RemoteXY servisi orqali global boshqaruv [18+]

Misol. RemoteXY bulutli servisi orqali boshqarishning o’ziga xosligi haqida nazariy darsda ma’lumot berilgan. Quyida Wemos D1 mini platasi ichki svetodiodini RemoteXY mobil ilovasi orqali boshqarish, shuningdek unga ulangan termistor ko’rsatkichlarini kuzatish jarayonlarini ko’rib chiqamiz. Agar boshqaruv Bluetooth yoki boshqa bog’lanish interfeysi orqali bajarilsa, onlayn servisda kerakli bog’lanish turini tanlash yetarli, asosiy kodda esa deyarli o’zgarishlar bo’lmaydi.
Foydalanuvchi interfeysidagi elementlar ko’rinishi:

Ma’lumki, boshqa misollardagidan farqli ravishda, boshqaruv uskunalari, sensorlar, indikatsiya va jihozlash elementlari saytdagi foydalanuvchi interfeysida hosil qilinadi va Windows aloqa buferiga nusxalash (“Получить исходный код” tugmasi) orqali Arduino IDE dasturiga olib o’tiladi. Lekin, qulaylik uchun quyidagi sketchda bufer orqali nusxalangan kodning bisr qismi qisqartirilgan holda izohlanadi. Shu bilan birga, olib o’tilgan kodga foydalanuvchi kodlari ham qo’shiladi. Agar dasturlash davomida foydalanuvchi interfeysida o’zgarish bo’lsa, uning kodiga kiritilgan o’zgarishlarni sketchning tegishli qismiga ham qo’llash zarur bo’ladi.
RemoteXY mobil ilovasiga tegishli qurilmani qo’shish uchun “Облачный сервер” rejimi va unga tegishli sozlamalarni kiritish yoki dasturning ichki QR-skaneridan foydalanish yetarli (QR-kod saytda hosil qilingan dastur kodi oxirida ko’rsatib qo’yiladi). Agar qurilmaga ulanish alohida himoyalangan bo’lsa, tegishli parol ham kiritilishi talab etiladi.
Sketch:
Natija:
Port monitori:

Video: