Blynk mobil ilovasini smartfonga yuklab olamiz. Sketchimiz yordamida Wemos D1 mini platasi A0 piniga ulangan termistor ko’rsatkichlari va D1 piniga ulangan tashqi svetodiod holatini rasmiy blynk.io (yoki foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan bepul serverlardan biri, masalan – blynk.tk, yoki boshqalar) serveriga yuboramiz va tayyor Blynk mobil ilovasi yordamida natijalarni kuzatamiz.

Ilovadagi boshqaruv tugmasi yordamida plataga ulangan svetodiodni o’chirib-yoqamiz, shuningdek, slayder komponenti yordamida plataning D1 raqamli piniga PWM signal yuborib, svetodiod yorug’lik darajasini regulirovka qilamiz.
Buning uchun mobil ilovada yangi shablon, uning ichida yangi vidjet, unda esa V1 (Tugma yordamida svetodiodni boshqarish uchun), V2 (onlayn vaqtini ko’rsatish uchun), V3 (Termistor ko’rsatkichlari uchun), V4 (svetodiod yorug’ligini regulirovka qilish uchun) virtual pinlarini yaratamiz, ularning joylashuvi va boshqa xususiyatlarini sozlaymiz.
Blynkdagi akkauntimizdan qurilmaga bog’lanish tokeni, shablon ID si, qurilma nomi kabi parametrlarni nusxalab olib, sketchning tegishli maydonlariga kiritamiz. Natijada yuqoridagi rasmdagi vidjet yuzaga kelishi kerak.


Kerakli materiallar:
1) Wemos D1 mini, USB-kabel, maket platasi, o’tkazgichlar;
2) termistor va 10kOm rezistor juftligi;
3) tashqi svetodiod va 220 Om rezistor juftligi.
Sxema:

Sketch:
Natija: