalarni va tayyor elektron qurlmalarni yaratishda (yoki shunchaki amalda qo’llash maqsadida) foydalanish mumkin bo’lgan, xususan, muallif tajribasida foydalanilgan zamonaviy mikrokontrollerlar, elektron modullar, datchiklar (sensorlar) va ayrim boshqa elektron komponentlar vazifasi, xususyiyatlari bo’yicha muallifning sharhlari;

“Boshqa” menyusi – veb-sayt menyulari, loyiha muallifi haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va boshqa foydali resurslar haqidagi ma’lumotlar.

Sayt muntazam tahrirlash jarayonida ekanligi sababli, material ruknlariga qoo’shimcha materiallar va/yoki menyularga qo’shimcha elementlar qo’shilishi yoki tahrirlanishi mumkin.

 

Loyiha resurslari:

YouTube-kanal: @yarat.uz
Telegram-kanal: t.me/yarat_uz, muhokama guruhi: t.me/yarat_uz_gr, o’quv/tijorat yopiq guruhi: t.me/+SX0Q8V1oGKY2Njky.

 

Muallif haqida

YATT Komilov Nizomiddin Asrorovich – havaskor dasturchi va radiohavaskor, tadbirkor.
Telefon: (+998-93) 647-88-99, (+998-97) 335-35-60
E-mail: kn75@list.ru,
Telegram-akkaunt: t.me/NK_1975
Instagram: nizomiddin_1975

Korxona haqida

Saytda sahifalarida keltirilgan pulli xizmatlar (Arduino bo’yicha onlayn o’quv kurslari, “aqlli uy”ni jihozlash xizmalari) Farg’ona shahar “Fer Modern Service” xususiy korxonasi tomonidan ko’rsatiladi.

E-mail: .
Direktor: Asrorov Sanjarbek Nizomiddin o’g’li (+998-93) 705-88-55