“O’zing yarat!” loyihasi sharhlari haqida
“Sharhlar” bo’limi haqida
yarat.uz saytining asosiy menyusi “Sharhlar” bo’limida “O’zing yarat!” loyihasi doirasida kundalik hayotda uchraydigan elektron qurilmalarning ishlash prinsipi bilan tanishishtirish bo’yicha faqat loyiha muallifining materiallari joylashtirib boriladi.
Bundan tashqari, ularda muallif tomonidan o’z ijod mahsuli sifatida yaratilgan yangi loyihalarning dasturning tayyor proshivkasi hamda sxemasi ham targ’ibot-reklama materiallari sifatida joylashtirib boriladi. Loyihaning boshqa qatnashchilari (buyurtmachilar) ularga buyurtma berishlari mumkin.
Loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi manbalarida uning “Dasturchi”, “Elektronikachi”, “Robototexnik”, “Dizayner” guruhlariga kiruvchi boshqa qatnashchilari tomonidan yaratilgan loyihalar ham joylashtirilishi mumkin (Loyiha qatnashchilarining barcha guruhlari haqida batafsil alohida videorolikda va ushbu materialning navbatdagi qismida keltirib o’tilgan). Ular tomonidan taqdim etiladigan materiallar quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak:
- materiallar va tayyorlangan elektron qurilmalar milliy qonunchiligimiz talablariga zid bo’lmasligi kerak. Joylashtirilgan materialda keyinchalik ushbu talab buzilgani aniqlansa, o’sha zahoti tegishli manbalardan olib tashlanishi mumkin;
- materiallar elektron qurilma loyihasi muallifining ixtiyoriga ko’ra, to’liq (bepul loyihalar) yoki qisman (pulli loyihalar) joylashtirilishi mumkin;
- pulli loyihalar haqidagi materiallar faqat targ’ibot-reklama mazmuniga ega bo’lishi va unda loyihaning ahamiyati, yutuqlari, o’ziga xosliklari, qo’llaniladigan sohalariga doir ma’lumotlar keltirilishi mumkin. Dastur kodi, qurilma sxemasi va shunga o’xshash boshqa ma’lumotlar umuman keltirilmasligi yoki faqat qisman keltirilishi mumkin.
“O’zing yarat!” – qanday loyiha?
Ushbu materialda sizlarga loyihamizning oʻz oldiga qoʻygan asosiy maqsad va vazifalari, unda kimlar va qanday rolda qatnashishlari mumkinligi haqida kerakli maʻlumotlarni berib oʻtmoqchiman. Loyihamizning asosiy materiallariga oʻtishdan oldin, keyingi videoroliklarimiz kirish qismida kanal haqidagi har safar beriladigan maʻlumotlarni qisqartirish maqsadida, ularni bitta videorolikda toʻplashga qaror qilindi. Chunkii, deyarli barcha keyingi videoroliklarimiz amaliy-texnik mazmunda boʻladi.
Maʻlumot uchun aytib oʻtmoqchiman, kanalimizdagi videoroliklarda, ularni tayyorlashga ketadigan vaqtni tejash maqsadida, sunʻiy intellekt imkoniyatlaridan ham qisman foydalanish rejalashtirilgan, xususan dastlabki videoroligimiz audioyozuvi ham ovoz roʻboti tomonidan hosil qilingan. Siz nima deb oʻylaysiz, sunʻiy nutqdan foydalanganimiz toʻgʻrimi, yoki original nutqqa yetmaydi, deb oʻylaysizmi. Videorolikka kommentariylarda bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolaman. Chunki keyingi videoroliklarimizda qanday usuldan foydalanishimiz, balki sizning javoblaringizga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Har bir videorolikda alohida bir elektron qurilma, uni masofadan boshqaruvchi mobil ilova va ularning vazifalari, qoʻllash mumkin boʻlgan sohalari haqida maʻlumotlar beriladi. Maqsadimiz shunchaki reklama yoki aravani quruq olib qochib, obunachilarni koʻpaytirish emas, balki aniq amaliy natijalarga erishish, va buyurtmachilarga oʻzlari istagan zamonaviy elektron qurilmalarni, loyihamizda qatnashadigan dasturchi va elektronikachi mutaxassislar, hamda havaskorlar tomonidan yaratib berilishida koʻprik vazifasini bajarish, sohaga qiziquvchilarga esa, bunday qurilmalarni oʻz qoʻllari bilan yaratishni oʻrgatish hisoblanadi.
