19.04.2026

Pardani aqlli boshqarish

Ushbu sharh pardani ochish/yopishni boshqaruvchi qurilma – robot-motorning WiFi versiyasi va uning qo’llanilishiga bag’ishlanadi (Qurilmaning parda ilgichning turi va masofadan boshqaruv turiga qarab turli xil versiyalari (variantlari) ishlab chiqariladi). Uni AliExpress marketpleysidan izlab topish va sotib olish mumkin.

Qurilmaning Rim tayoqchasi (Roman rod) parda ilgich turiga mos keladigan WiFi versiyasi komplekti (yig’ilmagan holatida):

Qurilmaning ushbu versiyasi Tuya Smart mobil ilovasi va Google Assistent (ovozli assistent) yordamida boshqarilishi mumkin.

1. Pardani mobil ilova yordamida boshqarish (ochish/yopish). Buning uchun qurilma qo’llanma asosida mobil ilovadagi aqlli qurilmalar ro’yxatiga qo’shiladi va unga tushunarli nom beriladi. Ro’yxatdan shu nom tanlansa, qurilmaning statusini va boshqaruv tugmalarini ko’rsatuvchi oyna ochiladi. Parda qo’lda yopiq holga keltiriladi va qurilma unga instruksiya bo’yicha joylashtiriladi (ishlab chiqaruvchi rasmiy videosiga havolalar: 1-havola, 2-havola). Shundan keyin tegishli tugmalar yoki aqlli ssenariylar yordamida boshqarishni boshlash mumkin.

Pardani mobil ilova yordamida boshqarish:

Pardani Google Assistent yordamida boshqarish.

Quyidagi videolar bir-biriga o’xshash, lekin o’ziga xos jihatlari bor.

1-variant (yopish va ochish):

2-variant (yopish):

3-variant (ochish):

4-variant (ochish).

Aqlli qurilmalar va Google Assistent bilan yaxshi tanish bo’lganlar “bu yangilik emas-ku”, deyishi mumkin. Haqiqatan ham, aqlli qurilmalarni tovush assistentlari yordamida boshqarish yangilik emas.
Lekin, e’tibor bersangiz, oxirgi videolarda Google Assistent pardani o’zbek tilidagi buyruq bo’yicha boshqaryapti!
Ma’lumki, Google Assistent sanoqli tillarda ishlay oladi. Uning lug’atlari ro’yxatida esa, o’zbek tili lug’ati mavjud emas.
Lekin qalovini topsang, qor ham yonadi, deyishadi…
Hozircha o’zbek tilida boshqaruvning 1 ta kamchiligi bor – assistent odati bo’yicha o’z harakatlarini ovoz bilan tasdiqlamayapti. Hozircha 🙂

“O’zing yarat” loyihasi (yarat.uz) sahifalarini va keyingi videolarimizni kuzatib boring!
YouTubedagi kanalimizda qo’ng’iroqchani bosishni, obuna bo’lishni va havolalarni tanishlaringizga ulashishni unutmang! Bundan tashqari, saytimiz yangiliklaridan muntazam boxabar bo’lib borishingiz uchun saytimizdan ro’yxatdan o’tishingizni tavsiya qilamiz!

Добавить комментарий