Aqlli lampa, viklyuchatel va rozetkalar
Aqlli lampa, viklyuchatel va rozetka tushunchalari
Aqlli uy loyihasini aqlli lampa, aqlli vuklyuchatel va aqlli rozetkasiz tasavvur qilish qiyin. Aniqrog’i, uyga “aql” kiritishni shulardan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Amaliyotda aqlli lampa (smart-lamp, Wifi-lamp) va aqlli viklyuchatel (smart-switch) tushunchalarini adashtirib yuborish hech gap emas. Chunki,har ikki holda ham lampani boshqaruv mezanizmi bir-biriga yaqin.
RGB-lampa (tovar ko’rinishi) |
WiFi-lampa (tovar ko’rinishi) |
Lekin, aslida aqlli lampa deganda lampani boshqaruv funksiyasini (o’chirish, yoqish, yorug’lik darajasini, rangini, boshqarish vaqtlarini, animatsiya effektlarini o’zgartirish va boshqalarni) nazorat qiluvchi elektron blok va LED svetodiodlarni bir korpusda birlashtirgan lampa tushunilishi kerak. RGB-lampalar, WiFi-lampalar shular jumlasidan hisoblanadi.
RGB-lampa deganda – infraqizil pult yordamida turli ranglarga o’tkazilishi mumkin bo’lgan RGB-svetodiodli lampa tushniladi. WiFi-lampa deganda esa – WiFi modulini ham o’z ichiga olgan RGB-lampa tushuniladi. WiFi lampani boshqaruvchi pult vazifasini mobil ilova bajaradi (yuqoridagi suratlarda lampalarning onlayn magazindagi tovar ko’rinishi tasvirlangan xolos, aslida lampa bir vaqtning o’zida turli ranglarda emas, balki ularning aniq bittasida bo’la oladi).
Yuqoridagilardan tashqari, aqlli lampalarning yorug’likni, harakatni yoki tovushni sezuvchi datchiklar bilan jihozlangan turlari ham mavjud. Harakatni sezuvchi lampalarning ham ultratovush, infraqizil va radioto’lqin diapazonlarida ishlaydigan turlari farqlanadi.

Aqlli viklyuchatel esa, har qanday turdagi (oddiy cho’g’lanma, LED, RGB va hokazo) lampalarni o’chirib-yoqish vazifasini bajaruvchi mustaqil qurilma tushuniladi. Shuning uchun ham lampani aqlli boshqarish tushunchasi viklyuchatelga nisbatan qo’llanilishi kerak. Aqlli viklyuchatel kontaktlarini ishlab chiqaruvchi instruksiyasi bo’yicha devorga o’rnatiladigan viklyuchatelga bog’lanadi va uning ichiga (xalqa ichiga) joylashtiriladi (6 ta kontaktli va shundan 2 tasi S1, S2 kontaktlari bo’lgan aqlli viklyuchatel (quyidagi rasmda 1-variant) oddiy viklyuchatel sifatida ham ishlatilishi mumkin. 4 kontaktli viklyuchatel bilan esa, buning imkoni yo’q).
|
|
2-variant |
Aqlli viklyuchatel tomonidan boshqarilayotgan lampalar
Aqlli rozetka (smart-plug) ham bajaradigan funksiyalariga ko’ra, aqlli viklyuchatel bilan deyarli bir xil va ba’zida bir-birining o’rniga ham ishlatilishi mumkin. Chunki, har ikkisi ham o’chirib-yoqishni aqlli bishqarishda ishlatiladi va ularda deyarli bir xil elektron bloklar qo’llaniladi. Farqli tomoni shundaki, aqlli viklyuchatel amalda faqat o’ziga biriktiriladigan lampani boshqarishga mo’ljallangan bo’ladi va nisbatan pastroq (2 kVA) quvvatli yuklamani boshqarishi mumkin. Aqlli rozetka esa, o’ziga biriktirilgan rozetkani boshqarishga mo’ljallangan bo’lib, rozetkaga ulanadigan turli xil yuqori (3 kVA) quvvatli maishiy va ofis apparaturalarini boshqarish (ishga tushirish va o’chirish) imkoiyatiga ega bo’ladi.Aqlli rozetka ko’chma qurilma ko’rinishida ishlab chiqariladi. Lekin, devorga o’rnatiladigan oddiy rozetkani ham aqlli rozetkaga aylantirish mumkin. Buning uchun, aqlli viklyuchateldan foydalaniladi. Uni oddiy rozetkaning ichiga joylashtiriladi. Devor rozetkasi ichida joy yetarli bo’lmagan taqdirda esa, uni elektr shit bilan rozetkaga oralig’ida joylashgan montaj korobkasiga, u ham bo’lmaganda esa, elektr shitning o’ziga ham joylashtirish mumkin. Bunda ulanadigan yuklamaning talab qiladigan quvvatiga e’tibor qaratish zarur (imkon qadar, 1.5-2 kVA dan oshmasligi kerak).
![]() |
![]() |



