(Material to’ldirish jarayonida)
OLED displey moduli. SSD1306.
![]() |
![]() |
SSD1306 displeyi nafaqat matnli, balki grafik rejimda ham ma’lumotlarni tasvirlashga mo’ljallangan. Displeyning tashqi hajmiga va imkoniyatiga ko’ra 2 ta turi keng tarqalgan: 0.91 (128×32) va 0.96 (128×64) dyuymli variantlari. Shu bilan birga ushbu displeylar uchun bibliotekalarning ham bir nechta variantlari uchraydi (Adafruit_SSD1306, u8glib.h, GyverOLED.h). Biz “GyverOLED.h” bibliotekasidan foydalanamiz. U yengilligi va kiril yozuvini ham qo’llab-quvvashi bilan ahamiyatli.
Misol tariqasida matnlarni SSD1306 OLED displeyining 0.96 va 0.91 dyuym o’chamli displeylarga chiqaruvchi oddiy sketchning mos ravishda 2 ta variantini ko’rib chiqamiz (Yuqoridagi bibliotekalarning “Примеры” menyusidagi mavjud namunaviy sketchlari boshlovchi arduinochilar doirasiga mos kelmaydi).
Kerakli materiallar:
1) Arduino UNO platasi + USB-kabel + maket platasi + o’tkazgichlar
2) Male-female turli o’tkazgichlar (plata va displeyni bog’lash uchun)
3) SSD1306 displeyi 0.96′ yoki 0.91′ o’chamli varianti.
SSD1306 displeyining SDA va SCL pinlari mikrokontrollerlarning xuddi shunday nomli (AREF yonidagi) pinlariga yokiga quyidagicha ulanadi:
Arduino UNO: SDA – A4, SCL – A5, VCC – +3,3…+5V, GND – GND.
Wemos D1 mini: SDA – D2, SCL – D1, VCC – +3,3…+5V, GND – GND.
Elektron komponentlarning bog’lanish sxemasi (male-female o’tkazgichlari qo’llanilsa, maket platasi qo’llanilishi shart emas):

Sketch:
Natija:
![]() |
![]() |
0.91′ o’chamli displey uchun sketch uning hajmi hisobga olinib, imkoniyati 128×32 ga o’zgartirilgan, yozuvsiz qatorlar chiqarib yuborilgan, matn masshtabi ham minimal qiymatga (1 ga) kichraytirilgan. Aks holda matnlar displey ekraniga sig’maydi.
Sketch:
Natija:
![]() |
![]() |
Ko’rinib turibdiki, SSD1306 OLED displeyining yuqoridagilardan boshqa o’lchamli variantidan foydalanilsa, sketchga tegishli o’zgartirishlar kiritilishi zarur.
Mustahkamlash mashqlari:
1) Oddiy arifmetik amallarni bajaring va natijalarini TM1637 displeyiga chiqaring;
(Materialning ushbu qismi to’ldirish jarayonida)
2) Raqamli portlarini kirish rejimiga o’tkazib, kiruvchi raqamli signal qiymatini displey orqali kuzating;
(Materialning ushbu qismi to’ldirish jarayonida)
3) Analog kirish portiga datchik ulab, kiruvchi signal qiymatini displey orqali kuzating;
(Materialning ushbu qismi to’ldirish jarayonida)
4) Raqamli kirish portiga tugma ulab, bosilishlar sonini displey orqali kuzating;
(Materialning ushbu qismi to’ldirish jarayonida)
5) Analog termodatchik va displey yordamida oddiy termometr qurilmasini yarating;
(Materialning ushbu qismi to’ldirish jarayonida)
6) Barcha topshiriqlarni Wemos D1 Mini platasi yordamida bajaring.
(Materialning ushbu qismi to’ldirish jarayonida)
7) Yuqoridagi sketchlardan foydalanib ushbu dars mavzusiga doir shaxsiy o’quv loyihasi taklifini bering va uni amalda bajaring, uning videosini tayyorlang (muvaffaqiyatli unikal loyihalar videosiga havolalar o’quvchining nomidan saytning shu joyiga joylashtirib boriladi).