Xoʻsh, “Oʻzing yarat!”loyihasi oʻzi qanday loyiha va uning maqsadlari nimalardan iborat? ,
“Oʻzing yarat!”loyihasi, bu:,
- robototexnika kurslarini tugallagan yoki oʻz qoʻli bilan nimalarnidir ixtiro qilishga qiziqadigan, oʻzining texnik yoʻnalishdagi ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishni va boshqalarga targʻib qilishni xohlaydigan havaskorlar va mutaxassislar;


- zamonaviy va aqlli texnologiyalarni hush koʻradigan insonlar, milliy ruhdagi zamonaviy elektron qurilmalarni ishlab chiqarishni istagan tadbirkorlar, yaʻni buyurtmachilar;


- dasturlash, radioelektronika, robototexnika yoki aqlli texnologiyalar sohalariga qiziqadigan yoki shunday texnologiyalarni oʻrganish orqali oʻzi ham elektron jihozlarni mustaqil ravishda yasashni xohlaydigan, oʻn toʻrt yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan onlayn loyiha hisoblanadi.


Loyihaning asosiy maqsadlariga, biri buyurtmachi, yana biri uni bajaruvchi sifatida, yuridik yoki jismoniy shaxslarga, oʻz maqsadlariga erishishlariga qonunchilik doirasida, imkon qadar yordam berish va sharoitlar yaratib berish ham kiradi.


Endi yuqorida tilga olingan, elektron qurilma deganda nimalar nazarda tutilayotganini aytib oʻtmoqchiman. Elektron qurilma deganda – “oʻzing yarat!” loyihasi doirasida dasturlash hamda elektronika sohasi mutaxassislari yoki havaskorlari tomonidan oʻz texnik ijodi mahsuli sifatida yaratilgan qurilmalar nazarda tutiladi.
“Oʻzing yarat!” loyihasi doirasida yaratiladigan elektron qurilmalaar, masalan, oddiy bir lampani maʻlum vaqtlarda avtomatik oʻchirib-yoqadigan yoki aqlli rozetkalarga oʻrnatilgan termodatchik yordamida har bir xonadagi haroratni nazorat qiladigan qurilmalaridan tortib, to harakatlanib borayotgan avtomobilning yoki masofadan boshqarilayotgan boshqa qurilmaning geografik joylashuvi, tezligini hamda bosib oʻtgan traektoriyasini JI-PI-ES modul yordamida aniqlash va smartfondagi onlayn xaritaga chiqarishgacha boʻlgan murakkabroq vazifalarni bajaruvchi qurilmalar boʻlishi ham mumkin, va hokazo. Loyihamiz doirasida yana qanday elektron qurilmalarni yaratish mumkinligini ushbu qisqa rolik davomida sanab oʻtishimiz qiyin masala, va bu koʻp vaqt talab qilishi mumkin. Shuning uchun, agar sizni aniq bir vazifani bajara oladigan elektron qurilmani yaratish mumkinligi boʻyicha savolingiz boʻlsa, uni ham kommentariylarda qoldirishingiz mumkinligini eslatib oʻtaman. Shuni ham unutmangki, siz soʻragan elektron qurilmani yaratish, uni koʻpaytirish, saqlash va undan foydalanish qonunchiligimizga zid boʻlmasligi zarur.
![]()
Toʻliq yoki qisman tayyor boʻlgan shunday elektron qurilmalar haqidagi videosharhlarimiz, Yuutub, va ruutub videoplatformalaridagi kanallarimizning “Sharhlar” deb nomlangan roʻyxatiga, shuningdek Telegramdagi kanal hamda instagramdagi akkaauntga joylashtirib boriladi. Videosharhlardan tashqari, parallel ravishda yarat.uz saytining “Sharhlar” boʻlimi sahifalarida batafsil matnli sharhlar ham berib boriladi. Hech qaysi yangi videoroliklarimizni oʻtkazib yuborishni xohlamasangiz, shu kanallarimizdan kamida bittasiga, loyihamiz yanada tezroq rivojlanishi va tanilishi uchun esa, ularning hammasiga obuna boʻlishni, tanishlaringizga ham ulashishingizni tavsiya qilaman.
Savol tugʻilgan boʻlishi mumkin, xoʻsh, kimlar ushbu loyihada qatnashishlari mumkin va buning uchun ulardan nimalar talab qilinadi?
Loyihada qatnashish uchun aslida qatnashchilarga hech qanday talab qoʻyilmaydi, boshlanishiga shunchaki loyihaning kanallariga obuna boʻlish ham yetarli. Lekin, loyihada kimdir elektronikachi-tadqiqotchi yoki radiohavaskor, kimdir dasturchi-tadqiqotchi, kimdir yaratiladigan qurilma tashqi dizaynini yaratuvchi, kimdir robototexnik, kimdir buyurtmachi, yaʻni faqat yaratilgan tayyor loyiha va qurilmalarni toʻliq yoki qisman sotib oluvchi shaxs, kimdir biron foydali gʻoyani amalga oshirishda homiy, kimdir oʻrganuvchi, yana kimdir shunchaki kuzatuvchi va gʻoya beruvchi sifatida ishtirok etishi mumkin. Aytib oʻtilgan oʻrganuvchi guruhigaa, elektron qurilmalarni dasturlash boʻyicha bilim olishni istagan oʻquvchilar kiradi.
Shuning uchun, loyiha qatnashchilarini ularning loyihada bajaradigan roliga qarab, shartli ravishda sakkizta guruhga ajratishni lozim topdik, va mos ravishda ularni “elektronikachi”, “dasturchi”, “robototexnik”, “dizayner”, “buyurtmachi”, “homiy”, “oʻrganuvchi” hamda “kuzatuvchi” deb nomlashni taklif qilmoqchimiz.
Lekin qaytaraman, bu guruh nomlari shartli, shunchaki obunachilarni loyihada qanday rolda ishtirok etishini bilishimiz uchun xolos. Loyihaning faol ishtirokchilari esa, ular bilan muloqotni osonlashtirish uchun yarat nuqta uz saytida roʻyxatdan oʻtganlaridan keyin aynan oʻz rollari boʻyicha koʻrsatib boriladi.
Xoʻsh, kimlar qaysi guruh vakili boʻlishi mumkin? Hozir shu haqda qisqacha maʻlumot berib oʻtmoqchiman. Masalan:
“Elektronikachi” guruhiga, – elektron qurilmani loyihalash, yaʻni chizmalarini chizish, maketini, prototipini tayyorlash qoʻlidan keladigan elektronika sohasi mutaxassislarini yoki radiohavaskorlarni kiritishimiz mumkin. Loyiha doirasida elektronikachilarga oʻzlari mustaqil yaratgan elektron qurilmalar haqidagi maʻlumotlar yoki layfxaklarni targʻib etib borishlari ham mumkin.
“Dasturchi” guruhiga, – elektron qurilma loyihasidan foydalanib, undagi mikrokontrollerni dasturlash, proshivka qilish, unga mos keluvchi mobil ilovani yaratish yoki qurilmani veb-texnologiyalari yordamida boshqarish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar yoki havaskor dasturchilar kiradi. Dasturchilar ham oʻzlari yaratgan algoriitmlar yoki boshqa dasturiy yechimlar haqidagi maʻlumotlarini loyihaning boshqa qatnashchilari bilan oʻrtoqlashishlari mumkin.
“Robototexnik” guruhiga, – ham dasturlash va ham elektronika sohasi, shuningdek robototexnika kurslarini tamomlagan ushbu soha boʻyicha maʻlum bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar yoki havaskorlar kiradi. Maʻlumki, roʻbototexnika shunchaki roʻbot yasash degani emas, u juda keng qamrovli tushuncha va oʻziga dasturlash, elektronika, avtomatika va boshqa sohalarni ham qamrab oladi. Ushbu guruh aʻzolari ham, oʻzlari yaratgan dasturiy, elektron hamda robototexnik loyihalarini “Oʻzing yarat” loyihasining boshqa qatnashcilari eʻtiboriga yetkazib borishlari mumkin.
“Dizayner” guruhiga, – tayyor elektron qurilmaning prototiip platasini joylashtirish uchun uning korpusini duradgorlik, plastik buyumlar va boshqa materiallar yordamida yoki 3 de printer yordamida tayyorlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar yoki havaskorlar kirishi mumkin. Tabiiyki, ushbu guruh aʻzolari, oʻzlari yaratgan dizaynerlik yechimlari va uch-de modellarini targʻib qilishdan tashqari, boshqa qatnashchilarning tayyor elektron qurilmalari tashqi dizaynini hamda korpusini yaratishda ularga koʻmaklashiishlari ham mumkiin.
“Buyurtmachi” guruhiga, – elektron qurilmani birinchi nusxasini sotib olib, uni koʻproq tirajda ishlab chiqarishni xohlagan tadbirkorlar, shuningdek, elektron qurilmaning toʻliq yoki qisman, yaʻni faqat uning loyihasi, dasturi, prototipi yoki korpusining tayyor holatiga buyurtma beruvchi shaxslar kiradi. Masalan, kimlardir elektronika va dasturlash boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlmasligi, lekin shunday elektron qurilmani oʻz qoʻli bilan yasashni xohlashi mumkin. Bunday havaskorlar dasturining tayyor proshivkasiga yoki dastur kodiga buyurtma berib, qolgan qismini oʻzi mustaqil tayyorlab olishi mumkin. Qurilma loyihasi muallifi esa, oʻz navbatida tayyor proshivkani mikrokontrollerga osongina yozish boʻyicha kerakli instruktsiyani buyurtmachiga taqdim etishi mumkin.
“Hoomiy” guruhiga, – oldindan buyurtmachisi aniq boʻlmasa–da, boʻlajak elektron qurilmaning toʻliq yoki uning loyihasi, dasturi, prototipi, korpusining qisman tayyor holatga keltirilishida homiy sifatida qatnashuvchilar kiradi. Bundan tashqari, “Oʻzing yarat!” loyihasining ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalaridagi reklamasi yoki targʻiboti, loyiha qatnashchilari tomonidan mustaqil yaratilgan foydali elektron qurilmalarni tirajini koʻpaytirishda homiy sifatida qonuniy asoslarda koʻmaklashish ham qoʻllab-quvvatlanadi. Zaruratga qarab, homiy haqidagi maʻlumotlar loyihamiz videomateriallarida berib borilishi mumkin.
“Oʻrganuvchi” guruhiga, – elektron qurilmalar chizmalarini, maketini, prototip platasini, mikrokontroller uchun dasturi va proshivkasini tayyorlashni oʻrgatish boʻyicha “Oʻzing yarat” loyihasi doirasida tashkil etiladigan onlayn yoki oflayn oʻquv va malaka oshirish kurslari oʻquvchilari kiradi. Oʻquv kurslariga oʻn toʻrt yoshdan 60 yoshgacha oraliqdagi maktab oʻquvchilari, talabalar va sohaga qiziquvchi boshqa shaxslar qabul qilinadi. Oʻquv kurslari haqida batafsil maʻlumotlar berish maqsadida, alohida videoroʻlik tayyorlanishi ham koʻzda tutilgan.
“Kuzatuvchi” kimlar boʻlishi mumkin? Bu guruhga yuqorida sanab oʻtilgan guruhlardan birortasiga ham kirmaydigan insonlarni kiritishimiz mumkin. Aytaylik, kimdir shunchaki loyiha yangiliklarini kuzatib borishi va oʻziga yoqqan qiziqarli videoroliklar havolalarini oʻz tanishlariga ulashishi mumkin, bu ham loyiha tezroq tanilishi, koʻpchilikni eʻtiboriga yetib borishiga yordam berishi, ham boshqa havaskorlar loyihaga qoʻshilishlari uchun ularga foydasi tegishi mumkin. Bundan tashqari, kuzatuvchilar qandaydir ixtirolar boʻyicha oʻz gʻoya va takliflarini berib, boshqa guruhga kiruvchi qatnashchilarning oʻz loyihalarini yaratishiga turtki boʻlishlari ham hech gap emas!
Sanab oʻtilgan guruh nomlari bu oxirgi qaror emas, agar obunachilarda ularni boshqacha nomlash boʻyicha takliflar boʻlsa, kommentariylarda bildirishlarini soʻrayman. Original fikrlar boʻlsa, guruh nomlariga oʻzgartirish kiritishimiz ham mumkin. Agar siz oʻzingizni yuqorida sanab oʻtilgan guruhlardan qaysidir biriga mos kelaman deb hisoblasangiz, bu haqda kommentariylarda yozib qoldirishingiz yoki loyihada faol ishtirok etmoqchi boʻlsangiz, hamkorlik boʻyicha ushbu videoga izohlarda koʻrsatilgan kontaktlar yordamida muallifga aloqaga chiqishingiz mumkin. Masalan, men oʻzimni havaskor elektronikachi va havaskor dasturchi sifatida loyihaning dasturchi va elektronikachi guruhlari vakiliman deb hisoblashim mumkin.
Umuman olganda, loyihaning Yuu-tub, Ruu-tub, Instagram va Telegram kanallaridagi obunachilarini va yarat nuqta uz veb–saytidagi har bir aʻzosini loyihaning qaysidir guruhi vakili deb hisoblash mumkin. Shuning uchun, sizlardan oʻzingizni qaysi guruh vakili deb hisoblashingizni kommentariylarda yozib qoldirishingizni soʻrab qolgan boʻlardim.
Shu oʻrinda yuqoridagi “Robototexnik” guruhiga kiruvchi ayrim obunachilarimiz haqida ham alohida toʻxtalib oʻtmoqchiman. Maʻlumki, barcha viloyatlarda Ay-Tiii sohasidagi turli oʻquv markazlari faoliyat koʻrsatadi va har yili ularni minglab yoshlar bitirib chiqadi. Ularning bir qismini esa, robototexnika kurslari bitiruvchilari tashkil qiladi. Shunday yoshlar ham havaskor sifatida oʻzlarini “Robototexnik” guruhiga kiritishlari mumkin. Ularga alohida toʻxtalib oʻtganimning sababi shuuki, “Oʻzing yarat!” loyihasi doirasida berib boriladigan videosharhlarimiz, ularga boʻsh vaqtlarida oldingi olgan bilimlarini yanada mustahkamlashlariga va oʻziga boʻlgan ishonchini oshirishiga yordam berishi mumkin.
Ayniqsa, roʻbototexnika kurslarini bitirgan ayrim yoshlar oʻziga oʻzi, yoki ularning ota-onasi “shu xolosmi, shuncha sarflangan vaqt va mablagʻimiz faqat roʻbot yasashni oʻrganish uchunmidi?” degan savolni bergan boʻlishi mumkin. Unutmangki, siz roʻbototexnika kurslarida faqat roʻbot yasashni emas, balki, uni harakatga keltiruvchi dasturlarni hamda qisman elektronikani ham oʻrgangansiz. Bu bilimlar esa, sizga kelgusida oʻz qobiliyatlaringizni yuzaga chiqarishingizda katta yordam berishi mumkin. “Oʻzing yarat!” loyihasi esa, buning uchun sizga yana bir imkoniyat ekanligini unutmang!
Koʻrinib turibdiki, “Oʻzing yarat” loyihasi kim uchundir oʻz qoʻli bilan yangi qurilmalarni ixtiro qilish, oʻzining ichki qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va boshqalarga namoyish qilish imkoniyati boʻlib qolishi mumkin. Yana kim uchundir bu – oʻz uyi, ofisi, mashinasi va boshqa texnikalarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, tadbirkorlar uchun esa, bunday qurilmalarni ishlab chiqarish uchun loyihamiz manbalari orqali mutaxassislarga bogʻlanish va buyurtma berish imkoniyati boʻla oladi. Dasturlash va elektronika sohasi boʻyicha shunday zamonaviy bilim va hunarga ega boʻlishni xohlaganlar uchun esa, qoʻshimcha bilim hamda koʻnikma olish uchun muhim manba boʻlib xizmat qiladi.
Koʻrib turibsizki, maqsadlarimiz katta. Bu videoroligimizni “oʻzing yarat!”loyihasiga shunchaki kirish qismi deb hisoblashingiz mumkin. Loyihamiz maʻlumotlari, videoroliklari yutub va rutub platformalaridan tashqari, Instagram va telegramdagi tegishli kanallarimiz orqali ham berib boriladi. Oʻylaymanki, bu loyiha koʻpchilik uchun qiziqarli va asosiysi foydali boʻlishi mumkin. Shuning uchun, sizlardan loyihamizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa va akkaauntlariga hoziroq obuna boʻlishingizni va u haqda maksimal darajada boshqa tanishlaringizga ham yetkazishingizni soʻrab qolaman.
Agar siz birinchi amaliy-texnik videoroligimiz nima haqida boʻlishini oldindan bilishni istasangiz, ushbu videoni oxirigacha koʻring.
[Anons]
Birinchi amaliy videosharhimiz, hech qanday dasturlash tilini bilmasdan turib ham besh–olti daqiqa ichida Android uchun mobil ilova yaratish mumkinligi haqida boʻladi. Misol sifatida oʻzimiz koʻp ishlatadigan ixtiyoriy bitta havola uchun kerakli sahifani ochib beradigan mobil ilovani yaratish ketma–ketligi haqida maʻlumot berib oʻtaman. Qaytarib oʻtaman, buning uchun hech qanday dasturlash tilini bilish talab ham etilmaydi. Nima uchun aynan shunday ilovani tanlandi deyishngiz mumkin. Sababi, birinchidan u juda oson, ikkinchidan, u koʻpchilik uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin, uchinchidan esa, bizni koʻproq elektron qurilmalar qiziqtiradi va kelajakda, aniqrogʻi, onlayn darslarimizdan birida, shu ilovadan, yaratiladigan elektron qurilmani Internet orqali boshqarishda amalda foydalanishimiz mumkin.
Shunday ekan, videoni oʻtkazib yubormaslik uchun, agar siz hali ham obuna boʻlib ulgurmagan boʻlsangiz, hoziroq kanalimizga obuna boʻlib qoʻyishni unutmang!
Materialning videoversiyasi:
Agar “YouTube”da ochishda muammo tug’ilsa: “RuTube”dagi manzili.
Videoversiyaga anons:
“O’zing yarat!” loyihasi manbalari:
Veb-sayt: yarat.uz
Yutube-kanalimiz: www.youtube.com/channel/UC0DFrHsLVxltDbktuLaFntA
Rutube-kanalimiz: rutube.ru/channel/42944093/
Telegram-kanalimiz: t.me/yarat_uz
Instagram akkauntimiz: www.instagram.com/nizomiddin_1975?igsh=YzljYTk1ODg3Zg==
Biz bilan bog’lanish:
Elektron pochta: kn-75@list.ru
Telegram: t.me/yaratuz (guruh), t.me/NK_1975 (akkaunt)