ESP8266 modullari asosidagi ushbu loyihaning vazifasi smartfonining yoniq holatdaligiga qarab, hozirgi vaqtda qaysi oila a’zosi uyda ekanligini yoki uyga yaqinlashib qolganini aniqlash mumkin.
Buning uchun har bir oila a’zosining smartfoni mac-manzili oila a’zolari ro’yxatiga qo’shib qo’yiladi va ulardan qaysi birlari mikrokontroller qamrov (nazorat) hududida bo’lsa yoki hududga endigina kirib kelgan bo’lsa, qurilmaning tegishli svetodiodi yonib, bu haqda xabar beradi. Aksincha, oila a’zolaridan biri hududdan chiqib ketsa, tegishli svetodiod o’chib qoladi.
Loyiha uchun faqat ESP8266 modullaridan biri, kerakli sondagi svetodiod va rezistorlar juftligi kerak bo’ladi. Har bir oila a’zosi uchun alohida rangdagi svetodiodni tanlash tavsiya etiladi.
Kerakli materiallar:
1) Wemos D1 mini platasi (yoki ESP8266 oilasidagi modul), USB-kabel, o’tkazgichlar;
2) 5 ta turli xil rangdagi svetodiodlar;
3) rezistorlar, 220 Om (5 ta).
Qurilma sxemasi:

Dasturning “.bin” formatdagi proshivkasi fayli: wemos_up.bin
Proshivkani ESP8266 moduliga yozish usullari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.