22.04.2026

Aqlli soat [18+]

(Material tahrirlash va to’ldirish jarayonida)

Aqlli soat

Tabiiyki, “Aqlli uy”ni elektron soatsiz, yana ham aniqrog’i “Aqlli soat”siz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Tasavvur qiling, uyingizdagi soat avtomatik ravishda internetga ulanib, o’zini-o’zi to’g’rilab tursa va kun davomida Sizga joriy vaqt va temperaturani ko’rsatib tursa. Muallif tomonidan yaratilgan elektron soatning dastlabki varianti shunday imkoniyatlarga ega (bundan tashqari, azon chaqirish vaqtlarini matn yoki tovush signallari yordamida eslatib turish funksiyalariga ega). Kelgusida uni takomillashtirish hamda yangi (budilnik, taymer, sekundomer, turli xonalardagi temperaturani kuzatib boruvchi termometr, WiFi/bluetooth orqali boshqaruv va hokazolar) funksiyalarni qo’shish va tabiiyki, uni “aqlli uy” umumiy loyihasiga integratsiyalash rejalashtirilgan.

Soat “standart”, “tovushsiz”, “passiv ekran” rejimlarida ishlashi mumkin. Shu va boshqa rejimlarni tanlash uchun hozircha yagona sensor knopkasidan foydalaniladi. Bundan tashqari, soatni tungi vaqtlarda “passiv ekran” rejimiga avtomatik ravishda o’tkazish ham ko’zda tutilgan.

“Oddiy soat” rejimida qurilma doimiy ravishda faqat joriy vaqt, temperatura va sanani ko’rsatib turadi.

Yuqoridagi “standart”, “passiv ekran”, “tovushsiz” rejimlariga o’tilganda yoki ulardan chiqilganda, tegishli parametrlar knopka bosilgan vaqtda qurilmaning xotirasiga saqlab qo’yiladi. Natijada, qurilma qayta yoqilganda u oxirgi saqlangan parametrlar bilan ishga tushadi.

Elektron soatni ushbu varianti LCD1602 displeyi uchun mo’ljallangan. Keyinchalik ushbu elektron soatning shu va boshqa turli hajmdagi displeylar uchun mo’ljallangan variantlarini yaratish ham ko’zda tutilgan.

Qurilmani takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, kiritilgan o’zgartirishlar, bartaraf etilgan kamchiliklar haqida muallif tomonidan ushbu sahifada ma’lum qilib boriladi.

Bundan tashqari, sayt foydalanuvchilari va boshqa radiohavaskorlar ham elektron soatni takomillashtirish bo’yicha o’z fikrlarini muallifga yuborishlari yoki ushbu materialga kommentariy sifatida qoldirishlari mumkin.