(Material toldirish jarayonida)
Ko’p razryadli 7 ta segmentli displeylar bilan ishlash

1…4 ta razryadli 3161…3461as/bs modullari

6 ta razryadli 3661as/bs modullari
7 ta segmentli indikatorlarning 2 ta va undan ortiq razryadli variantlari bilan ishlash 1 ta razryadli indikatornikidan farq qiladi. Yuqoridagi rasmlardan ko’rish mumkinki, barcha razryadlardagi segmentlar kontaktlari bir-biriga parallel ulangan, har bir razryadni faollashtirish uchun alohida kontakt – umumiy katod yoki umumiy anod kontaktlari ishlatiladi.
Katodlar (“as” modellar uchun) yoki anodlar (“bs” modellar uchun) umumiy bo’lganligi sababli, ularning qaysi biriga umumiy signal yuborilganiga qarab, faqat o’sha razryad faollashadi xolos. Segmentga yuqori signal yuborilganda, qaysi razryad faolligiga qarab, faqat o’sha razryaddagi segment yonadi. Bizga esa, deyarli har doim barcha razryadlar faol bo’lishi kerak. Bunday holda, barcha razryadlar faollashgan holda bitta segmentga yuborilgan signal, barcha razryadlardagi aynan shunday segmentni yoqadi. Natijada, barcha razryadlardagi bir xil segmentlar baravar yonishini kuzatishimiz mumkin.
Har bir razryad mustaqil ravishda o’zgarishi uchun dinamik indikatsiya usulidan yoki murakkab sxemotexnik yechimlardan foydalanishga to’g’ri keladi (Natijada, bunday modullardan ko’ra, faqat 2 ta signal kontakti yordamida boshqariladigan, kerakli sxema asosida yaratilgan tayyor displeylardan foydalanish maqsadga muvofiq). Bunday amaliyot juda kam qo’llanilishini hisobga olib, biz quyida ko’p razryadli 7 segmentli indikatorlar uchun qo’llash mumkin bo’lgan universal sketchni keltirish bilan cheklanamiz.
Sketch:
Natija:
Razryadlar sonidan kelib chiqib, ushbu sketchga tegishli o’zgarishlarni kiritish orqali 2 tadan ortiq razryadli modullarni boshqarish mumkin.
Mustahkamlash mashqlari:
1) Yuqoridagi 6 razryadli indikator uchun mo’ljallangan sketchni 2, 3, 4 razryadli indikatorlar uchun o’zgartiring.
(Materialning ushbu qismi toldirish jarayonida)
2) Yuqoridagi 6 razryadli indikator uchun mo’ljallangan sketchni displeyda termistor ko’rsatkichlarini ko’rsatishga moslab o’zgartiring.
(Materialning ushbu qismi toldirish jarayonida)
3) Yuqoridagi 6 razryadli indikator uchun mo’ljallangan sketchni displeyda termistor asosida havo haroratini ko’rsatishga moslashtiring.
(Materialning ushbu qismi toldirish jarayonida)
4) Yuqoridagi sketchdan foydalanib ushbu dars mavzusiga doir shaxsiy o’quv loyihasi taklifini bering va uni amalda bajaring, uning videosini tayyorlang (muvaffaqiyatli unikal loyihalar videosiga havolalar o’quvchining nomidan saytning shu joyiga joylashtirib boriladi).