Umuman olganda, barcha Arduino platalari va modullari dasturchilar ishini osonlashtirish uchun o’ylab topilgan tadqiqot-sinov platalari (“отладочная плата”) hisoblanadi. Ya’ni, unda joylashgan programmator, stabilizator, indikator, kiritish-chiqarish pinlari va boshqa qismlar dasturchining mikrokontroller bilan ishlashini osonlashtirish uchun ishlab chiqarilgan. Kiritish-chiqarish pinlariga o’tkazgichlar orqali boshqa modullar va elektron komponentlar ham ulanishi mumkin. Lekin ba’zida o’ztkazgichlarning o’zi mikrokontrollerga elektron komponentlarni yoki murakkab sxemalarni ulash uchun yetarli bo’lmaydi va bunday hollarda Arduino platasining o’zini hamda qolgan elektron komponentlarni ulash uchun boshqa sinov-tadqiqot vositasi – maket platasidan foydalanishga to’g’ri keladi.
Maket platasi
Turli qurilmalarni yaratish jarayonida elektron komponentlarni bevosita asosiy plataga joylashtirish (lehimlash)dan oldin, uning sxemasi va komponentlarning qiymatlari to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilish juda muhim. Buning uchun maxsus universal platalar – maket platalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Plastmassa korpusli maket platasi kontaktlari quyidagicha sxema bo’yicha o’zaro bog’langan bo’ladi:




Birinchidan, bunday platadan qayta-qayta foydalanish mumkin va bunda lehimlash jarayonlarini bajarish talab etilmaydi. Ikkinchidan, kam hollarda bo’lsa ham, sinov ishlarini bajarish jarayonida kutilmagan kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Natijada ayrim komponentlarni almashtirishga tog’ri keladi. Bunday vaziyatlarda ham maket platasidan foydalanish eng optimal tanlov bo’ladi. Odatda, maket platasi bilan birga turli uzunlik va ranglardagi o’tkazgichlar va ba’zida ta’minlash blokini ham bir yo’la sotib olish maqsadga muvofiq. Shu yo’l bilan bir yo’la ta’minlash bloki muammosi ham hal bo’ladi.
Eletktron komponentlar shundan kelib chiqib joylashtilishi mumkin. Plataning chetki chiziqlari (“+”, “-“) elektr ta’minoti uchun mo’ljallangan va ularga zaruratga qarab xohlagancha komponentlarni ulash mumkin. O’rtadagi bo’shliq (“e” va “f” ustunlar oralig’i) komponentning kontaktlarini o’rnatish uchun ajratilgan. Masalan, ko’p oyoqchali mikrosxemalar maket plataning “e” va “f” ustunlariga o’rnatilishi mumkin. Yoki 2 ta elektron komponentning kontaktlarini qisqa tutashtirish uchun ularni maket platasida bitta qatordagi qo’shni kontaktlarga ulash kifoya.
Yuqoridagi maket platalaridan tashqari, ayrim Arduino platalari va mikrokontrollerlar uchun, ular bilan ishlashni yanada qulaylashtirish uchun mo’ljallangan maxsus maket plata – kengaytirish platalari (“shield” plata) ham ishlab chiqarilgan. Kengaytirish platasi odatda muayyan bir turdagi mikrokontrollerlar uchun mo’ljallangan bo’lishi ham mumkin.


Bunday platada Arduino platasi uchun maxsus slot ajratilgan. Kiritish-chiqarish portlari esa, plataning chetki qismida joylashgan. Bu esa, biron qirilmaning maketini yaratish uchun vaqtinchalik jarayonlarni amalga oshirishni yanada osonlashtiradi.
Platalarning yana bir variantida esa, ayrim qo’shimcha bloklar oldindan o’rnatib qo’yiladi. Masalan, quvvatli ichki ta’minot bloki, ta’minot slotlari, kiritish-chiqarish portlarining qulay komplektlari (har bir komplektda “+” yoki VCC va “-” yoki GND kontaktlari mavjud) va hokazo.



Hozirgi kunda bunday platalar deyarli barcha ko’p tarqalgan mikrokontrollerlar uchun ishlab chiqariladi.
Prototiplash platasi
Prorotip yaratish platasi – bu maket platasining lehimlash imkoniyatiga ham ega bo’lgan turi bo’lib, bo’lajak qurilma original platasining sinash, kamchiliklarni to’g’rilash yoki sxemaga o’zgartirishlar kiritish maqsadida tayyorlanadigan “qoralama” nusxasi hisoblanadi. Qurilma yagona yoki kam miqdorda yaratilishi zarur bo’lgan hollarda, shunday platadan foydalanishning o’zi yetarli bo’ladi.
Prototip platasining zavod tomonidan turli o’lchamlarda ishlab chiqarilgan bosma ko’rinishida elektron komponentlarni oson o’rnatish va lehimlash uchun qulayliklar yaratilgan bo’ladi. Asosiysi, har bir komponent oyoqchalarini joylashtirish uchun platani teshishga hojat qolmaydi. Bunday platalar bir tomonli yoki ikki tomonli variantlarda ishlab chiqariladi va narxi bilan bir-biridan farq qiladi. Yuqoridagi plasmassali maket platasidan farqli ravishda prototip platalarida kontaktlar bir-biri bilan oldindan qisqa tutashtirilmagan.

Agar qurilma ko’p nusxada tayyorlanishi rejalashtirilgan bo’lsa, prototip platasini saqlab qo’yish va kelgusida sxemani modernizatsiya qilish uchun ham foydalanish mumkin.
Zo‘r loyiha bo‘ladi manga yoqdi