Infraqizil nur orqali boshqarish [18+]
Biz IQ-diapazonda boshqarish jarayonlarini faqat 2 ta misol orqali ko’rib chiqamiz. Chunki, amaliyotda IQ-boshqaruv turi asta-sekin masofadan boshqaruvning boshqa zamonaviy turlari tomonidan siqib chiqarilmoqda. Ularni takomillashtirish va boshqaruvning boshqa turlari bilan integratsiyalash orqali, turli aqlli qurilmalarni yaratish ham mumkin.
1-misol. Turli xil IQ-pultlar unikal manzillarga ega, shuningdek ulardagi tugmalar kodlari bir-biridan farq qiladi. Ijrochi qurilmlarni boshqarishda esa, manzil hamda buyruq kodlari (kodlar) oldindan ma’lum bo’lishi kerak. Shuning uchun, dastlab “IRRemote.h” bibliotekasi asosidagi “SimpleReceiver” sketchining soddalashtirilgan varianti yordamida signallari 38 kGs (кГц) chastotada modulyatsiyalangan ixtiyoriy 2 ta IQ-pultlarning “1” va “0” tugmalari kodini aniqlaymiz. Natijalarni HEX (16 lik) va DEC (10 lik) sanoq tizimlarida port monitoriga chiqaramiz. Keyinchalik ushbu kodlar asosida, Arduino platasidagi ichki svetodiodni boshqarishimiz mumkin (boshqa chastotada modulyatsiyalangan signallarni qabul qilish uchun shu chastotada ishlaydigan IQ-datchik kerak bo’ladi, aksincha datchik IQ-signallar kodini aniqlay olmaydi).
Kerakli materiallar:
1) Wemos D1 mini, USB-kabel, maket platasi, o’tkazgichlar;
2) VS-1838 fotodiodi;
Bog’lanish sxemasi:

Sketch (“SimpleReceiver”):
Natija:
2-misol. Ushbu bosqichda, 2 ta IQ-pultlarning oldindan aniqlangan kodlari (buyruq va manzillari) yordamida Arduino platasi ichki svetodiodini boshqaramiz.
Ushbu misolda ham, 1-bosqichda qo’llanilgan asosiy materiallar va bog’lanish sxemasi o’zgarishsiz qoladi. Sketchga ham faqat kichik o’zgarishlar kiritiladi – oldingi sketch yordamida aniqlangan IQ-pult kodlari asosida svetodiodni boshqaruvchi kichik qo’shimcha qo’shiladi va ortiqcha kod chiqarib tashlanadi.
Sketch:
Natija: