19.05.2026

Farg’ona shahri aholisi diqqatiga!

Sizga yangi qurilayotgan yoki qurib bitkazilgan uyingizni
“AQLLI UY”
sifatida jihozlash bo’yicha xizmatlarimizni taklif etamiz!

Shuningdek, mahalliy qurilish tashkilotlari, tadbirkorlar va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni o’zaro manfaatli hamkorlikka chaqiramiz!

Agar qurilayotgan uyingizda elektr montaj ishlari amalga oshirilmagan bo’lsa, yana ham yaxshi. Chunki, kelgusida qaysi aqlli qurilma qayerga o’rnatilishiga va elektr o’tkazgichlari montaji paytida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi shu boqichda belgilanishi maqsadga muvofiq.

Lekin elektr montaj ishlari bajarib bo’lingan taqdirda ham, uyingizni “Aqlli uy”ga aylantirishingiz mumkin. faqat bunda, elektr o’tkazgichlari shunga mos ravishda bajarilganligi muhim hisoblanadi. Xususan, elektr  o’tkazgichlarining “faza” va “nol” qutblari aqlli qurilmaga tog’ridan to’g’ri ulanishi hisobga olingan bo’lishi kerak. Deyarli barcha aqlli qurilmalar qo’shimcha viklyuchatelsiz to’g’ri 220V elektr tarmog’iga ulanadi va avtomatik ravishda yoki masofadan boshqariladi.

Aqlli qurilmalarni o’rnatib berish, sozlash va sinov xizmatlari Farg’ona shahar “Fer Modern Service” xususiy korxonasi tomonidan ko’rsatiladi. Quyiroqdagi jadvalda turli aqlli qurilmalarning narxlari ko’rsatilgan. Narxlar o’z ichiga aqlli qurilmaning o’zi va o’rnatish/sozlash/sinov xizmatlarini ham oladi.
Unitmang! Aksariyat aqlli qurilmalari to’laqonli ishlashi uchun xonadoningiz WiFi orqali Internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak. Shundan keyin uyingizdagi deyarli barcha aqlli qurilmalarni hoh uyingizdan, hoh ko’chadan va hoh dunyoning boshqa joyidan Internet orqali boshqarish imkoniyati paydo bo’ladi!

O’rnatiladigan aqlli qurilmalarning boshqarilishi namunalari bilan quyiroqdagi videolar va jadvaldagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin. Tovush assistentida boshqariladigan qurilmalar asosan rus tilida boshqarilgan, lekin “Google Assistant” tovush assistentini ba’zi o’zbekcha so’zlarga ham o’rgatish mumkin (pardani ovozli boshqaruv o’zbek tilida ham bajarilgan). Qulaylik uchun, videolarni imkon qadar kompyuter orqali yoki havola yordamida tog’ridan to’g’ri YouTube saytida ko’rish tavsiya etiladi.

Biz bilan bog’lanish uchun ma’lumotlarni ushbu sahifadan yoki Telegramdagi akkauntimizdan olishingiz mumkin.

 

“AQLLI UY” QURILMALARINI ISHLATILISHI NAMUNALARI VIDEOLARI:

Ishlab chiqaruvchilar original videolari:

Trubali karnizga mo‘ljallangan pardalarni aqlli boshqarish.

Relsli karnizga mo‘ljallangan pardalarni aqlli boshqarish.

“WiFi-lampa”ni Alisa (“Yandex Alice”) tovush assistenti yordamida boshqarish:

 

“WiFi-lampa”ni “Google Assistant” tovush assistenti yordamida boshqarish:

1-video (o’chirish/yoqish):

2-video (lampa rangini o’zgartirish):

 

Statsionar devor “Aqlli viklyuchatel”i va unga bog’langan lampalarni “Google Assistant” tovush assistenti yordamida boshqarish:

1-video (1 ta devor “aqlli viklyuchateli”ga 4 ta 18W lik lampa ulangan):

2-video: (1 ta devor “aqlli viklyuchateli”ga 6 ta 18W lik o’rtadagi lampalar ulangan):

3-video (1 ta devor “aqlli viklyuchateli”ga jami 14 ta 18W lik chetki lampalar ulangan):

 

Devor “Aqlli rozetka”si va unga bog’langan yuklamalarni “Google Assistant” tovush assistenti va mobil ilova yordamida boshqarish:

 

Devor “Aqlli rozetka”si va unga bog’langan yuklamani Alisa (“Yandex Alice”) tovush assistenti yordamida boshqarish:

 

Ko’chma “Aqlli rozetka” va unga bog’langan yuklamani “Google Assistant” tovush assistenti yordamida boshqarish:

1-video (“Aqlli USB-rozetka”ga ulangan “raptor”ni boshqarish):

2-video (“Aqlli USB-rozetka”ga ulangan stol lampasini boshqarish):

3-video (“Aqlli USB-rozetka”ga ulangan suv isitkichni boshqarish):

 

Ko’chma “Aqlli rozetka” va unga bog’langan yuklamani Alisa (“Yandex Alice”) tovush assistenti yordamida boshqarish:

1-video (“Aqlli USB-rozetka”ga ulangan “raptor”ni boshqarish):

2-video (“Aqlli USB-rozetka”ga ulangan suv nasosini boshqarish):

 

Universal IR+WiFi-pult orqali smartfondan qurilmalarni boshqarish.

Universal IR-pultlar xotirasida hozirgacha ishlab chiqarilgan aksariat IR-pultli elektr jihozlarning kodlari (IR-kodlar) saqlanadi. Smartfon mobil ilovasida kerakli elektr jihozi modelini topib, alohida nom bilan saqlab qo’yilsa, bundan keyin shu nomi orqali elektr jihozini teskari aloqa bilan (bajarilgan ish natijasidan mobil ilova yoki tovush assistenti yordamida xabardor qilib boriladi) onlayn boshqarish mumkin. Agar kerakli jihoz pulti kodlarini topib bo’lmasa, o’sha jihozning original pultini knopkalarini bitta-bitta bosib ham universal pultga tanishtirib qo’yish mumkin. Lekin bunda boshqaruv teskari aloqasiz (xuddi oddiy pultdagidek, bajarilgan ish natijasini faqat visual kuzatish mumkin, smartfonda natija ko’rinmaydi) bajariladi.


Oddiy WiFi-Infraqizil universal pult (5V da ishlaydi)

 

Soat ko’rinishidagi WiFi-Infraqizil universal pult (5V da ishlaydi)

 

Tashqi rozetka ko’rinishidagi WiFi+Infraqizil universal pult (220V da ishlaydi, ko’proq konditsionerlar uchun, lekin boshqa jihozlar uchun ham qo’lda sozlasa bo’ladi!)

 

1-video (Mobil ilova va “Google Assistant” yordamida smartfondan konditsionerni teskari aloqa bilan boshqarish. Konditsioner oddiy rozetkaga ulangan. Konditsioner pulti o’rniga rozetka universal WiFi+IR-pult qo’llanilgan):

 

2-video (Mobil ilova yordamida televizorni teskari aloqasiz boshqarish. Televizor oddiy rozetkaga ulangan. Televizor pulti o’rniga rozetka universal WiFi+IR-pult qo’llanilgan):

Aqlli darvozani “Google Assistant” tovush assistenti yordamida boshqarish:

Avtomatik darvozani RF-pult yordamida boshqarish:

“Aqlli parda”ni “Google Assistant” tovush assistenti yordamida o’zbek (!!!) va rus tillarida boshqarish:

1-video (yopish, o’zbek tilida, ovoz bilan tasdiqlanmaydi):

2-video (ochish, o’zbek tilida, ovoz bilan tasdiqlanmaydi):

3-video (ochish, o’zbek tilida, 2-variant):

4-video (rus tilida, ovoz bilan tasdiqlanadi):

 

Aqlli patronga o’rnatilgan lampani kechki payt harakat bo’yicha avtomatik yoqish:

Oddiy patronga o’rnatilgan harakat datchikli lampani kechki payt harakat bo’yicha avtomatik yoqish:

Aqlli patronga o’rnatilgan lampani kechki payt harakat bo’yicha avtomatik yoqish:

Mikroto’lqinli harakatni sezish datchigi yordamida lampalarni kechki payt harakat bo’yicha avtomatik yoqish:

Akustik datchikli energiyatejamkor lampani qorong’uda ovoz yordamida avtomatik yoqish:

Shu va boshqa ayrim aqlli qurilmalarning real ishlashini Farg’ona shahar Farovon Turmush-2 ko’chasi (Aeroport yonidagi kottejlar), 71-uyga borib ko’rish mumkin!

 

Aholi uchun “Aqlli uy”ni jihozlash xizmatlari tariflari

Tarif nomi

Umumiy summa, so’m O’rnatiladigan qurilma turi va soni Izohlar
“Tanishuv” 270 000 1. Aqlli viklyuchatel – 1 ta
2. Ko’chma aqlli rozetka – 1 ta

1. Lampalarni to’liq aqlli boshqaruv (Alisa yoki Google ovoz assistentlari, avtomatik rejim, masofadan boshqaruv, aqlli ssenariylar, oilaviy boshqaruv);
2. Rozetkani xohlagan xonaga ko’chirib o’tish imkoniyati, rozetkaga ulangan jihozlarni to’liq aqlli boshqaruv.

Faqat o’rnatish va sozlash (elektr montaj ishlariga hojat yo’q).

Engil 1 000 000 1. Aqlli viklyuchatel – 2 ta
2. Aqlli devor rozetkasi – 2 ta
3. Ko’chma aqlli rozetka – 1 ta
4. Universal IR+WiFi-pult-rozetka – 1 ta
5. Aqlli termometr – 1 ta.
1. Lampalarni to’liq aqlli boshqaruv;
2. Rozetkaga ulangan jihozlarni to’liq aqlli boshqaruv;
3. Rozetkani xohlagan xonaga ko’chirib o’tish imkoniyati, rozetkaga ulangan jihozlarni to’liq aqlli boshqaruv;
4. Xonadagi har qanday konditsioner(lar)ni to’liq aqlli boshqaruv. Xonadagi boshqa barcha IR-pultli jihozlarni ham boshqarish mumkin.
5. Xohlagan xonadagi temperaturani smartfon orqali kuzatish, havo juda isib yoki sovib ketganda konditsionerni avtomatik yoqishga moslashtirish mumkin.Faqat o’rnatish va sozlash (elektr montaj ishlariga hojat yo’q).
“50 ga 50” 1 450 000 dan boshlab 1. Aqlli viklyuchatel – 6 ta
2. Devor aqlli rozetkasi – 3 ta
3. Ko’chma aqlli rozetka – 1 ta
4. Universal IR+WiFi-pult-rozetka – 1 ta
5. Aqlli termometr – 1 ta

Har bir xonadagi kamida 1 ta devor rozetkasini yoki har 2 ta devor rozetkasidan bittasini aqlli rozetkaga aylantiriladi.
Ularga 2-2,5 kW gacha quvvatli yoki aqlli bishqaruv talab qilinadigan elektr jihozlarini ulash tavsiya etiladi.


1.
Lampalarni to’liq aqlli boshqaruv;
2. Rozetkaga ulangan jihozlarni to’liq aqlli boshqaruv;
3.
Ko’chma rozetkani xohlagan xonaga ko’chirib o’tish imkoniyati, rozetkaga ulangan jihozlarni to’liq aqlli boshqaruv.

Faqat o’rnatish va sozlash (elektr montaj ishlariga hojat yo’q).

Komfort kvartira 2 090 000 1. Aqlli viklyuchatel – 3 ta
2. Aqlli devor rozetkasi – 2 ta
3. Ko’chma aqlli rozetka – 2 ta
4. Universal IR+WiFi-pult-rozetka – 1 ta
5. Aqlli termometr – 3 ta
6. IR-harakat datchikli lampa yoki datchik – 1 ta
7. Akustik datchikli lampa yoki datchik – 1 ta
8. Aqlli RGB-lampa – 1 ta
9. Kontaktli datchik – 1 ta
1. Lampalarni to’liq aqlli boshqaruv;
2. Rozetkaga ulangan jihozlarni to’liq aqlli boshqaruv;
3. Rozetkaga ulangan jihozlarni to’liq aqlli boshqaruv, xohlagan xonaga ko’chirib o’tish imkoniyati;
4. Xonadagi har qanday konditsionerni to’liq aqlli boshqaruv. Xonadagi boshqa barcha IR-pultli jihozlarni ham aqlli boshqarish mumkin;
5. 3 ta xonadagi haroratni nazorat qilish, ssenariy bo’yicha konditsionerni boshqarish mumkin;
6. Koridorga kirish eshigi tepasiga o’rnatish mumkin;
7. Zal svetilnigiga o’rnatish tavsiya etiladi. Ovoz orqali yonib, ogohlantiruvchi vazifasini bajarishi mumkin;
8. Yotoqxona svetilnigiga o’rnatish tavsiya etiladi;
9. Eshik ochilishiga o’rnatilsa, u ochilganida yoki faqat ochiq qolgani haqida ogohlantirishi, ssenariy bo’yicha boshqa qurilmani boshqarishi mumkin.

Akustik yoki harakat datchiklarini o’rnatish uchun elektr o’tkazgichlarida montaj ishlari bajarilishi mumkin.

Komfort hovli“3 620 000
1. Aqlli viklyuchatel – 5 ta
2. RF+WiFi-viklyuchatel+pult – 2 komplekt
3. Aqlli devor rozetkasi – 4 ta
4. Ko’chma aqlli rozetka – 2 ta
5. Universal IR+WiFi-pult-rozetka – 1 ta
6. Aqlli termometr – 3 ta
7. Mikroto’lqinli harakat datchigi – 1 ta
8. Mikroto’lqinli harakat datchikli lampa – 1 ta
9. IR-harakat datchikli patron – 1 ta
10. Akustik datchikli energiyatejamkor lampa yoki datchik – 2 ta
11. Aqlli RGB-lampa – 2 ta
12. Kontaktli datchik – 1 ta1. Lampalarni to’liq aqlli boshqaruv;
2. To’liq aqlli boshqaruv, ko’chadan hovliga kirish eshigi (kalitka) va uydan hovliga chiqish eshigi oldiga o’rnatilsa, bir xil lampalarni 2 ta joydan boshqarish mumkin bo’ladi;
3. Rozetkaga ulangan jihozlarni to’liq aqlli boshqaruv;
4. Rozetkani xohlagan xonaga ko’chirib o’tish imkoniyati, rozetkaga ulangan jihozlarni to’liq aqlli boshqaruv;
5. Xonadagi har qanday konditsionerni to’liq aqlli boshqaruv. Xonadagi boshqa barcha IR-pultli jihozlarni ham aqlli boshqarish mumkin;
6. 3 ta xonadagi haroratni nazorat qilish, ssenariy bo’yicha konditsionerni boshqarish mumkin;
7. Darvozaxonaga o’rnatish mumkin, kechki payt ko’chadan kirilganda yoki uydan chiqilganda lampalarni yoqadi. Faqat harakat to’xtaganidan vaqt o’tib o’chadi. O’chirish vaqti, sezish masofasi, yorug’lik darajasi sozlanishi mumkin;
8. Viklyuchatel talab etilmaydigan, ko’p kiriladigan joylarga o’rnatish tavsiya etiladi, devor orqasini ham sezadi (zinapoya, hojatxona);
9. Viklyuchatel talab etilmaydigan, kam foydalaniladigan xonalarga o’rnatish tavsiya etiladi (podval, omborxona);
10. Viklyuchatel talab etilmaydigan, kam foydalaniladigan xonalarga o’rnatish tavsiya etiladi (podval, omborxona);
11. Yotoqxona svetilnigiga o’rnatish tavsiya etiladi;
12. Eshik ochilishiga o’rnatilsa, u ochilganida yoki faqat ochiq qolgani haqida ogohlantirishi, ssenariy bo’yicha boshqa qurilmani boshqarishi mumkin. Qo’riqlaniladigan joylar eshigiga o’rnatish vatsiya etiladi. Akustik yoki harakat datchiklarini o’rnatish uchun elektr o’tkazgichlarida montaj ishlari bajarilishi mumkin.

Tariflardan tashqari xizmatlar quyidagi jadvaldagi narxlar bo’yicha hisoblanadi.

“Aqlli uy”ni jihozlashning alohida qurilmalarni o’rnatish bo’yicha narxlari

Aqlli qurilma turi, vazifasi O’rnatish tavsiya etiladigan obyektlar va hududlar O’rnatish chakana (va ulgurji) narxi, so’m* Qurilmaning “aqlli” xususiyatlari Qo’shimcha izohlar
Aqlli devor viklyuchateli yoki rozetkasi (statsionar aqlli devor viklyuchateli, 220V lampalarni o’chirish va yoqish, 10-16A)

 

Xonadon, hovli, tomorqa, issiqxona, omborxona va boshqalar uchun

 

120`000
(100`000)
Mobil ilova yordamida o’chirish/yoqish/sozlash;
Aniq vaqtlarda avtomatik o’chirish yoki yoqish;
Aqlli ssenariylar asosida ochish/yopish;
Alisa (Yandex Alice) yoki Google Assistant tovush assistentlari yordamida smartfondan boshqarish;
Oilaviy boshqarish (boshqaruvga har bir oila a’zosi o’z smartfonidan qo’shilishi mumkin).
Hududda WiFi router va Internetga ulanish mavjud bo’lishi kerak!

Aqlli ssenariy deganda harorat, quyosh chiqish/botish vaqtlari, qo’shni qurilmalarga simsiz bog’lash, eslatma jo’natib turish va boshqa aqlli boshqaruv usullari tushuniladi

Tavsiya etiladigan yuklama – 1.5 – 2.0 kVt gacha;
Maksimal yuklama – 3.5 kVt/16A.

Onlayn boshqaruv masofasi – WiFi qamrovi hududi.

Aqlli devor rozetkasi (Statsionar aqlli devor rozetkasi, 220V kuchlanishli maishiy texnika va boshqa elektr jihozlarini ulash va uzish, 16-20A)

-//- 120`000
(100`000)
-//- -//-
Ko’chma aqlli rozetka (220V kuchlanishli maishiy texnika va boshqa elektr jihozlarini ulash va uzish)

 

-//- 150`000
(120`000)
-//- -//-
Aqlli RGB lampa (220V WiFi + RGB (ko’p rangli) lampani boshqarish)

-//- 200`000
(175`000)
-//-
Yoritish rangini o’zgartirish;
sovuq
yoki iliq oq ranglarni tanlash;
musiqa/ovozga mos ranglarni
avtomatik o’zgarishi (svetomuzika rejimi).
-//-
12, 15 Vt.
Harakatni sezuvchi energiyatejamkor lampa (220V, qorong’uda harakat bo’yicha boshqariladigan lampa, datchiklari lampani o’zida)

-//- 70`000, 80`000, 90`000, 100`000
(50`000-80`000)
Qorong’u paytda va harakat bo’yicha yoqish.
20-30-sekundgacha yoniq holda turadi, keyin o’chadi.
Standart patron (E27) ga o’rnatiladi.
Narxi quvvatiga bog’liq: 9W, 12W, 15W, 18W.
Akustik energiyatejamkor lampa (220V, qorong’uda ovoz bilan yoqiladigan lampa, datchiklari lampani ichida)

-//- 50`000, 60`000, 70`000, 85`000,
100`000
(40`000-80`000)
Qorong’u paytda va ovoz yordamida yoqish. Standart patron (E27) ga o’rnatiladi.
Narxi quvvatiga bog’liq: 3W, 5W, 7W, 9W, 12W.
Aqlli termometr (ko’cha, hovli yoki kerakli xona temperaturasi va havo namligini ko’rsatuvchi WiFi-datchik)

-//- 100`000
(75`000)
Mobil ilova yordamida kuzatish/sozlash;
aqlli ssenariylar asosida aqlli qurilmalarni boshqarish, chegaradan chiqqanda ogohlantirish.
2 x AAA batareyka

Onlayn kuzatish masofasi – WiFi qamrovi hududi.

Kontaktli datchik (darvoza/eshik/deraza ochilgani haqida onlayn ogohlantiruvchi WiFi-signalizatsiya)

-//- 200`000
(175`000)
Mobil ilova yordamida kuzatish/sozlash;
Eshik ochiq qolganda aqlli ssenariylar asosida eslatmalarni ko’rish, eshik ochilganda boshqa aqlli qurilmalarni boshqarish.
2 x AAA batareyka

Onlayn kuzatish masofasi – WiFi qamrovi hududi.

Universal IR+WiFi-pult (infraqizil pultdan boshqariladigan har qanday qurilmalarni boshqarish)

IR-pultli televizor, TV-tyuner, konditsioner, ventilyator, proyektor, audiopleyer va boshqa elektr jihozlarini aqlli boshqarish uchun
150`000-300`000
(120`000-300`000)
Mobil ilova yordamida o’chirish/yoqish/ sozlash;
Aniq vaqtlarda avtomatik o’chirish yoki yoqish;
Aqlli ssenariylar asosida o’chirish/yoqish;
Alisa (Yandex Alice) yoki Google Assistant tovush assistentlari yordamida smartfondan boshqarish;
Guruh bo’lib boshqarish (boshqaruvga har bir oila a’zosi ulanishi mumkin).
Universal pultga har bir elektr jihozi IR-pultini 1 marta tanishtirib qo’yilishi yetarli. IR-pultdagi knopkalar vazifalarini 50-100% gacha smartfon orqali bajara oladi!
Boshqaruv masofasi WiFi qamrovidagi xona ichida 8-10 metrgacha.
Devor RF+WiFi-viklyuchateli (220V lampalarni o’chirish va yoqish)

RF433MHz peredatchik

RF433MHz priyomnik

Xonadon, hovli, tomorqa, issiqxona, omborxona va boshqalar uchun 250`000
(220`000)
Mobil ilova yordamida o’chirish/yoqish/ sozlash;
Aniq vaqtlarda avtomatik o’chirish yoki yoqish;
Aqlli ssenariylar asosida o’chirish/yoqish/sozlash;
Yandex Alice (Alisa) yoki Google Assistant tovush assistentlari yordamida smartfondan boshqarish;
Guruh bo’lib boshqarish (boshqaruvga har bir oila a’zosi ulanishi mumkin).
Boshqaruv masofasi 50-100 metr.
Yorug’lik datchigi (220V lampani kechki payt avtomatik yoqish)

Xonadon, hovli, omborxona va boshqalar uchun 75`000 Datchikni boshqa aqlli qurilmalarga ham biriktirish mumkin.
Aqlli patron (220V, lampani kechki payt harakat bo’yicha yoqish)

 

Xonadon, hovli, zinapoya, omborxona va boshqalar uchun 120`000 (100`000) Yorug’lik darajasi 5-25 lux, yoniq holda ushlash vaqti 15 sekunddan 5 daqiqagacha. Patronga har qanday quvvatli standart (E27) lampani o’rnatish mumkin.
Yorug’likni yoniq holda ushlash vaqtini va yorug’likni sezish darajasini regulirovka qilish mumkin
Infraqizil harakat datchigi (xohlagan 220V lampani kechki payt harakat bo’yicha yoqish)

Xonadon, hovli, zinapoya, omborxona va boshqalar uchun 100`000 (75`000) Ochiq joydagi harakatni sezish masofasi 3-6 metr. Datchikni boshqa aqlli qurilmalarga ham biriktirish mumkin.
Mikroto’lqinli (radarli) harakat datchigi (xohlagan 220V lampani kechki payt harakat bo’yicha yoqish)

