22.04.2026

Lazer nuri yordamida boshqaruv [18+]

Quyidagi misol yordamida lazer nurini uzatish va qabul qilish jarayonini ko’rib chiqamiz.

1-misol. KY-008 modulidagi lazer svetodiodi ham svetodiodning bir turi ekanligini hisobga olib, uni Arduino UNOga yozilgan “Blink” sketchi yordamida yoqib-o’chiramiz. Lazer nurini qabul qilish vaziasini esa, Wemos D1 mini platasi A0 analog piniga ulangan fotorezistor bajaradi.

Fotorezistor va oddiy rezistor juftligi yordamida kuchlanishni bo’lgich hosil qilamiz va Wemos D1 mini platasiga yozilgan “AnalogReadSerial” sketchi yordamida qabul qilingan yorug’lik signali darajasidan kelib chiqib, plataning D4 piniga ulangan svetodiodni boshqaramiz.

Kerakli materiallar:

1) Arduino UNO, USB-kabel, maket platasi, o’tkazgichlar;
2) Wemos D1 mini, USB-kabel, maket platasi, o’tkazgichlar;
3) KY-008 lazer svetodiodi;
4) Fotorezistor va 10 kOm rezistor juftligi;
5) Svetodiod va 220 Om rezistor juftligi.

Sxema:

Arduino UNO platasiga “Blink” sketchi, Wemos D1 mini platasiga o’zgartirilgan “AnalogReadSerial” namunaviy sketchlarini yuklaymiz.

Lazer nuri yordamida Wemos D1 miniga ulangan svetodiodni boshqarish uchun, lazer modulining svetodiodi fotodiodga to’g’ri qaratilgan bo’lishi kerak.

“AnalogReadSerial” sketchi:

Natija:

Lazer moduli yordamida turli qiziqarli loyihalarni ham yaratish mumkin. Masalan, tovushni yoki videoni lazer nuri orqali uzatish, matnli xabarlarni Morze alifbosi usulida uzatish va hokazo. Bunda, yuborilgan ma’lumot (matn, audio, video) sifati yuqori bo’lishi va uzatish masofasi uzaytrilishi uchun qabul qilish tomonidagi fotorezistorga tashqi yorug’lik tushishining oldini olish zarur. Bizning o’quv mashg’ulotlarimiz davomida lazerning bunday xususiyatlari o’rganilmaydi.