23.04.2026

“Oshxona taymeri” loyihasi [14+]

(material tahrirlsh jarayonida)

“Oshxona taymeri” loyihasi

Hammamizga ma’lumki, taymer – foydalanuvchi tomonidan ishga tushirilgach, belgilangan ma’lum bir vaqtdan keyin uni vaqt tugagani haqida tovush yordamida xabardor qilovchi vosita. Taymerni mobil ilova ko’rinishida yoki alohida elektron qurilma sifatida tez-tez uchratish mumkin.

Biz ushbu loyiha doirasida taymerni alohida elektron qurilma ko’rinishida yaratamiz.

Buning uchun bizga, Blink namunaviy sketchini takomillashtirish orqali yaratilgan “Vaqt relesi” loyihasi asos bo’ladi. Agar “Vaqt relesi”dagi elektromagnit relesini chiqarib tashlashimiz mumkin.

Birinchi bosqichda taymerning aynan shu variantini ko’rib chiqamiz: yaratadigan taymerimiz aniq bir xil vaqtga belgilanadi va ishga tushganidan keyin taymer vaqtini belgilab bo’lmaydi. Ya’ni, taymer vaqti dastur kodidagi o’zgaruvchilar qiymati sifatida oldindan kiritib qo’yiladi.

Blink skechining o’zgaruvchilardan foydalanib takomillashtirilgan variantida tmr_soat, tmr_minut va tmr_sekund o’zgaruvchlarini int qiymat turi bilan e’lon qilamiz. Ushbu qiymatlar asosida belgilangan vaqtni sekundlarga aylantirish amallarini bajaramiz. Buning uchun unsigned long qiymat turi bilan tmr_s o’zgaruvchisini ham oldindan e’lon qilamiz.

 

Добавить комментарий