Xonadon, hovli, tomorqa, omborxona uchun 200`000 (150`000) Ochiq joydagi va to’siq orqasidagi harakatni ham sezadi.
Sezish masofasi 5-10 metr.
Datchikni boshqa aqlli qurilmalarga ham biriktirish mumkin.
Mikroto’lqinli jonzot detektori (5V, kechki payt harakat+ovoz bo’yicha xabar berish, boshqa aqlli qurilmani yoqish)

Xonadon, hovli uchun 250`000 (220`000) Ochiq joydagi va to’siq orqasidagi, juda kichik harakatni ham sezadi.
Sezish masofasi 3-6 metr, sezish burchagi 90 gradus.
Datchikni boshqa aqlli qurilmalarga ham biriktirish mumkin.
Alohida 5V/1A ta’minot blokidan ishlaydi.
Pardani aqlli boshqarish (akkumulyator 5V, pardani motor yordamida ochish/yopish)

Xonadon ichki xonalari uchun 1`000`000 (800`000) Mobil ilova yordamida o’chirish/yoqish/ sozlash;
Aniq vaqtlarda avtomatik o’chirish yoki yoqish;
Harorat, yorug’lik asosida, quyosh chiqish/botish vaqtlarida ochish/yopish;
Aqlli ssenariylar asosida ochish/yopish/sozlash;
Yandex Alice (Alisa) yoki Google Assistant tovush assistentlari yordamida smartfondan boshqarish;
Guruh bo’lib boshqarish (boshqaruvga har bir oila a’zosi ulanishi mumkin).
Tavsiya etiladigan yuklama – 1.5 – 2.0 kVt gacha;
Maksimal yuklama – 3.5 kVt/16A.Onlayn boshqaruv masofasi – WiFi qamrovi hududi. Ko’rsatilgan namunaviy narx eni 2 metrgacha bo’lgan parda uchun. Boshqa o’lchamlar uchun kelishiladi.
Darvozani aqlli boshqarish (hovli darvozasini masofadan ochish/yopish)

Xonadon, hovli, omborxona va boshqalar uchun 9`500`000 RF-pult (433MHz) yordamida ochish/yopish;
“EyeOpen” mobil ilovasi yordamida ochish/yopish/sozlash;
Guruh bo’lib boshqarish (onlayn boshqaruvga har bir oila a’zosi ulanishi mumkin).
Ko’rsatilgan narx 400 kg gacha og’irlikdagi darvozalar uchun keltirilgan. Oxirgi narx darvoza og’irligidan kelib chiqib belgilanadi.
Onlayn boshqaruv masofasi – WiFi qamrovi hududi.
Komplektda 2+1 ta RF-pultlari bor (2 tasi ko’chma, 1 tasi uyga o’rnatiladi).
Boshqa aqlli qurilmalar (oldindan buyurtma asosida**)

Elektron qulf

RFID-klaviatura (kodli qulf uchun)

Oshxona taymeri, soat, sekundomer.

4 datchikli RF-meteostansiya

2-4 datchikli WiFi+RF meteostansiya

Kelishiladi

* O’rnatish narxiga qurilmaning onlayn do’konlardagi taxminiy narxi va uni xususiy korxona tomonidan shartnoma asosida o’rnatib hamda sozlab berish xizmatlari narxi kiradi. Qavs ichidagi narx shu mahsulot 3 ta va undan ortiq o’rnatilgandagi ulgurji narx hisoblanadi.
Diqqat! Aqlli qurilmalar hozircha xususiy korxona tomonidan sotilmaydi, ularni xususiy korxona xodimlari ko’magida yoki mustaqil ravishda buyurtmachining o’zi Internet do’konlardan onlayn sotib olishi mumkin. Ularni o’rnatish va sozlash ishlari esa, xususiy korxonamiz mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Onlayn do’konlardagi narxlar o’zgarishlaridan kelib chiqib, yuqoridagi jadvaldagi narxlar ham o’zgarishi mumkin. Eng oxirgi narxlarni har doim xususiy korxonadan olish mumkin.
** Yangi turdagi aqlli qurilmalar haqidagi ma’lumotlar ro’yxatga doimiy qo’shib boriladi.